Ishlari vazirligi



Download 1,07 Mb.
bet25/101
Sana01.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#724628
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
Ishlari vazirligi

Xorazmshohlar.

Xorazm vohasi o'zining qulay strategik va jug'rofiy mavqeyi hamda qadimdan rivojlangan hudud bo'lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o'rin tutib, o'z muayyan ta'sirini o'tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan awalgi so'nggi ming yillik boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan. Milodning turli bosqichlarida ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan hukmronlik qilgan hukmdorlarxonadoni tarixdan ma'lum. Bular: 305-995 yillarda afrig'iylar xonadoni, 995-1017— yillarda ma'muniylar (Ma'mun Ibn Muhammad, uning o'g'illari Ali ibn Ma'mun va Ma'mun ibn Ma'mun), 1017-1034— yillarda esa Oltintoshiylar (Oltuntosh, Horun, Handon) sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat boshqaruvini amalga oshirganlar.
Biroq ming taassufki, XJ asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi bilan Xorazm davlati tanazzulga uchrab, zaif-lashib, mintaqaning boshqa sulolalari, chunonchi, awal boshda G'aznaviylar hukmronligi (1017-1044), undan so'ng Saljuqiylar boshqaruvi ta'siriga tushib qolgandi. Shuningdek, XI asrning 40— yillarida sharqdan bostirib kelgan ko'p sonli Qoraxitoylar ham Xorazm yerlarini ishg'ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to'Iovlarmi olish huquqini qo'lga kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida yangidan mustaqillikka erishish vazifasi ko'ndalang bo'lib turardi.
Bunda shuni ta'kidlash joizki, Xorazmning qaytadan musta-qillikni qo'lga kiritishi, hududiy jihatdan kengayib, butun-butun o'lkalarni o'z tarkibiga kiritib, qudratli saltanat darajasiga ko'tari-lishi, so'ngra uning pirovardida inqirozgayo'liqishi - bu jarayonlar yangi sulola - Anushteginlar sulolasi (1097-1231) nomi bilan uzviy bog'fiqdir.
Xususan, saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta obro' - martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Anushteginning Xorazm hukmdori etib tayinlanishi hamda ko'p o'tmay uning Xorazmshoh unvoniga sazovor bo'lishi — bu Xorazmning mustaqillikka erishishidajiddiy qadam bo'lgan edi. 1097— yilda uning o'rniga Xorazm taxtiga o'tirgan va Xorazmshoh unvoni sohibi Qutbiddin Muhammad o'lka mustaqilligini ta'minlashda muhim rol o'ynagan. Qutbiddin Muhammad ham Saljuqiylar hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq shunga qaramay, o'lkaning hartomonlama rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi.
Xorazm mustaqiiligini ta'minlash, lining sarhadlarini kengay-tirishda Qutbiddin Muhammadning o'g'li Jaloliddin Otsiz (1127-1156)ning roli alohidadir. Negaki, u Qoraxoniylar kuchsizligidan va Saljuqiylar zaifligidan foydalanib, o'z davlati qudratini yuksaltira bordi. Uning П41-— yilda oltin tangalar zarb ettirib, muomalaga chiqarishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi bo'lgan.
U Qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dirham miqdorda o'lpon to'lash sharti bilan amalda o'z davlatining ichki mustaqiiligini ta'minlaydi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining benihoya kengayib borishida Alovuddin Takashning o'rni va roli katta bo'lgan. Uning hukmronlik davrida (1172-1200) Xorazm vohasida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Yangidan qad rostlagan o'nlab shaharlarning obodonlashuvidan tashqari ularning savdo-sotiq, hunarmandchiiik, karvon savdosi bobidagi dovrugli yanada ortdi, qishloq xo'jaligi, ziroatchilik tarmoqlari rivojlandi, ko'plab kanallar, suv inshootlari barpo etildi. Bunday ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda o'ziga xos markaziy va mahaliiy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib, takomillashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta'minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo'rdi. Anushteginlarning davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo'lgan.
Dargohda Ulug' hojib mansabi alohida o'rin tutgan. U hukmdorning xos kishisi sanalib, lozim bo'lgan hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan. Hojiblar hukmdor nomidan davlat ahamiyatiga daxldor muhim masalalarda muzokaralarolibborganlar. Dargohdagi yanabir oliy lavozim Sohibi ustozdor hisoblangan. Xazina mablag'lari butunlay uning tasarrufida bo'lgan. Dargoh hayotiga oid ko'plab asosiy masalafar ustozdor nazorati ostida hal etilgan. Davlatdagi Tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u sultonning sirdosh kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdorning maxfiy sirlaridan ogoh boiib, doimo u bilan bahamjihat holda faoliyat yuritgan. Oliy lavozimlardan yana biri -Qissador bo'lib, u Sulton nomiga kelgan arz, shikoyatlarni yig'ib, o'rganib, ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi xizmat turlari ichida Chashnigir - sultonga beriladigan ovqat, ichimiiklarni tekshiruvchi, Jomador, Davatdor (kotib), Sharobdor, Bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig'i (Maliki havas) kabi vazifalar ham alohida ko'zga tashlanib turadi. Ijroiya ishlari devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniqsa, bunda Bosh vazir katta mavqega ega bo'lib, u faqat hukmdorga bo'ysungan. Mansabdorlarni ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayin-lash, xazina va soliq tizimini nazorat qilish, mahaliiy vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida bo'lgan .
Devonlar ham o'z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Masalan, insho yoki tug'ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug'ullangan. Shuningdek. moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan Devoni arz yoki Jaysh shug'ullangan. Sulton xonodoni hayotiga, iqtisodiyotiga legishli yana bir muhim devon mavjud bo'lib, u Devoni xos nomi bilan atalgan.
So'nggi Xorazmshohiar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz minglik qo'shindan tashqari oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta mavqega ega bo'lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan tashkil topgan. Harbiy qismlarda Harbiy nazoratchi, sipohsalor, sohibi jaysh (viloyat qo'shini boshlig'i), Amir ul-umaro, Malik (10 ming qo'shin boshlig'i), Chovush (chopar), Josus (razvedkachi), Askar qozisi kabi mansablar ham mavjud bo'lgan.
Takash va Muhammad Xorazmshohlarning katta qo'shin tuzib boshqa mamlakatlar, ellarni bosib olish, ularni o'z tasarruflariga kiritish borasida olib borgan ko'p yillik istilochilik yurishlari, bir tomondan, Xorazmshohiar saltanati shuhratini oshirib, uning hududlarmi benihoya kengaytirishga olib kelgan bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, bu hoi pirovard oqibatda bu davlatning chuqur ichki tushkunlikka, tanazzulga yo'liqishiga ham sabab bo'ldi.
Jumladan, Takash XII asrning 80-90— yillardagi istilochilik yurishlari davomida Saraxs, Nishopur, Ray, Marv kabi muhim shaharlarni ishg'ol etgan.
Takash vafotidan so'ng davlat hukmdori bo'Igan Alouddin Muhammad Xorazmshoh davrida ham mamlakat hududlari kengayishda davom etadi. Bu vaqtga kelib Xorazmshohlar davlati hududlari janubi-g'arbga qarab Xormuz, Fors qo'ltig'i, Iroq yerlariga qadar yoyiladi. lining tarkibiga 400 dan ziyod. shaharlar kirardi. Xorazmshoh Bag'dod xalifaligini qo'lga kiritish uchun ham intilgan. Bu esa butun musulmon olamining unga nisbatan qahr-u g'azabiga sabab bo'Igan.
Muhammad Xorazmshoh 1211— yilda qoraxitoylarni uzil-kesil quvib, Xorazm dovrug'ini ko'targanidan so'ng, u o'ziga ortiqcha bino qo'yib, o'zini "Iskandari Soniy", "AHohning yerdagi soyasi" deb ulug'lashni buyuradi. Garchand Xorazmshoh o'zini qanchalik ko'klarga ko'tarmasin yoxud bosqinchilik urushlari olib bormasin, biroq mamlakatning chuqur ichki ziddiyatlar va tanazzulga duchor bo'lganligini qayd etmasdan bo'lmaydi. Shohning katta qo'shin tuzib, to'xtovsiz olib borgan besamar

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish