Ishlar va davlat xavfsizlik tizimini isloh etish



Download 232,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana09.08.2021
Hajmi232,96 Kb.
#142733
1   2   3   4   5
Bog'liq
2H6XqrYzxXh02JLYkx7LfiPLmQDlgZo7

Asosiy masalalar (Reja): 

1. Harbiy  ta’lim  tizimini  takomillashtirish,  ilg‘or  xorijiy  davlatlar  bilan 

harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, 

2. Qurolli  kuchlarni,  davlat  xavfsizligi  xizmatini  modernizatsiya  qilish  va 

qayta jihozlash. 



3. Aholini  favqulodda  vaziyatlarda  himoya  qilish  borasidagi  qonunchilik 

tizimining takomillashishi 



 

1. Harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy davlatlar bilan 

harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish. 

O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, O'zbekiston Respublikasi Qurolli 

Kuchlari  tashkil  etildi.  O'zbekiston  Respublikasining  davlat  suverenitetini  va 

hududiy  yaxlitligini,  fu-qarolarning  Konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinligini  himoya 

qilish  maqsadida  Mudofaa  ishlari  vazirligi  va  Milliy  gvardiyani  tuzish  zarur 

ekanligi  dastlab  Oliy  Kengashning  1991-yil  31-avgustda  qabul  qilingan 

«O'zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  to'g'risida»gi  bayonotida 

ko'rsatilgan.  Bu  bayonot  xuddi  shu  kuni  qabul  qilingan  «O'zbekiston 

Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari  to'g'risida»gi  Konstitutsiyaviy 

qonunda  huquqiy  jihatdan  mustahkamlangan.  Qonunda  suveren  respublikaning 

Mudofaa ishlari vazirligi hamda Milliy gvardiyani tuzish huquqi bilan birga muqo-

bil xizmatni tashkil qilish, shuningdek, O'zbekiston hududida joy-lashtirilgan sobiq 

SSSR Qurolli Kuchlarini boshqarish masalalarida harbiy siyosatai amalga oshirish 

huquqi  ko'zda  tutilgan  edi.  Ushbu  hujjatlar  O'zbekiston  Respublikasining  o'z 

Qurolli Kuchlarini tuzishida huquqiy asos bo'ldi. 

«O'zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari  to'g'risida»gi 

Konstitutsiyaviy 

qonunni 


bajarish 

yuzasidan 

O'zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni-ga asosan Mudofaa ishlari vazirligi 

tashkil qilindi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1992-yil  3-iyulda  bo'lib  o'tgan 

12-chaqiriq  10-sessiyasi  mamlakat  Qurolli  Kuchlari  tizimini  takomillashtirishda 

muhim voqea bo'ldi. Sessiyada «Mudofaa to'g'risida», «Umumiy harbiy majburiyat 

va harbiy xizmat to'g'risida» va «Muqobil xizmat to'g'risida» muhim qonunlar, shu-

ningdek,  harbiy  qasamyodning  yangi  matni  va  qasamyod  qildirishtartibi  qabul 

qilindi.  Mustaqil  O'zbekiston  Qurolli  Kuchlarining  boshqaruvini  yanada 




takomillashtirish  maqsadida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoniga 

binoan  Mudofaa  ishlari  vazirligi  O'zbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligiga 

aylantirildi. 

Bizga  ma’lumki,  O‘zbekiston  mustaqilligining  ilk  kunlaridanoq  Respublika 

suverenitetini  himoya  qilish,  fuqarolar  tinchligi  va  milliy  barqarorlikni  ta'minlash 

tamoyillari  o'rtaga  tashlangan  edi.  Dunyoning  yetakchi  davlatlari  tajribasiga 

tayanib bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo'li tutildi. 

Milliy xavfsizlik masalasidagi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan 

strategiyasi  ilk  bor  mamlakat  Oliy  Majlisining  1995  yil  24-fevralda  bo'lib  o'tgan 

birinchi  sessiyasida  ko‘rib  chiqilgan.  Unda  jahonda  yuz  bergan  yangi  siyosiy-

iqtisodiy  voqelikdan  so'ng,  davlatlararo  munosabatlar  muxolifiikka  emas,  balki 

xalqaro  huquqiy  me'yorlarga  mos  yangi  tartibotga  asoslangan  bo'lishi  kerakligi 

to'g'risidagi g'oya ilgari surildi.Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini 

ishlab  chiqish,  uning  huquqiy  asosini  belgilovchi  qonunlar  yaratish  zarurligi 

ko'rsatib berildi. 

Ana shu ko'rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk marta 1996 yil 24-

aprelda  Oliy  Majlisning  beshinchi  sessiyasida  ma'qullangan  to'rt  bo'lim,  yigirma 

sakkiz  moddadan  iborat  bo'lgan  «Milliy  xavfsizlik  to'g'risida»gi  Qonun  loyihasi 

muhokama  qi-lindi.  MilUy  xavfsizlik  tizimini  shakllantirish,  milliy  xavfsizlikni 

ta'minlash  borasidagi  vazifalar  va  ularni  amalga  oshirish  prinsiplari-ni  huquqiy 

normalarda  belgilab  beradigan,  butunlay  yangicha  hujjat  sifatida  ko'rib  chiqildi. 

1997  yil  avgust  oyida  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  O'zbekiston 

Respublikasining Milliy xavfsizlik konsep-siyasi qabul qilindi. 

Ma'lumki,  XX  asrning  so'nggi  yillari  jahon  taraqqiyotida  buri-lish  yasadi.Bu 

mavjud  ikki  siyosiy  tuzum  o'rtasidagi  raqobatning  yo'qolishi,  yangicha  ijtimoiy-

siyosiy  jarayonlarning  vujudga  keli-shi  bilan  bevosita  bog'liq.  Jumladan,  sobiq 

Ittifoqning  tarqalishi  jahon  siyosatida  shaklan  va  mazmunan  yangi  bosqichni 

boshlab berdi. Mafkuraviy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan ikki qarama-qarshi blok 

ta'sirida  shakllangan  qurollanish  poygasi,  harbiy  zo'ravonlik,  milliy  xavfsizlik 

tushunchalari butunlay o'zgara bordi. 

Ko'pchilik  xalqaro  tashkilotlar  ham  ana  shu  ikki  tuzum  siyosa-ti,  ularning 

o'zaro  raqobati  avj  olgan  davrlarda  vujudga  kelgan  va  mazkur  ijtta|©iy.siyosat 

jarayonlari qobig'idan chiqib ketolmayotgan edi. Ular oz mavqeini saqlab turishga 

va  ta'sirini  o'tkazish  o'rniga  ko'proq,  hech  bo'lmaganda,  ikki  qarama-qarshi 

tomonning muvoza-natini muvofiqlashtirib turishgagina qodir edi, xolos. Shuning 

uchun ham mazkur tashkilotlarning faoliyati birmuncha sust, yuzaki tartib-qoidalar 

doirasida qolib ketgan edi. 

O'zbekiston  jug'rofiy-siyosiy  jihatdan  o'ta  muhim  nuqtada  joylashgan.  U  bir 

qator mamlakatlararo va  mintaqalararo aloqalarni eng maqbul shaklda birlashtirib 

turish  uchun  qulay  im-kpniyatga  ega.  Qadimdan  mag'rib-u  mashriq,  shimol-u 

janub  ana  shu  mamlakat  orqali  aloqada  bo'lgani,  o'zaro  iqtisodiy-ijtimoiy 

munosabatlarning  rivojlanishi  va  dunyo  taraqqiyoti  barqarorligi-ni  saqlab  turish 

uchun muhim omil, tayanch nuqtasi ekanligini ko'rsatib berdi. 

Shuni  alohida  ta'kidlash  mumkinki,  hozirgi  dunyo  ijtimoiy-siyosiy 

jarayonlarini  yaxshilik  sari  burib  turishda,  insoniyat  ravnaqi  va  hayotining 



daxlsizligini  ta'minlashda,  qolaversa  butun  Yer  shari  «muvozanati»ni  saqlashda 

hozirgi  O'zbekiston  tutgan  siyosiy  mavqe  jug'rofiy  jihatdan  katta  strategik 

ahamiyatga ega. 

Ayni  paytda  O'zbekiston  dehqonchilik  va  sanoat  ishlab  chiqa-rishi,  beqiyos 

yerosti  va  ustki  boyliklari  mavjud  bo'lgan  mo'jizaviy  makon.  Unda  jahon 

taraqqiyotiga  daxldor  bo'lgan  fan,  madaniyat  va  boshqa  aqliy  imkoniyatlar  ham 

mavjudki, bu bevosita uning dunyo sahnasiga chiqishiga keng yo'l ochib berdi va 

yangi dunyo uchun hayotbaxsh kuch bo'lib xizmat qildi. 

O'zbekiston  rahbarining  o'rtaga  tashlagan  takliflari  dunyo  siyo-satdonlari 

tomonidan  ancha  o'rganildi,  tahlil  etildi  va  ma'qullandi.  Natijada  1995-yil  15-16-

sentabr  kunlari  Toshkentda  BMTning  Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  hamkorlik 

masalalariga bag'ishlangan seminar-kengashi bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston rahbarining BMT, YXHT va boshqa bir necha o'nlab tashkilotlar 

minbarlaridan  turib,  shuningdek,  davlat  tashrif-lari  chog'idagi  uchrashuvlar  va 

suhbatlarda  mintaqaviy  mojarolar,  xalqaro  terrorizm  xavfi  xususida  bildirgan 

butunlay  yangi  g'oyalari  keyinroq,  ya'ni  1997-yili  yaxlit  strategik  konsepsiya  - 

«O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid,  taraqqiyot  kafolatlari  va 

barqarorlik  shartlari»  nomli  asar  sifatida  dunyoga  keldi.  Jahon  ja-moatchiligi 

e'tirofini  qozongan  ushbu  kitob  jahon  siyosatida  favqu-lodda  yangilik  sifatida 

qabul  qilindi va  dunyoning  bir necha o'nlab  mamlakatlarida tarjima  qilinib, nashr 

etildi. 

«So'nggi yillarda voqealar fojiali tus olganligining yana bir sababi shundaki, 

afg'on  mojarolariga  ma'lum  etnik  nizolardan  tashqari  yana  diniy  tus  ham 

berildi.Islomning keskin siyosiyla-shuv jarayoni sodir bo'lmoqda. U o'ta radikal tus 

oldi  -  hokimi-yat  teppasiga  chiqishga  da'vogarlik  qilish  va  barcha  dindoshlar-ni 

madadga  chaqirgan  holda  bunga  qurolli  yo'l  bilan  erishishga  ochiqdan-ochiq 

urinish yuz bermoqda. Dinimizning insonpar-varlik g'oyalari va asoslariga hech bir 

aloqasi  bo'lmagan  ana  shu  jarayon  tog'li  Badaxshondan  tortib  to  Kaspiygcha 

bo'Igan  juda  katta  hududdagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatga  bevosita  yoki  bilvosita 

salbiy  ta'sir  ko'rsatdi.  Mintaqadagi  davlatlarda  afg'on  ssenariysini  o'z  xalqlariga 

zo'rlab  qabul  qildirishga  tayyor  tur-gan  ekstremistik  kayflyatdagi  unsurlar  topilib 

qoldi.Afg'oniston  voqealari  esa  fojiali  oqibatlarga  olib  kelganligiga  hali  biz  ham 

baho beramiz, kelgusi avlodlarimiz ham baho beradi». To'g'risi bugun sof vijdonli 

tinchliksevar xalqlar afg'on voqealarini, xususan uni o'z hududlariga  - kindik qoni 

to'kilgan  muborak  Vatanlariga  majburan,  zo'ravonlik  bilan  «eksport» 

qilayotganlarni keskin qorala-moqdalar. Kelgusi avlodning bahosi esa bugungidan 

ham battarroq, bugungidan ham achchiqroq va, hatto, ayanchliroq bo'ladi. Bunday 

bahoni tarix sahifasidan o'chirib ham, o'zgartirib ham bo'lmaydi. 

O'zbekiston  davlatining  qudrati,  uning  yurt  tinchligi  va  xalq  osoyishtaligi 

borasidagi siyosiy yo'li ana shunday qat'iy! Zotan, O'zbekiston Mustaqil Davlatlar 

Hamdo'stligi  orasida  o'zining  barqa-ror  rivojlanish  yo'liga  chiqib  olganligi,  jahon 

siyosiy maydonida o'z so'zi va o'z fikri bilan alohida mavqega ega bo'layotganligi, 

dunyo  voqealariga  qat'iyat  va  nihoyatda  aniqlik  bilan  yondashayotganli-gi  bois 

juda  katta  nufuzga  ega  bo'lmoqda.  Bularning  hammasining  tagida  juda  katta 

e'tiqod,  tanlab  olingan  yo'lga  sobitlik  fazilatlari  yotadi.Xalq  ishiga,  Vatan 



osoyishtaligiga qaratilgan siyosat yuksak e'tiqod darajasiga ko'tarilgan taqdirdagina 

u har qanday tahdidga tahdid sola biladigan, har qanday tajovuzni yenga oladigan, 

uni bar-bod qilishga qodir bo'lgan mo'jizaga aylanadi. 

1999-yilning 18-19-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shah-rida Yevropada 

Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkilotining  navbatdagi  yig'ilishi  bo'ldi.  Anjumanda 

asosiy  muhokama  qilingan  masala  Yevropada  Xavfsizlik  Xartiyasi  bo'ldi.Xartiya 

nafaqat  tashkilotga  a'zo  bo'lgan  54  mamlakatning,  balki  butun  dunyoning  kelgusi 

asrdagi  xavfsizligini  ta'minlash  borasidagi  muhim  hujjatdir.Ushbu  anjumanda 

birinchi  bo'lib  O'zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovga  so'z  berildi.O'zbekiston 

rahbari mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ko'targan muammolar, ilgari surgan 

g'oyalar naqadar real ekanligini vaqt yaqqol ko'rsatib berdi. 

O'zbekistonning bugungi siyosiy-jug'rofiy hola-ti ham biror-bir harbiy blokka 

kirish  amaliyotiga  to'g'ri  kelmaydi.  Mabodo  shunga  amal  qilinadigan  bo'lsa, 

mintaqadagi  xavfsizlik  mu-vozanatiga  putur  yetkazib  qo'yish  mumkin.garchand 

mintaqamiz-dagi  ayrim  davlatlar  o'z  sa'y-harakatlari  bilan  mintaqa  xavfsizligiga 

rahna  solayotgan  bo'lsa-da,  O'zbekiston  rahbariyati  bularga  qarshi  harakat 

qilmasligini  ochiq-oydin  ma'lum  qilgan.  Aksincha,  bizning  maqsadimiz 

mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni, farovon hayot-ga erishishni ta'minlashdir. 

O'zbekiston  -  NATO  munosabatlariningasl  mohiyati  ham  shu  -  davlatimizning 

xavfsizligi  va  tinchligini  ta'minlash,  qolaversa,  mintaqada  barqarorlikni  qaror 

toptirish  uchun  shart-sharoitni  imkon  qadar  kengaytirish  va  mustahkamlashdan 

ibo-rat. 

Bugungi kunda dunyodagi 19 mamlakat NATOning to'laqonli a'zosi sanaladi, 

qirqqa yaqin davlat ushbu alyans bilan hamkorlik qiladi.Mazkur Shimoliy alyans, 

NATOga  a'zo  hamda  unga  she-rik  davlatlar  bilan  hamkorlikni  rivojlantirish 

O'zbekiston uchun juda muhim. 

Harbiy  sohadagi  davlatimiz  tashqi  siyosatining  asosiy  yo'na-lishlari  1996-yil 

26-dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining 

asosiy tamoyillari» haqidagi Qo-nunda mujassamlangan. 

Bu  qonunda  «O'zbekiston  hech  qanday  harbiy-siyosiy  bloklarda  ishtirok 

etmaydi  va  harbiy-siyosiy  blokka  transformatsiya  qilingan  vaqtda  har  qanday 

xalqaro  tashkilotlardan  chiqish  huquqini  o'z  ixti-yorida  qoldiradi»,  deb  qonuniy 

rasmiylashtirgan.  Qonunning  ahami-yati  va  kerakliligi  yaqqol  ko'rinib  turibdi.  Bu 

qonun  O'zbekistonning  tinchliksevar  siyosatini,  uning  dunyo  hamjamiyatida 

integratsiyaga intilishini yana bir bor ko'rsatmoqda. 

Qurolli  Kuchlarning  huquqiy  asoslarini  yanada  rivojlantirishda  1997-yil  29-

avgustda  tasdiqlangan  «O'zbekiston  Respublikasining  Milliy  xavfsizligi 

konsepsiyasi»  haqidagi  O'zbekiston  Respublikasi  qonuni  alohida  ahamiyatga 

egadir. 

Bu  konsepsiyada  diniy  ekstremizm,  millatlararo  va  etnik  ziddiyatlarning 

kuchayishi, qurollarning, jumladan yadro quroli-ning tarqalishi, xalqaro terrorizm, 

uyushgan  jinoyatchilikning  avj  olishi,  narkotik  moddalarning  tarqalishi  hamda 

ekologik  tanazzul  ko'rinishidagi  mintaqaviy  va  yalpi  tahdid  mavjudligi 

ta'kidlanadi. 




Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda,  Konsepsiya  davlatning  muhim 

vazifalaridan bin - milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O'zbekistonning 

mintaqaviy va yalpi xavfsizlikni ta'minlovchi kollektiv hamkorlik tizimiga kirishini 

taqozo etadi. 




Download 232,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish