Ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi



Download 0,52 Mb.
Sana04.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#428627
Bog'liq
statistika yakuniy





1.
Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir – biri bilan solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi.
Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida aniqlanadi:
ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi;
narxlar darajasi.
Amaliyotda milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi qo’llaniladi:
-joriy yoki haqiqiy narxlar;
- o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar.
Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriy narxlardan ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni xar qanday oshishi yoki pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib, iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi. O’zgarmas yoki solishtirma narxlar asos qilib olingan biror – bir yildagi mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini o’zgarishini ilg’ash imkonini beradi va ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va solishtirma narxlardagi ifodasi tubdan farqlanadi.
Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holda o’zi belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham o’tgan yillar, ham kelgusi yillarning qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi.
Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma narxlarda o’lchanganini real deb ataladi.
Narxlarning o’sishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni xar birining narxini o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar va xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi.

Joriy yildagi bozor savatiningbahosi


shuyilning narxlarida
Joriy yil deflyatori =-----------------------------------------------------x 100
Joriy yildagi bozor savatining bahosi
bazis yili narxlarida
Agarda o’tgan davr ichida yalpi ichki mahsulotning natural hajmi o’zgarmasdan qolgan bo’lsa, uning nominal qiymati shuncha oshadi. Narxlar darajasi pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kam darajagacha tushib ketadi. YaIM narxlari indeksining joriy yilda bazis yilga qaraganda ko’tarilib borishi inflyatsiyani va aksincha, uni kamayib borishi deflyatsiyani bildiradi. Milliy ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga narxlarning ta’sirini bartaraf etish maqsadida deflyator yordamida real yalpi ichki mahsulot hisoblanadi.
Nominal YaIM
Real YaIM = -------------------------- x 100 %
Deflyator
Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor savati yordamida aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi, holbuki, deflyatorni hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga qaraganda qayd etilgan iste’mol bumlari va xizmatlar turkumining qiymatini qanday o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida xar bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin.
Demak, iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo’yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko’rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko’rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko’rsatkichlardan foydalanish zarur. Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun: deflyator; iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi); sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflyator ko’rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
( Qi1 Pi1
Deflyator = ------------- 100
( Qi1 Pi0
Nominal YaMM
Real YaIM = ———————————— 100
Deflyator

Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:


( Qi0 Pi1
INI = ------------- 100
( Qi0 Pi0
Bu erda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi;
Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi.
2
'Mehnat bozori''' — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidkr.
Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon Mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy Mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi.Mehnat bozorini davlat tomnidan tartibga solishning asosiy yo’nalishlari sifatida ishchi kuchi taklifini qilishda har bir ishchi oldidagi asosiy muammo bu ish vaqtini taqsimlash muammosidir. Agar ishchi sutkadagi 24 soat davomida ishlaydigan bo’lsa, uning daromadi maksimal bo’lishi mumkin. Agar uumuman ishlamay, faqat dam olsa va uning daromadi nolga teng. Ishchining "daromadi”va“dam olish vaqti" ni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin. Ma’lumki, ishchi har doim sutkasiga 24 soat ishlayvermaydi. Tabiiyki, ishchining ish vaqti cheklangan bo’ladi, u ma’lum vaqt dam olib, o’zining ishlash qobiliyatini tiklashi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, dam olish uni manaviy o’sishini ta’minlaydi. Demak, ishchi ma’lum vaqt ishlab, ma’lum miqdorda daromad olsa, u ma’lum vaqt dam olganda ham qandaydir naf oladi.
Daromad va dam olish o’rtasidagi bog’liqlik
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslarni ham dam olish vaqtini qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Odatda ish haqi oshganda, ko’pchilik ko’proq ishlab, ko’proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo’sh vaqt ning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy o’sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o’sishi o’z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko’proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar.
Ish vaqti ma’lum vaqtgacha o’sgandan keyingi ish haqining o’sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o’rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo’ladi. O’rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko’p daromad olganda, u ko’proq ne’matlarni sotib oladi, ushbu ne’matlardan biri, yaxshi dam olishdir.Ko’rinib turibdiki, daromadning o’sishi dam olishga bo’lgan talabni oshiradi. Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o’z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi.Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o’rnatiladi. Ko’p hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o’rnatiladi. Bunday holda umumiy o’rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni qisqaradi. Minimal ish haqini o’rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham ko’pincha talab qilib chiqadilar. Minimal ish haqi qanday oqibatlar bilan bog’liqligini ko’rib chiqaylik.
Minimal ish haqi ko’proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud bo’ladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman, minimal ish haqining ortishi, ish bilan band bo’lgan aholining yuqoriroq daromad olishini ta’minlaydi. Minimal ish haqi oshganda, mehnatga haq to’lashning barcha stavkalari qaytadan ko’rib chiqiladi va oshiriladi.
Minimal ish haqi va bandlik.
Ushbu siyosat natijasida ish joyi topgan ishchilar yuqori ish haqi oladi. Lekin, miqdoridagi ishchilar ish topa olmaydilar va ishsiz qoladilar. Demak, bunday siyosat ishsizlikka olib kelishi mumkin.
Mehnatning chekli mahsuloti. Firma ishlab chiqarish jarayonida qanchalik ko’p mehnatdan foydalansa, u shunchalik ko’p mahsulot ishlab chiqaradi. Mehnatning chekli mahsuloti(MPL) – bu qo’shimcha mehnat birligidan foydalanish natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha miqdori. Boshqacha aytganda, agar firma qo’shimcha mehnat soatini sotib olsa, uning chiqarayotgan mahsuloti hajmi MPL birlikka ko’payadi. Buni ishlab chiqarish funktsiyasini qo’llab, algebraik ifoda etish mumkin:
MPL = F (K,L + 1) = F (K,L)
Tenglamaning o’ng tomonidagi birinchi qism kapitalning K birligida va mehnatning L + 1birligidagi; ikkinchi qism kapitalning K birligida va mehnatning L birligidagi ishlab chiqarish hajmini tavsiflaydi. Bu tenglama mehnatning chekli mahsuloti L + 1 birlikdagi mehnatdan va Lbirlikdagi mehnatdan foydalanilgandagi ishlab chiqarish hajmlari o’rtasidagi farq ekanligini ko’rsatadi.
Ko’pchilik ishlab chiqarish funktsiyalari chekli mahsulotning pasayib borish xususiyatiga egalar: foydalaniladigan kapitalning doimiy miqdorida quyidagi yuz beradi – foydalaniladigan mehnatning miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, xar bir qo’shimcha mehnat birligining chekli mahsuloti shunchalik kam bo’ladi.Biz kapital miqdorini qayd etib, mehnat miqdorini o’zgartirsak, chiqariladigan mahsulot hajmi bilan nima yuz berishini ko’rsatadi. Bu rasmdan ko’rinib turibdiki, mehnatning chekli mahsuloti ishlab chiqaroish funktsiyasi grafigining egilishi bilan ifoda etilgan. Mehnat miqdori ortib borgani sari ishlab chiqarish funktsiyasi kamayib boruvchi chekli mahsulotni aks ettirib, yotiqroq bo’lib qoladi.Foydasini maksimallashtirayotgan raqobatlashuvchi firma qo’shimcha mehnat birligini yollash yoki yollamaslik haqidagi masalani hal etayotganda, u avvalo bu holat uning foydasiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida o’ylaydi. Firma qo’shimcha mehnat birligidan foydalanishdan olingan qo’shimcha mahsulotni chiqarishdan qo’shimcha tushumni ish haqiga sarflarni oshirish miqdori bilan solishtiradi. Qo’shimcha tushumlar hajmi tovar narxiga bo’lgani kabi, mehnatning chekli mahsulotiga ham bog’liq. Mehnatning qo’shimcha birligi MPL birlik mahsulotni ishlab chiqarganligi va xar bir mahsulot birligi P ga sotilganligi tufayli, qo’shimcha tushumlar P x MPL ni tashkil etadi.
Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish