Ishlab chiqarishda xavfli zararli holatlar va baxtsiz hodisalar


HODISASABABLARNITEKSHIRISHTURLARI



Download 50,12 Kb.
bet3/6
Sana22.07.2022
Hajmi50,12 Kb.
#838251
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISHDA XAVFLI ZARARLI HOLATLAR VA BAXTSIZ HODISALAR

HODISASABABLARNITEKSHIRISHTURLARI
Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalarni va baxtsiz xodisalarni keltirib chiqaruvchi xavfli xolatlarni va baxtsiz xodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash ularni yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan oqilona ish usullarini qo‘llash, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo‘ladigan ish sharoitini tashkil qilish xisobiga amalga oshiriladi.
Baxtsiz xodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi.
1. Statistika usuli. Bu usul baxtsiz xodisalarning umumiy statistik xisobga olingan sanoat jaroxatlanishning materiallarini taxlil qilishga asosolangan. Bu usul sanoat jaroxatlanishi taxlil qilish uchun asosiy material bo‘lishdan tashqari, baxtsiz xodisalarni kamaytirish uchun chora-tadbirlar ko‘rish uchun amaliy ma’lumot beradi. Bu usul bilan sanoat jaroxatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsienti va jaroxatning og‘irligi koeffitsientining o‘rtacha ko‘rsatgichini olish imkoniyatini beradi.
Statistika usulini ikkiga bo‘lib qarash qabul qilingan:bular gruppa usuli va topografiya usulidir.
Gruppa usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi xisoblanadi va baxtsiz xodisalarning yuir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan(masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi, baxtsiz xodisaning xususiyatini va X. Q. )gruppalangan xolda, takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Topografik usul. Bu usul xam gruppa usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, quyidagi xollarda qo‘llaniladi:gruppa usulida keltirilgan baxtsiz xodisalar xaqidagi ma’lumotlarni xar xil shartli belgilar bilan belgilab(masalan, (N-I), ish uchaskalarining planida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo‘yil chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz xodisalarning takrorlanishi xaqida ko‘rgazmali ma’lumot olinadi.
Xar qanday statik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz xodisalarni taxlil qilish xam olingan materialni, asosan baxtsiz xodisa xaqida tuzilgan N-I formadagi aktni xar tomonlama o‘rganiladi. Akt bo‘yicha baxtsiz xodisaga yuz bergan joy, jaroxatlanish xarakteri, og‘irlilik darajasi, sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi xaqidagi ma’lumotlar bo‘yicha taqsimlanish belgilari aniqlanadi.
Statistik usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz xodisalar kechki smenada va ishchilarning ish staji kam bo‘lganlariga, 50 protsent atrofida baxtsiz xodisalar to‘g‘ri keladi.
Bularni xisobga olib, baxtsiz xodisalarning kamaytirishning amaliy tadbirlarini ko‘rish imkoniyatini tug‘iladi.
2. Monografiya usuli. Bu usulning moxiyati, baxtsiz xodisa yuz bergan ayrim sex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasini chuqur va xar tomonlama o‘rganish asosida olib boriladi. Asosiy diqqat e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim operatsiyalar ishlab chiqarishning xavfli laxzalari va sanitar-gigienik mexnat sharoitiga qaratilishi kerak. Ushbu korxonalarda ro‘y bergan baxtsiz xodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarning sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday taxlillar turdosh korxonalar bo‘yicha xam o‘tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqish mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz xodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. SHuningdek qurilayotgan yoki loyxalanayotgan bunday korxonalarda aynan o‘xshash baxtsiz xodisalarning kelib chiqmasliklarini ta’minlashga xarakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyxalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni o‘zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.



SANOATKORXONALARIDAISHLABCHIQARISHSANITARIYASIVAMEHNATGIGIENASI


Ersharinio‘rabturganatmosferaxavosiningumumiyog‘irligi 5,3 x 10 (darajasi 18) kgnitashkilqilishixisoblabchiqilgan. Dengiz yuzasida xar bir kvadrat santimetr yuzaga 1 kg xavo og‘irligi to‘g‘ri keladi. Bu xavo miqdorining asosiy qismi ya’ni 90% i er yuzasidan 15 km gacha balandlikda, 99% i 30 km va 99,99% i 48 km balandlikda ekanligi aniqlangan.


Odam tinch xolatda 5-10 l/min, o‘rtacha zo‘riqish xolatida 30 l/min va qattiq zo‘riqqanda 100 l/min miqdorda xavo sarflaydi. Bu o‘rtacha sutkasiga 15 kg atrofida demakdir.
Xechqachon va xechqaerda mutloqo toza xavo bo‘lmaydi. Uning asosiy qismlari: azot - N 78,09%, kislorod - O 20,94%, argon - Ar 0,93% va qolgan 0,04% i CO , Ne, He, CH , Kr, NO2 , Xe, O , NH (amiak), NO , SO ,H2 S va yana birqancha birikmalardan tashkil topgan.
Sanoatkorxonalariningishlabchiqarishzonalarixavomuxitiningob-xavosharoitinixavoningquyidagiko‘rsatgichlarbelgilaydi:
1.Xavoning xarorati, oS bilan o‘lchanadi.
2.Xavoning nisbiy namligi,W% bmlan aniqlanadi.
3. Xavo bosimi,R mm sim.ust.yoki Pa bilan o‘lchanadi.
4. Ish joylaridagi xavo xarakati,m/s bilan o‘lchanadi.
Bulardan tashqari ob-xavo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari xam mavjud,bular xar xil mashina-mexanizmlar va ishlov berilayotgan materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari xam xavo xaroratini oshirishga olib keladi.
Bu omillar ta’siridaan xosil bo‘ladigan ishlab chiqarish zonasidagi xavo muxitini sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi.
Ob-xavo omillari xar biri ayrim xolda yoki bir nechasi birlikda insonning mexnat qilish qobiliyatiga,sog‘lig‘iga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-xavo omillarning deyarli xammasi bir vaqtda ta’sir qiladi. Ba’zi sharoitlarda bunlay ta’sir ko‘rsatish foydali bo‘lishi,masalan sovuq sharoitda quritish natijasida kamaytirilishi mumkin,ba’zi vaqtlarda esa,bir-biriga qo‘shilishi natijasida zararli ta’sir darajasi ortib ketishi mumkin,masalan nisbiy namlik va xaroratning ortib ketishi inson uchun og‘ir sharoit vujudga keltiradi. Bundan tashqari ish joylaridagi xavo xarakatini oshirish xarorat yuqori bo‘lgan vaqtda ijobiy natija beradi,xarorat past bo‘lgan vaqtda esa,salbiy natija beradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki ob-xavo omillari ba’zi bir xollarda inson uchun ijobiy va ba’zi bir xollarda esa,salbiy ta’sir ko‘rsatib,inson organizmi tashqi muxitga moslashuvini buzib yuborishi mumkin. Tashqi muxntga moslashuv -bu inson organizmining fiziologik va ximik jarayonlar asosida tana xaroratining bir xil chegarada(36-37oS) saqlab turish qobiliyatini demakdir.
Ob-xavo sharoitning doimo o‘zgarib turuvchi sharoitida tana xaroratining o‘zgarmasligini saqlash,inson xayotining asosiy bo‘lgan organizmdagi bioximik jarayonlarning normal sharoitini ta’minlaydi. Tana xaroratining yuqorida ko‘rsatilgan darajadan ortib ketishi issiqlash,sovishi esa,sovish deb ataladi. Issiqlash va sovish xayot faoliyatini buzuvchi xalokatli xolat vujudga keltirishi mumkin.
SHuning uchun xam inson organizmida tashqi muxit bilan moslashuvi fiziologik mexanizmi mavjud bo‘lib,u markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo‘ladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvchi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning ortiqchasini tashqi muxitga chiqarib,issiqlik balansini saqlab turishdir. Tashqi muxitga moslashuv ikki xil: fizik va ximik bo‘lishi mumkin. Ximiyaviy tashqi muxitga moslashuv organizmning issiqlash davrida modda almashinuvini kamaytirishi va sovishi natijasida modda almashinuvini oshirish mumkin. Ammo ximiyaviy tashqi muxitga moslashuv tashqi muxitning keskin o‘zgarishi borasida fizik tashqi muxitga moslashuvga nisbatan axamiyati katta emas. Asosan tashqi muxitga issiqlikni almashtirishda fizik tashqi muxitga moslashuvning axamiyati katta.
Organizmning tashqi muxitga issiqlik chiqarishi uch yo‘l bilan o‘tishi mumkin:
1.Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali
(radiatsiya orqali xavo almashinuvi);
2.Tanani o‘rab turgan xavo muxitini isitish(konveksiya);
3.Terining terlab,bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning bug‘lanishi natijasida.
Normal sharoitda,kuchsiz xavo xarakati bo‘lgan xolatda xarakatsiz odam organizmi radiatsiya yo‘li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%, konveksiya natijasida 30% va terlash orqali 25% yo‘qotish aniqlangan. Bunda teriorqali umumiy issiqlikning 80% ortig‘i, nafas olish a’zolari orqali 13 (protsenti) va taxminan 5% i issiqlik ovqat,suv va xavoni isitishga sarflanadi.
Radiatsiya va konveksiya orqali issiqlikni yo‘qotish,faqat tashqi muxit xarorati tana xaroratidan kam bo‘lgan xollarda bo‘lishi mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki,tashqi muxit xarorati qancha past bo‘lsa,issiqlik yo‘qotish shuncha kuchli bo‘ladi.
Tashki muxit xarorati tana xaroratidan yuqori yoki teng bo‘lsa,u xolda issiqlik ajratish terlab bug‘lanish xisobiga bo‘ladi.
1 gramm terni bug‘latish xisobiga 2,5 kDj (0,6kkal) issiqlik yo‘qotilishi mumkin.
Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muxit xaroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog‘liq. Xarakatsiz organizmda,tashqi muxit xarorati 15 oS ni tashkil qilsa,terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil kiladi. YUqori xaroratlarda esa (30 oS va undan yuqori), ayniqsa og‘ir ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi. Masalan issiq sexlarda,og‘ir ishlarni bajarish natijasida terlashni miqdori soatiga 1-1,5 litrga etadi va bu miqdor terni bug‘lanishi uchun 2500-3800 kDj (600-900 kkal) issiqlik sarflanadi.
SHuni aytib o‘tish kerakki,terlash yo‘li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana yuzasida ter bug‘langandagina amalga oshadi. Terni bug‘lanishi esa xavoning xarakatiga va nisbiy namligiga,kiygan kiyimining materialiga bog‘liq.
Issiqlik yo‘qotish faqat terlash yo‘li bilan amalga oshirilayotgan sharoitida xavoning nisbiy namligi 75-80 protsentdan ortiq bo‘lsa,terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizm tashqi muxitga moslashuvi buzilishi natijasida issiqlash yuz berishi mumkin. Issiqlashning birinchi belgisi tana xaroratining ko‘tarilishidir. Kuchsiz issiqlash tana xaroratining engil ko‘tarilishi,xaddan tashqari ter chiqishi,kuchli suvsash,nafas olish va qon tomirlarning o‘rishini tezlanishi bilan chegaralanishi mumkin. agar kuchli issiqlash yuz bersa,unda nafas olish qiyinlashadi,qattiq bosh og‘rig‘i tutadi va bosh aylanadi,nutqi qiyinlashadi.
Tashqi muxitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana xaroratining keskin ko‘tarilishi issiqlik gepatermiyasi deb ataladi.
Issiqlashning ikkinchi belgisi terlash natijasida inson organizmning ko‘p miqdorda tuz yo‘qotishi natijasida kelib chiqadi. Buxolat teri xujayralarida tuzning kamayishi orqasida, Terining suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. Ichilayotgan suv tinmay ter bo‘lib chiqib ketganligi sababli, organizm kuchli chanqoqlik sezadi,ichilgan suvning tezda chiqib ketishi chanqoqlikni yana kuchaytiradi va bu suv bilan zaxarlanish xolatini vujudga keltirishi mumkin. Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo bo‘ladi kuchli terlash va qonning quyuqlanishi kuzatiladi. Bu xolat qaltirash kasalligi deb yuritiladi. Keyin issiq urish vujudga keladi,tana xarorati 40-41 oS ga ko‘tarilib,odam xushini yo‘qotadi va qon tomirlarining urishi kuchsizlashadi. Bu vaqtda organizmdan ter chiqish butunlay to‘xtaydi. Qaltirash kasali va issiq urish o‘lim bilan tugashi mumkin.
Sanoat korxonalarida olib borilayotgan gigienik chora-tadbirlar natijasida ishlab chiqarish sharoitida qaltirash kasalligi va issiq urish deyarli yo‘qolib bormoqda. Issiq sexlarning xammasida organizm yo‘qotgan tuzni tiklash uchun maxsus ichimliklar tashkil qilingan.
Inson organizmiga faqatgina yuqori xarorat ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq vaqt past xarorat ta’sirida bo‘lish asosiy fiziologik jarayonlarning buzilishiga,ish qobiliyatining susayishga va orga- nizmning kasalanishiga olib keladi. past xarorat ta’sirida qon tomirlari torayadi uzoq vaqt ta’sir qilish natijasida,esa kapilyar qon tomirlarning faoliyati buziladi (birinchi belgilab siftida oyoq va qo‘l panjalarining achishib og‘rishi,quloq va burunning achishishini keltirish mumkin),shundan keyin butun organizmning sovuqqa qotishi seziladi.
Tashqi nerv sistemalarining sovuqqotishi natijasida suyak sistemalarida radikulit,oyoqqo‘l va bel bo‘g‘inlarida xamda paylarda revmatizm kasalligi, shuningdek plevrit, bronxit va boshqa shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan yuqumli kasalliklar kelib chiqish mumkin.
Odam organizmga sovuqning ta’siri,ayniqsa xavo xarakati kuchli bo‘lib, xavoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan vaqtda kuchli bo‘ladi. CHunki sovuq xaroratdagi nam xavo issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo‘qotishni kuchaytiradi.



Download 50,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish