SHaxsiy himoya vositalari. SHaxsiy himoya vositalaridan sanitar-gigienik, texnik va boshqa tadbirlar yordamida sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish imkoniyati bo’lmagan hollarda foydalaniladi.
SHaxsiy himoya vositalari jamoa himoya vositalaridan farqli holda har bir insonni individual alohida himoya qiladi. O’zining funksional belgilanishi bo’yicha individual himoya vositalari nafas olish, ko’rish, eshitish, organlarini, teri qoplamasini va organizmni butunlay himoyalash vositalariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |