Ishlab chiqarishda boshqaruv”fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


III O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRIAH MASALALARI



Download 179,52 Kb.
bet11/13
Sana27.06.2022
Hajmi179,52 Kb.
#709871
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
19.Solijonov B

III O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRIAH MASALALARI
31 . O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosatining o’ziga xos uslublari
O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari — mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish, iqtisodiyotni isloh qilish va modernizatsiyalash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, xavfsizlik, tinchlik va jamiyatda hamjihatlikni ta’minlashga muvofiq faoliyat qanday olib borildi? Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati shu haqda ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Prezidentining xalqaro uchrashuvlari. Davlat rahbarlari darajasida 21 ta tashrif, shu jumladan Shavkat Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlarga 13 ta tashrifi amalga oshirildi. O‘zbekistonga 8 ta davlat rahbarlari (Afg‘oniston, Belarus, Misr, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston) tashrif buyurishdi. 30 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, 180 ta ikki tomonlama shartnoma va bitimlar imzolandi. Davlat rahbarining xalqaro tashabbuslarini amalga oshirish. O‘zbekiston rahbari tomonidan BMT, MDH, ShHT, IHT va boshqa nufuzli forumlar doirasida ilgari surilgan 10 ta muhim xalqaro tashabbus to‘liq amalga oshirildi.BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» (22 iyun) va «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» (12 dekabr) nomli rezolyusiyalari qabul qilindi. Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi Maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (Ostona shahri, 15 mart, keyingisi 2019 yil aprelda Toshkent shahrida o‘tkaziladi). Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining o‘tkazilishi va O‘zbekiston davlat rahbari ilgari surgan Afg‘oniston mojarosini hal etish va uni mintaqaviy iqtisodiy loyihalarga jalb qilish bo‘yicha takliflari keng miqyosda xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Yaqin qo‘shnilarga nisbatan ochiq va konstruktiv siyosat olib boorish. Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi – yaqin qo‘shnilarga nisbatan ochiq va konstruktiv siyosat olib borish, Markaziy Osiyodagi muammolarni tenglik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish va oqilona kelishuv asosida hal etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. Mintaqaning barcha davlatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga (9-10-mart) va Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga (17-18-avgust) davlat tashriflari yakuniga ko‘ra strategik ahamiyatga ega hujjatlar imzolandi: Do‘stlik va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot va O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek boshqa ikki tomonlama kelishuvlar to‘plami. Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi (23-24-aprel) chog‘ida 2017-yilda imzolangan Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi hamda Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlariga yuk tashish hajmini ko‘paytirish uchun ikki mamlakat tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanishga kelishib olindi. Umuman olganda, bugun kunda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlaridan o‘tish va chegara oldi hududlarda savdoni rivojlantirish kabi juda murakkab masalalarga yechim topish uchun mutlaqo yangi, konstruktiv siyosiy muhit va qulay sharoitlar yaratildi. O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan Davlat chegarasida 64 ta o‘tish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Chegara bilan bog‘liq muammolarning hal qilinishi natijasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalari sezilarli darajada faollashdi. Ular bilan savdo aylanmasi o‘sishi 9 oy davomida o‘rtacha 50 foizdan ko‘proqni tashkil qildi. Xorijiy mamlakatlar bilan barqaror, ishonchli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish. Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va YIning boshqa davlatlari, Turkiya, Belarus, Misr, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharqning asosiy davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Shuningdek, hukumat, vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari darajasida 360 ta tashrif bo‘lib o‘tdi. Hukumatlararo qo‘shma komissiyalarining 17 ta yig‘ilishi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 25 ta va xavfsizlik masalalari bo‘yicha 34 ta maslahatlashuvlar o‘tkazildi.
Iqtisodiy diplomatiya. Bir qator xorijdagi muassasalarning shtatlar jadvaliga tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha 14 ta yangi lavozim kiritildi. 2018-yilning 11 oyi davomida mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti 11,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018 yilda 2,7 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi. 2018-yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonga 4 millionga yaqin xorijiy fuqaro tashrif buyurdi (2017 yilga nisbatan 107 foizga ko‘p). O‘zbekistonning xorijdagi har bir diplomatik va konsullik muassasalari mamlakatimizning muayyan hududlarga biriktirilgan. 2018-yil fevralidan boshlab diplomatik missiyalar rahbarlari biriktirilgan hududlarga muntazam ravishda tashrif buyurmoqdalar. Uchrashuvlar natijasida viloyat hokimliklari bilan hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritalari» qabul qilindi. Mintaqalararo hamkorlik doirasida 171 ta tadbir tashkil qilindi. Mahalliy hokimiyat organlariga xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilishda yordam berish maqsadida Tashqi ishlar vazirligining hududiy bo‘linmalari tashkil etilmoqda. Hozirda Buxoro, Urganch, Samarqand, Nukus va Termiz shaharlarida vazirlik bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash. Noyabr oyida O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotining to‘laqonli a’zosiga aylandi, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 23-24-noyabr kunlari Samarqandda Inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha birinchi Osiyo forumi xalqaro maydonda katta ijobiy qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston nomzodini BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga olg‘a surish to‘g‘risidagi qaror xalqaro hamkorlar, jumladan MDH, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. TIVning salohiyatini va muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish. 2018-yilning 11-yanvarida davlat rahbari raisligida O‘zbekiston diplomatik xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. TIV va diplomatik vakolatxonalar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi hamda aniq vazifalar belgilab berildi. Iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirishga asosiy urg‘u berildi: mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, yangi texnologiyalarni va investitsion dasturlarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, chet ellik turistlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish. 5 aprelda Prezident tomonidan «Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmon va «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora tadbirlari to‘g‘risidagi» qaror qabul qilinib, ularda TIV va uning chet ellardagi vakolatxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab berildi, Vazirlikning yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Vazirlik tarkibida Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi (to‘rtta boshqarmadan iborat), Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi. «Jahon» AA negizida «Dunyo» axborot agentligi va Media markazi tashkil etilmoqda. Tashqi siyosiy faoliyatni yanada faollashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarda yangi diplomatik vakolatxonalar ochildi va mavjudlari kengaytirildi. Sankt-Peterburg, Olma-Ota, Yekaterinburg, Qozon va Vladivostok shaharlarida bosh konsulxonalar ochildi. Rostov-Don (Rossiya), Oqtov (Qozog‘iston), Guanchjou (Xitoy) va O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlarida Bosh konsulxonalar ochilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonning chet ellardagi fuqarolariga, jumladan xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarlarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston konsullik muassasalari faoliyati kuchaytirildi. 19 oktyabrda Mehnat sharoitlari va uni muhofaza qilish, Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ijtimoiy-mehnat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiruvchi O‘zbekiston-Rossiya memorandumi imzolandi. 25 oktyabrda davlat rahbarining qarori bilan tasdiqlangan «Xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati konsepsiyasi» va 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan tegishli «Yo‘l xaritasi» loyihalari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan interaktiv muloqot mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. 160 dan ortiq tadbirlar – videokonferensiyalar, brifinglar, prezentatsiyalar va vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
9 oy davomida xorijdagi konsullik muassasalar tomonidan 282 470 ta konsullik harakatlari amalga oshirildi, jumladan 26 673 ta O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi va chet el fuqarolariga 203 643 ta viza berildi

XULOSA
Bugungi kunda mamlakatning jahon savdosida faol ishtiroki muhim afzalliklarga ega: bu mamlakatda mavjud resurslardan yanada samarali foydalanish, ilm-fan va texnikaning jahon yutuqlariga qo'shilish, qisqa vaqt ichida o'z iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish, shuningdek, aholining ehtiyojlarini to'liq va har tomonlama qondirish imkonini beradi. Dunyoning hech bir mamlakati xalqaro savdoda ishtirok etmasdan iqtisodni yaratishga muvaffaq bo'lmaydi.
Sarhisob qilar ekanmiz, xalqaro savdo hajmi jadal o'sib borayotgani, unda tayyor mahsulotlar ulushi tobora ortib borayotganini aytish mumkin. Geografik va tovar sifatida xalqaro savdoning tarkibi doimo o'zgarib, hozirgi vaqtda ikkita element tizimini ifodalaydi: asosan bir-biri bilan savdo qiluvchi rivojlangan mamlakatlar va rivojlangan mamlakatlarga o'z mahsulotlarini yetkazib beradigan rivojlanayotgan mamlakatlar.
Katta energiya resurslari, yuqori malakali mehnat resurslari bilan ishlaydigan deyarli 150 million aholiga ega bo'lgan Rossiya, tovarlar, xizmatlar va kapital uchun katta bozor hisoblanadi. Biroq, tashqi iqtisodiy sohada ushbu salohiyatni amalga oshirish darajasi juda kichik. 1995 - yilda jahonning eksportidagi Rossiyaning ulushi 1,5% ni, importda esa 1% dan kamni tashkil etdi.
Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy tarkibiy qismidir, chunki u mehnatni taqsimlash asosida paydo bo'lgan turli mamlakatlarning tovar ishlab chiqaruvchilari o'rtasidagi aloqa shaklidir. Har bir mamlakat eng katta afzalliklarga ega bo'lgan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va ishlab chiqarish foydali bo'lmagan mahsulotlarni import qilishga intiladi. Shuningdek, xalqaro savdoda turli xil iqtisodiy va siyosiy xavflar mavjud bo'lib, ular turli vaqtlarda uning kelib chiqishini tushuntirishga harakat qiladigan nazariyalar paydo bo'ldi va rad etildi, muayyan sharoitlarda maqsadlarni aniqlash, afzalliklar, kamchiliklar va h. k.
Xalqaro savdoni tartibga solish katta ahamiyatga ega. Bu moddiy qadriyatlar, turli xizmatlar, shuningdek, milliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasida tajriba almashish imkonini beradi. Tartibga solishning asosiy maqsadi bozor barqarorligi va prognoziga erishish orqali davlatlar o'rtasida jahon iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishdir. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar savdo munosabatlarining tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Tashqi savdo aylanmasi qiymati bo'yicha etakchi bo'lgan asosiy hududlar paydo bo'ldi. Xalqaro savdoda mamlakatlarning roli ularning rivojlanish darajasini belgilaydi. Shunday qilib, hozirgi bosqichda rivojlangan davlatlar asosan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va katta miqdordagi xom ashyoni sotib olish hisobiga bo'ladilar. Rivojlanayotgan davlatlar tarkibida, aksincha, xom ashyo eksporti va tayyor mahsulotlar importi ustunlik qiladi.
Ayni paytda tashqi savdoning eng katta hajmi Yevropada, undan keyin Osiyo (asosan Xitoy hisobiga) va Shimoliy Amerikada, boshqa mintaqalarning ulushi unchalik katta emas.
Hozirgi vaqtda jahon savdo birjasida tayyor mahsulotlarning o'sish tendentsiyasi paydo bo'lmoqda, ammo rivojlanayotgan davlatlar tarkibida tovarlarga ixtisoslashuv mavjud. Shuni ta'kidlash kerakki, xom ashyoni iste'mol qilish ortib bormoqda, ammo turli xil zaxiralarni yaratish orqali boshqa mahsulotlarning savdo darajasi orqada qolmoqda. So'nggi yillarda yuqori texnologiyali tovarlar almashinuvi ortib bormoqda, kimyo mahsulotlari savdosi ham jadal rivojlanmoqda.
Jahon savdosiga ta'sir ko'rsatadigan eng yirik tovar bozorlari orasida mashinalar va transport uskunalari bozori, tabiy yoqilg'i bozori, shuningdek, qora va rangli metallar bozori mavjud. Zamonaviy sharoitda yarim tayyor mahsulotlar almashinuvi katta ahamiyatga ega.
Vaqt o'tishi bilan global tovar bozorining tabiati o'zgarganligini xulosa qilish mumkin. Hozir dinamikada xalqaro savdoda tayyor mahsulot ulushining o'sishi kuzatilmoqda. Jahon savdosining tuzilishi, ham geografik, ham tovar o'zgaruvchan bo'lib, hozirgi vaqtda ikkita element tizimini ifodalaydi: asosan bir-biri bilan savdo qiluvchi rivojlangan mamlakatlar va o'z mahsulotlarini rivojlangan mamlakatlarga yetkazib beradigan rivojlanayotgan mamlakatlar.


Download 179,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish