3-BOB. KORXONADA MODDIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI
TAKOMILLASHTIRISH ASOSIY YO`NALISHLARI
3.1. Moddiy resurslardan samarali foydalanishning omillari va
imkoniyatlari
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o‘zining bir qator asarlarida hozirgi
taraqqiyot darajasida moddiy resursdan samarali foydalanishga va komplekslilik
tamoyiliga e‘tibor berishni uqtirmoqda. Har bir xom ashyo turidan yuqori darajada
samara bilan foydalanish iqtisodiyotimizning rivojini belgilaydigan muhim
omillardan biridir. Shu sababli sanoat korxonalarida moddiy resurslardan samarali
foydalanish yo‘nalishlarini belgilash hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan
hisoblanadi.
Sanoat korxonalari faoliyatida moddiy resurslardan foydalanish darajasi
korxona
faoliyati
samaradorligini
belgilovchi
muhim
omil
hisoblanadi.
Korxonalarning rivojlanishini ta‘minlash va yashab qolishiga erishish uchun moddiy
resurslardan foydalanish darajasini muntazam tarzda tahlil qilish va takomillashtirish
yo‘nalishlarini belgilash lozim.
Moddiy resurslardan samarali foydalanish ulardan o‘ylab, asoslangan holda,
maqsadga muvofiq foydalanishni nazarda tutadi. Moddiy resurslardan samarali
foydanish ulardan foydalanishning sifat tavsifini ko‘rsatadi. Moddiy resurslardan
samarali foydalanish uzluksiz jarayon hisoblanishi lozim va ishlab chiqarishning
rivojlanishi bilan birgalikda rivojlanib borishi lozim.
Moddiy resurslarni tejash
uchun ularni tejashning aniq manbalari imkoniyatlarini baholash lozim. Moddiy
resurslarni tejash manbalari ularning qandaydir qismini tejashga imkon berishi lozim.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
foydalaniladigan mashinalar, mexanizm va moslamalar miqdorini
kamaytirish;
kam chiqindili texnologiyadan foydalanish;
moddiy resurslarning tejamli turlarini qo‘llash.
Turli manbalardan foydalanish majmuasi moddiy resurslar tejamkorligining
yo‘nalishlari hisoblanadi. Moddiy resurslardan tejamli foydalanish yo‘nalishlari
qanday tadbirlar hisobiga moddiy resurslar sarfini kamayishiga olib borishini
ko‘rsatadi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Moddiy resurslar sarfini kamaytirishni rag‘batlantirish;
Moddiy resurslar sarfini orttirib yuborganlik uchun huquqiy yoki
ma‘muriy javobgarlik;
Ilg‘or tajribani ommalashtirish va x.k.lar.
Moddiy resurslar sarfini kamaytirish uchun ulardan samarali foydalanish
yo‘nalishlarini tuzish kerak.