Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
Statistika ma\'ruza kursi 2022-1
Xar bir sektorni tahlil qilish MHTda operatsiyalarni hisoblar kurinishida tasvirlashni talab etadi. Tizimdagi hisoblar «resurs» va «foydalanish» qismlaridan iborat bo’lib, ko’rsatkichlar hisoblarda ikki marotaba yoziladi. Bir marotaba-resurs qismida, ikkinchi marotaba foydalanish qismida. MHTda baxolarning shakllanishi va ularning tarkibiy qismi va boxolarning o’zaro bog’lanishi 1-jadvalda tasvirlangan. Milliy hisoblar tizimi uzining tuzilishiga kura buxgalterlik hisobi bilan uxshash. Ularning xar ikkisi xam «T»-kurinishidagi shaklga ega. Schyotlarni balanslashtiruvchi ikki xil yul mavjud. Ayrim schyotlarni balans moddasi yordamida balans metodi bilan balanslashtiriladi. Balans moddasi keyingi schyotning birlamchi moddasiga aylanadi (5-jadval). Boshqa schyotlar esa “tarif” usuli bilan balanslashtiriladi. “Tarif” usuli bilan balanslashtiriladigan schyotlarga tovar va xizmatlar schyoti misol buladi. Milliy hisoblar tizimi schyotlari ikki kimdan iborat, ya’ni resurslar va foydalanish (buxgalteriya hisobidagi kabi debet-kredit emas). Shunisi muximki, resurslarga aloqador kaydlar yigindisi foydalanishdagi aloqador kaydlar yigindisiga teng buladi. Iqtisodiyot sektorlari uchun schyotlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: joriy schyotlar; jamg’arma schyoti; aktiv va passivlar balansi. Joriy schyotlar o’z ichiga quyidagi schyotlarni oladi: 1 -ishlab chiqarish; 2-daromadlarning shakllanishi; 3-daromadlarning birlamchi taqsimoti; 4-daromadlarning ikkilamchi taqsimoti; 5- pul shaklida ixtiyordagi daromadlardan foydalanish; 6-daromadlarni natura ko’rinishida qayta taqsimlanishi 7-tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish. Jamg’arma schyoti quyidagilardan tuziladi: 8-kapital bilan operatsiyalar schyoti; 9-moliyaviy schyot; 10-aktiv va passivlardagi boshqa o’zgarishlar schyoti: aktiv va passivlarning ko’lamidagi boshqa o’zgarishlar schyoti: 11-aktiv va passivlarni qayta baxolash schyoti 12-tovar va xizmatlar schyoti Ishlab chiqarish schyoti. Bu schyot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan jarayonlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar (yalpi ishlab chiqarish, oraliq ist’emol, qo’shilgan qiymat)ning hosil bo’lishini ifodalaydi. Ishlab chiqarish schyoti tuzilishi sxemasi
Bu schyotning ko’rsatkichlari ishlab chiqarish natijalarini tahlil qilish imkonini beradi. Ishlab chiqarish natijalari birinchi bor yalpi ishlab chiqarish (YAICH)3 ko’rsatkichi orqali qayd etiladi. Umuman aytganda, bu ko’rsatkich barcha rezident institutsion birliklar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatlarining yig’indisidan iborat. MHTda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol(ishlatilgan) tovar va xizmatlar qiymati oraliq iste’mol(OI) deyiladi. Non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ishlatilgan un va boshqa mahsulotlar qiymati OI bo’ladi. Umuman aytganda, OIga ishlab chiqarish mobaynida ishlatilgan hom ashyo, butlovchi materiallar, yoqilg’i, elektroenergiya, mayda asbob-uskuna(asosiy fondlar(kapital) xarajatlaridan tashqari) xarajatlari, nomoddiy xizmatlar (reklama, auditorlik va yuridik xizmat va h.k.)xarajatlari va shu kabi xarajatlardan(ishlab chiqarish maydonlari, mashina va stanoklarni arenda xarajatlari) iborat. OIga asosiy kapitalning iste’moli(amortizatsiya) xarajatlari kirmaydi. Oraliq iste’mol oxirgi iste’molchi sotib olgan baholarda, savdo-transport ustamasini qo’shgan holda baholanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, QQS to’lovchi birliklar uchun OI tarkibiga QQS kiritilmaydi yani, OI asosiy baholarda hisoblanadi. QQS to’lamaydigan ishlab chiqaruvchi birliklar uchun, ularning OI ko’rsatkichi QQS qo’shib hisoblanadi. Odatda butun mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish nazarda tutilganda bu ko’rsatkich Yalpi ichki mahsulot (YAIM) deb yuritiladi. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarish schyotida muvozanatlashtiruvchi ko’rsatkich bo’lib, YAICHdan oraliq iste’molni ayirish orqali topiladi. YAICH ko’rsatkichi qanday baholarda (asosiy, ishlab chiqaruvchi) hisoblanishiga qarab, qo’shilgan qiymat ko’rsatkichi ham o’sha baholarda hisoblangan bo’ladi. Umuman mamlakatda iqtisodiy faoliyat ko’rsatayotgan barcha rezident institutsion birliklarning YAQQ ko’rsatkichlari yig’indisi YAIM ga teng. Amaliyotda, YAQQ ko’rsatkichini hisoblashda qo’llanilayotgan baho tizimiga mos ravishda YAIM ko’rsatkichini quyidagi formulalar orqali ifodalash mumkin: YAIM = YAQQ + MS - MSU, bu erda: YAQQ - mamlakat iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan barcha rezident institutsion birliklarning YAQQ ko’rsatkichlarining yig’indisi (asosiy baholarda); MS -mahsulot uchun olingan soliqlar yig’indisi; MSU - mahsulot uchun to’langan subsidiyalar yig’indisi. Agarda YAQQ ishlab chiqaruvchilar baholarida hisoblangan bo’lsa, u holda quyidagi munosabat o’rinli bo’ladi:
bu erda: YAQQ - mamlakat iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan barcha rezident institutsion birliklarning YAQQ ko’rsatkichlarining yig’indisi (ishlab chiqaruvchilar baholarida); QQS - qo’shilgan qiymat soliqlari yig’indisi; ISS - mamlakat bo’yicha sof import(eksport-import) soliqlari. Agarda ACIni to’g’ri hisoblab, YAIMdan chegirib tashlansa, hosil bo’lgan miqdor sof ichki mahsulot(SIM) deyiladi. O’z navbatida YAQQ ko’rsatkichi sof qo’shilgan qiymat (SQQ) deb ataladi. Sof ichki mahsulot asosiy kapitalning davr boshidagi qiymatini saqlagan holda mamlakatda yangitdan yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor baholaridagi miqdorini ifodalaydi. Daromadlarning shakllanishi schyoti. Bu schyot mamlakat miqyosida, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari kesimida tuziladi. Schetni tuzishdan ko’zlangan maqsad, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hamda iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymatning tarkibini aniqlashdan iborat. Shu bilan birga, schyotdagi ko’rsatkichlar ishlab chiqarishda band bo’lgan barcha institutsion birliklarning birlamchi daromadlari tarkibini ifodalaydi. Schetning resurs qismidagi YaIM ko’rsatkichi ishlab chiqarish schyotidan o’tadi. Schyotning resurs qismida keltirilgan mahsulot uchun soliq ko’rsatkichi institutsion birliklarning davlat sektoriga mahsulot(xizmat)ni iste’molchiga etkazilayotganda mahsulot (xizmat) birligiga nisbatan to’lanadigan soliqlardan iborat. Bu soliq tarkibiga qo’shilgan qiymat, aktsiz, import, eksport soliqlari kiradi. Odatda bu soliqni iste’molchi to’laydi. Mahsulot uchun subsidiyalar davlat tomonidan ishlab chiqaruvchilarga mahsulot(xizmat) ishlab chiqarganliklari va eksport va import qilganliklari uchun mahsulot(xizmat) birligiga nisbatan beriladigan subsidiyalardan iborat. Mehnat haqi ko’rsatkichi buxgalteriya hisobida ishlatiladigan “mehnat haqi” ko’rsatkichidan birmuncha farq qiladi. MHTda mehnat haqi tarkibi ikki qismdan iborat: 1) ishchi-xizmatchilarga yoziladigan ish haqi, ularga ishlab chiqarishda qatnashganliklari uchun beriladigan mukofotlar va qo’shimchalar daromad solig’i bilan birga; 2) ish haqidan (majburiy) sotsial sug’urta fondlariga ajratma(sotsstrax). Bu schyotdagi mehnat haqi tarkibiga ishlab chiqarishda qatnashgan barcha rezident va norezident birliklarga ish beruvchi birlik tomonidan mehnat haqi sifatida qilgan xarajatlari kiradi. Bevosita ishlab chiqarish uchun sof soliqlar ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda bevosita ishlab chiqarish uchun soliqlar va ikkinchi qismda bevosita ishlab chiqarish uchun subsidiyalar qayd etiladi4. Bevosita ishlab chiqarish uchun sof soliqlar bevosita ishlab chiqarish uchun to’langan soliqlardan olingan subsidiyalarni ayirish orqali topiladi. Bevosita ishlab chiqarish uchun soliqlar ishlab chiqarish faktorlari: er, ishlab chiqarish maydonlari, transport vositalari, ishchi kuchi va shu kabi ishlab chiqarish faktorlariga nisbatan qo’llaniladi. Odatda bu ko’rsatkich sof holda qayd qilinadi. Keyingi ko’rsatkich asosiy kapitalning iste’moli ko’rsatkichi bo’lib, bu ko’rsatkich ishlab chiqarishda band bo’lgan (ishlatilgan) asosiy fondlarning(ishlab chiqarishda 1 va undan ortiq yil muddatda ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarining) ishlab chiqarish mobaynida yo’qotgan qiymatini tiklash uchun kerak bo’ladigan qiymatdan iborat. Bu ko’rsatkich MHTda asosiy vositalarni sotib olingan vaqtdagi boshlang’ich qiymatida emas, ishlatilgan hisobot davridagi bozor baholaridagi qiymatida eskirganligini tiklash uchun ketadigan xarajatlar miqdorida hisoblanadi. Bu ko’rsatkich, alohida hisoblangan bo’lmasa (ACI=0), foyda ko’rsatkichi yalpi foyda deb, aralash daromad - yalpi aralash daromad deb yoziladi. Sof foyda ko’rsatkichi iqtisodiyot nomoliya va moliya sektorlarining daromadlarni shakllanishi schyotidagi muvozanatlashtiruvchi ko’rsatkich bo’lib, birliklarning mahsulot uchun soliqlar to’laguncha bo’lgan foydasidan iborat. Agarda bu ko’rsatkich yalpi usulda, ya’ni ACI bilan birgalikda hisoblangan bo’lsa, yalpi foyda deb yoziladi. Download 0,83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |