Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


-jadval O’zbekistonda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 2015-2020 yy.da dinamikasi



Download 0,83 Mb.
bet12/66
Sana01.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#875968
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Bog'liq
Statistika ma\'ruza kursi 2022-1

3-jadval
O’zbekistonda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 2015-2020 yy.da dinamikasi



Ko’rsatkichlar 

O’lchov
birligi

Yillar

2020 y. 2017 y.ga nisb.o’zg., marta

2015

2016

2017

2018

2019

2020


Yalpi ichki mahsulot

trln.
so’m

221,4

255,4

302,5

406,6

511,8

602,6

2,72


YaIM deflyatori indeksi

foiz

198,0

215,7

119,4

127,5

119,2

111,9

0,57


Inflyatsiya darajasi

foiz

5,6

5,7

14,4

14,3

15,2

11,1

1,98


Ishsizlik darajasi

foiz

5,2

5,2

5,8

9,3

9,0

10,5

2,02


Ish bilan bandlik

mln. kishi

13,1

13,3

13,5

13,3

13,71

13,2

1,01


Mehnat unumdorligi

mln.so’m

16,9

19,2

22,4

30,6

37,3

45,2

2,67


Sanoat mahsuloti

trln.so’m

97,6

111,9

148,8

235,3

331,0

368,7

3,78


Iste’mol tovarlari

trln.so’m

42,1

48,3

59,7

83,5

111,5

129,3

3,07


Qishloq xo’jaligi

trln.so’m

64,7

74,8

154,4

195,1

224,3

250,3

3,87


Asosiy kapitalga investitsiya

trln.so’m

44,8

51,2

72,2

124,2

189,9

210,2

4,69

Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko’rsatilishi kerak. Agar tekshiruvchining o’zi hisoblagan bo’lsa, qaysi ma’lumotlar asosida hisoblanganligi ko’rsatiladi. Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy to’plam bo’yicha yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan bo’lishi kerak.
Bu qoidalarga rioya qilib tuzilgan jadvalni tahlil qilish va uning ma’lumotlari asosida kerakli xulosalar chiqarish mumkin. Jadval ma’lumotlarini tahlil qilishni umumiy jamlar yoki o’rtachalardan boshlash yaxshi, chunki oldin to’plam bo’yicha umumiy ifodani olib, keyin, uning bo’laklari, ya’ni qator va ustunlarini o’rganishga o’tiladi. Bu bilan, birinchi navbatda, jadvalning eng muhim elementlari tahlil qilinadi, keyin esa qolganlari.
2. Statistik grafiklar
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o’rganish qurollaridan biri hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma’ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, taqdimotlarni, gazeta , jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi maxsus eshittirishlarni va xatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz tassavur ham qilib bo’lmaydi.

Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas (Kommercheskiy i politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo’lib statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir.


Grafiklar o’quvchining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko’rish va tushunish qiyin bo’lgan ayrim qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim o’rin egallaydi. Ommaviy o’quvchi uchun grafik tasvir orqali statistik ko’rsatkichlarni tushunish va o’rganish statistik jadvallardan ko’ra ancha qulaydir: miqdoriy ko’rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori bo’ladi; statistik kuzatuv natijalari tezroq va osonroq tushuniladi hamda umumlashtiriladi; hodisa va jaryonlarning o’zaro bog’liqligi va ularni vaqt bo’yicha o’zgarishi yaqqol ko’rinib turadi; statistik-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va aniqlangan qonuniyatlarni ko’rish va tekshirish imkoniyati tug’iladi.


Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.

Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko’rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o’zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko’ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo’lgan grafiklar yasalishi lozim. Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o’lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.




Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to’plamidan iborat geometrik belgilardir.


Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi.
Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm). Uning asosan birinchi choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm).


1-rasm. To’ri chiziqli koordinata tizimi 2-rasm. Qutbli koordinata tizimi

Ular vaqt bo’yicha tsiklik (davriy) o’zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To’g’ri chiziqli koordinata tizimida maydon o’lchovlari vertikal va gorizontal o’qlarda (ordinata va abtsissa o’qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o’ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o’qi va unga nisbatan nur burchagi o’lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o’lchovlar kontur to’r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.


Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o’lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar.
Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo’lmagan holda bo’lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday shkala teng o’lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan o’lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqinidir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqini grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqini qisqa va tushunarli bo’lishi lozim.
Grafiklarni tasvirlashda ko’rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo’lishi, qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi: Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro bog’lanishdagi ko’rsatkichlar grafiklari va boshqalar.
Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra (3-rasm): nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra (4-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar).

Statistik grafiklar












































































































































































































































chiziqli





































yassi





































hajmli

















































































































































































































































































































































Statistik







Ustunli




Lentali







Kvadratli




Doirali







Sektorli




Figurali




Nuqtali




Fonli







Ustki taqsimlanish

























































































































Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish