Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Download 0,64 Mb.
bet1/64
Sana18.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#867774
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI
BH va AUDIT” KAFEDRASI
SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH” maxsus kursi bo’yicha



Barcha noiqtisodiy bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun

Institut uslubiy kengashi
tomonidan tasdiqlangan.
« ___ » _________ 2017 y.
Qayd № ________
FARG’ONA - 2017

«Soliq va soliqqa tortish» fanidan baklavriatning noiqtisodiy yo’nalishlari talabalari uchun fanning nazariy va amaliy jixatlarini sifatli va chuqur o’rganishlari, mustaqil ishlarni bajarishga puxta tayyorgarlik ko’rishlari maqsadida tayyorlangan mazkur ma’ruzlar matni oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasi va namunaviy o’quv dasturlariga muvofiq keladi. Uslubiy uslubiy ishlanma barcha bakalavriatning barcha noiqtisodiy yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalari uchun mo’ljallangan.


Tuzuvchi: katta o`qituvchi A.G`.Nurmatov

Taqrizchi
I.f.n. Q.Qunduzova


Uslubiy ishlanma “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining 2017 yil sentyabrdagi yig’ilishida ko’rib chiqildi va ma’qullandi.
Bayon №
«Soliqlar va soliqqa tortish» maxsus kursi bo’yicha mazkur ma’ruzalar matni Fargona politexnika instituti “Iqtisod va menejment” fakul`teti Kengashining 2017 yil “____”_________ kungi _____-sonli majlisida muhokama etildi va ma`qullandi.
Kengash raisi: dots. I.Yormatov
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida o’tish jarayoni yuz berayotgan, mulkchilikning turli shakllari va tadbirkorlik keng rivojlanayotgan hozirgi sharoitda milliy iqtisodiyotning o’ziga xos jixatlarini o’rganish katta a’amiyatga ega.
Hozirgi kunda xar bir jamiyat a’zosining oldida bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, uning O’zbekiston Respublikasida qanday amalga oshirilayotganligini, bu qonuniyatlarni ishlab chikarishga tadbiq etishni, pirovord natijada talab darajasida xizmat ko’rsatish va tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning sirlarini bilib olish kabi vazifalar turibdi.
Bozor iqtisodiyotining asl ma’nosi iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish tajribasidan voz kechib, o’z-o’zini boshqaradigan mexanizmni yaratishdir. Ana shu o’z-o’zini tartibga solib, yunaltirib, barkaror o’sish suratlarini taominlab turadigan yangi bozor mexanizmining markazida inson turadi, inson omili yotadi. Boshqacha kilib aytganda, shunday malakali kadrlar tayyorlanishi kerakki, u o’zida ‘ozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi yutuqlarini mujassamlashtirgan, paydo buladigan ziddiyatlarni bartaraf qila oladigan xususiyatlarni gavdalantirgan bulishi kerak. Ayni vaqtda kadrlar o’zida yuksak milliylik, o’z Vatani imkoniyatlaridan unumli foydalana bilish xislatlarini xam egallashlari darkor. 1997 yil avgust oyida Oliy Majlis tomonidan kabul kilingan «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»da O’zbekiston yoshlarini rakobatbardosh bilimli bulish, jaxon darajasiga erishish va davlat standarti asosida tayyorlash vazifasini qo’yilishining o’zi, iqtisodning barcha soxalarida yangi mutaxassislarni va iqtisoslashgan kadrlarni tayyorlash va kayta tayyorlashga karatilgandir. Bunday jaxon andozalariga mos keladigan va Respublikamiz milliy kadriyatlarini uzida mujassam eta oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash Oliy o’quv yurtlari zimmasiga yuklatiladi. Bu esa oliy o’quv yurtlari zimmasiga barcha umumiy, yunalishga oid fanlarni ilgor texnika – texnologiya bilan bir katorda zamonaviy moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy va boshkaruvga oid bilimlarni o’kitishni tubdan yaxshilash va takomillashtirish vazifasini ko’yadi.
«Soliq va soliqqa tortish» fanining oliy o’quv yurtlarida o’qitilishi bejiz emas. Har bir fuqaro o’z hayoti davomida muntazam ravishda davlat bilan o’zaro munosabatlarini amaldagi qonunlar doirasida o’rnatadi. Bir tomondan, uning ayrim daromadlari soliqlar asosida shakllantiriladigan davlat byudjeti hisobiga shakllansa (nafaqa, ish xaqi, stipendiya, moddiy yordam va boshqalar), ikkinchi tomondan, inson topgan daromadlari yuzasida, moli-mulki va shu kabilardan byudjetga soliqlarni to’laydi.
Prezidentimiz I.A. Karimov ko’rsatib o’tganlaridek: «Soliqlar – davlatning iqtisoiy tayanchi»dir. «Soliq va soliqqa tortish» fanini o’rganish bo’yicha Farьona politexnika institutida yetarli tajriba to’plangan bo’lib, yillar davomida ushbu predmet mustaqil fan sifatida studentlarga o’qitilib kelinmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida o’quv rejasida belgilangan fanni o’zlashtirishda ma’ruza mashg’ulotlarining nazariy-uslubiy asosini tashkil etish, talabalarga yangi bilimlarni muntazam yetkazib borish hamda ularning soliq munosabatlari sohasidagi nazariy bilimlarini oshirishda mazkur uslubiy ishlanma amaliy ahamiyatga ega.
1.MAVZU: KIRISH. SOLIQLARNING IQTISODIY MAZMUNI, TARIXIY SHAKLLANISHI ZARURIYATI VA AHAMIYATI.
Reja:
1.Soliq va soliqqa tortish fanining predmeti va o’rganish obyektlari.
2. Soliqlarning obyektiv zaruriyati va ahamiyati.
3. Soliq funktsiyalari, elementlari va soliqqa tortish tamoyillari.

Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Tarixan soliqlar davlatni saqlab turush uchun zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.


Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda davlatning bajaradigan qator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash maqsadida soliq to‘lovchilaridan davlat budjeti va davlatning maqsadli jamg’armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 12-moddasiga muofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagicha ta’rif berilgan:

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish