Soliqni hisoblab chiqarish va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 128-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining hisob-kitobi, agar boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Soliq to’lash tartibi
Hisobot davri mobaynida soliq to’lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini joriy to’lovlarni kiritish orqali to’laydilar, hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to’lovchilar joriy to’lovlarni to’lamaydi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha joriy to’lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to’lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha joriy to’lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay Soliq kodeksi 164-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yil choragi bo’yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasining uchdan bir qismi miqdorida to’lanadi.
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi hisobot davri uchun byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasiga nisbatan 10 foizdan ko’proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to’lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining haqiqiy summasidan kelib chiqib ‘enya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lash hisob-kitoblarni to’shirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to’lovlarni to’lamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |