Nazorat uchun savollar
Statistika fanining predmeti?
Ommaviy ijtimoiy hodisalar deganda nimani tushunasiz?
Fanning o’rganish usullari aytib bering?
Statistik belgi, to’plam va ko’rsatkichga ta’rif bering?
Statistik ko’rsatkich deganda nimani tushunasiz?
Analitik ko’rsatkichlar qanday ko’rsatkichlar hisoblanadi?
Atributiv belgi deganda qanday belgilarni tushunasiz?
Miqdoriy belgi qanday belgi sanaladi?
Statistik to’plam tarkibi doim bir xil bo’ladimi?
10. Sifat va miqdor deganda nimani tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.
Shodiev X., Xabibullaev I. Statistika.Darslik. –T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b.
Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b
Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.
Godin, A. M. Statistika : uchebnik dlya bakalavrov / A. M. Godin. - 12-e izd., ster. — Moskva : Izdatelьsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», 2020. - 410 s.
Shumak, O. A. Statistika: Uchebnoe posobie / O.A. Shumak, A.V. Gerasьkin. - M.: ITS RIOR: NITS Infra-M, 2019. - 311 s
2-ma’ruza. Statistik kuzatish USLUBIYOTI
Reja
Statistik kuzatish, uning mohiyati
Kuzatishning tashkiliy shakllari
Statistik kuzatish turlari, usullari
Kuzatishning tashkiliy masalalari
Tayanch iboralar: Statistik kuzatish, statistik hisobot, kuzatish dasturi, ob’ekti, hisob va kuzatish birligi, formulyar, instruktsiya, kuzatish joyi, vaqti, muddati, kritik fursat, joriy va yillik hisobot, boshlang’ich va yig’ma hisobot, uzluksiz kuzatish, uzlukli (fursatli) kuzatish, bir yula kuzatish, yoppasiga va qisman kuzatish, tasodifiy va muntazam xato, tashqi nazorat, mantiqiy va arifmetik nazorat.
Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o’z ichiga oladi: statistik kuzatish; kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash; kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish. Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash jarayoni “statistik kuzatish” deb ataladi.
Statistik kuzatishni amalga oshirayotganda bir qator shart-sharoitlarning hisobga olinishi talab qilinadi.
Statistik kuzatish dalillarni, faktlarni bir-biri bilan o’zaro bog’lanishda va bir butunlikda qayd qilishi lozim. Ma’lumotlar to’la-to’kis bo’lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan to’plamdagi birliklar makon ( mintaqa, hudud) chegarasida to’la hisobga olinish kerak.
Statistik kuzatishning to’laligi ma’lumotlarning vaqt bo’yicha qamrab olinishi bilan ham belgilanadi. Olinayotgan ma’lumotlar aniq, haqqoniy va ishonchli bo’lishi shart, aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo’la olmaydi.
O’rganilayotgan hodisa va voqealarni tavsiflovchi ma’lumotlar yagona dastur va metodologiya asosida to’planishi zarur. Kuzatish natijalari o’z vaqtida operativ boshqarish uchun qo’llanishi lozim, aks holda bunday ma’lumotlar ijtimoiy bilishning kuchli quroli bo’lolmaydi.
Kuzatish dasturning metodologik masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Har qanday kuzatishni o’tkazishdan oldin uning maqsadi va vazifalari aniqlab olinadi.
-
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
|
|
|
|
|
|
|
Kuza-tish organi
|
Kuzatish vaqti va muddati
|
Kuzatish joyi
|
Kadlarni tanlash va o’qitish
|
Kuzatish varaqalarini ko’paytirish va joylarga jo’natish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |