Keng ma’noda svodkalash deyilganda, to’plangan boshlang’ich ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bu holda svodkalash quyidagi bosqichlarni: 1) ma’lumotlarni guruhlash; 2) tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; 3) har bir guruh va guruhlar bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish; 4) guruhlash natijalarini statistik jadvalga joylashtirish va ularni grafiklarda tasvirlash kabi bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo’yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o’rganishga aytiladi.
Guruhlash o’rganilayotgan hodisaning xarakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi. Ana shu tomoni bilan u ilmiy svodkalashning asosiy unsuri bo’lib hisoblanadi.
Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi va oralig’i aniqlab olinadi.
Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda guruhlashning aynan qaysi belgi asosida amalga oshirilishi tushuniladi.
Ifodalanishiga qarab guruhlash belgilari atributiv va miqdoriy belgilarga bo’linadi. Atributiv belgi deyilganda, son bilan ifolanmaydigan, bir-biridan mazmunan va sifat jihatdan farq qiluvchi belgilar tushuniladi. Kishining kasbi, millati, mahsulot turi, ish haqi shakli bu belgiga misol bo’la oladi. Muqobil belgi - atributiv belgining bir ko’rinishi bo’lib, ikkita qarama-qarshi, bir-birini taqozo etmaydigan belgilardir. Masalan, ma’lumotli, ma’lumotsiz, tajribali, tajribasiz, ha, yo’q va hokazo. Miqdoriy belgi deb son (raqam) bilan ifodalanuvchi belgilarga aytiladi. Masalan, mahsulot hajmi, talabalar soni, stanoklar soni va hokazolar bevosita raqamlarda ifodalanadi.
Hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanish ularning omil va natijaviy belgilari bo’yicha guruhlarga ajratib o’rganiladi. Omil belgi natijaga ta’sir qiluvchi belgidir. Natijaviy belgi esa omil belgi ta’sirida o’zgarib turuvchi belgidir.
Hodisalarni miqdoriy belgilar bo’yicha guruhlashda dastlab guruhlash oralig’ini aniqlab olish zarur. Guruhlash oralig’i eng katta va eng kichik variantlar ayirmasining guruhlar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Oraliqlar teng va teng bo’lmagan, ochiq va ochiq bo’lmagan hamda maxsus ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bo’lgan oraliq tushuniladi. U quyichagicha hisoblanadi:
bu yerda: h – oraliq kattaligi;
xmax – belgining eng katta varianti;
xmin – belgining eng kichik varianti;
n – guruhlar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |