Ish jarayoni
II. NAQD PULLARNI QABUL QILISH VA TOPSHIRISH
HAMDA KASSA HUJJATLARINI
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
11. Toʻlov uchun pul biletlari va tangalarni qabul qilayotganda korxona kassirlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994-yil namunasidagi SOʻMning toʻlov alomatlarini belgilash qoidalariga amal qilishlari shart (1-ilova)
Tashkilotlar kassalari tomonidan naqd pullarni qabul qilish bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan kirim kassa orderlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Pul qabul qilinayotganda bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan, kassir muhri (shtampi) yoki kassa apparatining izi bilan tasdiqlangan kvitansiya beriladi.
12. Tashkilotlar kassasidan boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun naqd pul berilishi man etiladi.
13. Tashkilotlar kassasidan naqd pul berilishi chiqim kassa orderlari yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (toʻlov qaydnomalari, pul berish boʻyicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) boʻyicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari boʻlgan shtamp qoʻyilgan holda, amalga oshiriladi. Pul berishga doir hujjatlar tashkilot raіbari va bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, hisobvaraqlar va hokazolarda tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi boʻlgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida raіbarning imzosi boʻlishi shart emas.
Byudjet muassasalariga xizmat koʻrsatadigan markazlashtirilgan buxgalteriyalarda berilgan ish haqining umumiy summasiga bitta chiqim kassa orderi tuziladi, uning sanasi va raqami har bir toʻlov (hisob-kitob-toʻlov) qaydnomasiga qoʻyiladi.
Tayyorlov tashkilotlari qishloq xoʻjaligi maіsulotlarini topshiruvchilarga naqd pul berilishini ish kunining tugaganidan keyin, kun davomida tayyorlov kvitansiyalari boʻyicha berilgan barcha pullar summalariga umumiy chiqim kassa orderini tuzish orqali amalga oshirishlari mumkin. (OʻzR AV 31.07.2000-y. 565-3-son bilan roʻyxatga olingan 3-son Oʻzgartish va qoʻshimchalar tahriridagi xat boshi)
14. Chiqim kassa orderi yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat boʻyicha alohida shaxsga pul berish paytida kassir oluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjat koʻrsatishni talab etadi, іujjatning nomi va raєamini, kim tomonidan va єachon berilganini yozib oladi va oluvchidan tilxat oladi. Agar chiqim kassa orderi yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat pul olish uchun bir necha shaxs nomiga tuzilgan boʻlsa, oluvchilar ham ular shaxsini tasdiqlaydigan koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrsatadilar va toʻlov hujjatlarining tegishli ustuniga imzo chekadilar.
Tashkilotda pul berilishi mazkur tashkilot tomonidan berilgan guvohnoma boʻyicha, unda egasining surati va shaxsiy imzosi boʻlgan holda, amalga oshirilishi mumkin.
Pul olishga doir tilxat faqat siyoh yoki sharikli ruchka pastasida oʻz qoʻli bilan yozgan holda, olingan summani: soʻmni yozuv bilan, tiyinni raqam bilan koʻrsatib amalga oshirilishi mumkin. Qaydnoma boʻyicha pul olinayotganida summa yozuv bilan koʻrsatilmaydi.
15. Tashkilotning roʻyxat tarkibida boʻlmagan shaxslarga pul berilishi har bir shaxsga alohida yoziladigan chiqim kassa orderlari boʻyicha yoki tuzilgan shartnomalar asosida alohida qaydnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjalik va yuk ortish-tushirish ishlariga, shuningdek, tabiiy ofatlarni tugatish uchun jalb etiladigan shaxslarga pul berilishi qaydnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Qaydnomalar xodimlari koʻrsatilgan ishlarga yuborilgan har bir tashkilot boʻyicha alohida tuziladi va ishlar tashkilotchisi boʻlgan tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri imzosidan tashqari tegishli tashkilotning vakolat berilgan shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Kassir pulni faqat chiqim kassa orderida yoki ishonchnomada koʻrsatilgan shaxsga beradi. Agar pul berilishi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha amalga oshirilsa, order matnida pul oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismidan keyin buxgalteriya tomonidan pul olish ishonilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi. Agar pul qaydnoma boʻyicha berilsa, pul olishda tilxat oldiga kassir “Ishonchnoma boʻyicha” deb yozib qoʻyadi. Pulni ishonchnoma boʻyicha berish 14-bandda nazarda tutilgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Ishonchnoma kassirda qoladi va chiqim orderi yoki qaydnomaga tirkab qoʻyiladi.
16. Ish haqi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va mukofotlarni kassir toʻlov (hisob-kitob-toʻlov) qaydnomalari boʻyicha amalga oshiradi, bunda har bir pul oluvchiga chiqim kassa orderi tuzilmaydi.
Toʻlov (hisob-kitob-toʻlov) qaydnomasining titul varag’ida (sarvarag’ida) korxona rahbari va bosh buxgalterining yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzolari bilan pul berishga ruxsat berish toʻg’risida yozib qoʻyiladi, bunda pul berish muddatlari va summa yozuv bilan koʻrsatiladi.
Mehnat haqini toʻlash uchun pulni bir galgi berishlarda (taʼtilga chiqish, kasal boʻlish va hokazo holatlarda), shuningdek, deponentdagi summalarni va bir necha shaxsga xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlarga hisobot berish sharti bilan pul berilganda ham ularni shunday tartibda rasmiylashtirish mumkin.
Alohida shaxslarga meіnat haqini toʻlash uchun pul bir galgi berilganda, odatda, chiqim kassa orderlaridan foydalaniladi.
17. Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va mukofotlarni toʻlashning 8-bandida belgilangan muddatlari tugashi bilan kassir:
a) toʻlov qaydnomasida ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya yoki mukofotlar toʻlanmagan shaxslar familiyasi toʻg’risiga shtamp qoʻyishi yoki qoʻlda “Deponentlangan” deb belgi єoʻyishi;
b) deponentlangan summalar reyestrini tuzishi;
v) qaydnoma oxirida haqiqatda toʻlangan summa va ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaєalari, stipendiya, pensiya yoki mukofotlarni toʻlashning olinmagan, deponentlanishi kerak boʻlgan summasi toʻg’risida yozib qoʻyishi, ushbu summalarni toʻlov qaydnomasi boʻyicha umumiy yakun bilan solishtirishi va yozuvni oʻz imzosi bilan tasdiqlashi kerak. Agar pulni kassir emas, balki boshqa shaxs bergan boʻlsa, qaydnomaga qoʻshimcha ravishda “Pulni qaydnoma boʻyicha berdi (imzo)” deb yozib qoʻyiladi. Pulni kassir va tarqatuvchi bitta qaydnoma boʻyicha berishi man etiladi;
g) kassir kassa daftariga haqiqatda toʻlangan summani yozishi va qaydnomaga “ -son chiqim kassa orderi” shtampini qoʻyishi shart.
Buxgalteriya kassirlar tomonidan toʻlov qaydnomalariga qilingan belgilarni tekshiradi va ular boʻyicha berilgan іamda deponentlangan summalarni іisoblaydi.
Deponentlangan summalar bank muassasasiga topshiriladi va topshirilgan summalarga bitta umumiy chiqim kassa orderi tuziladi.
18. Kirim kassa orderlari va ularga doir kvitansiyalar, shuningdek, chiqim kassa orderlari va ular oʻrnini bosuvchi іujjatlar buxgalteriya tomonidan siyox yoki sharikli ruchka pastasida aniq va ravshan yozilishi yoxud yozuv hisoblash mashinkasida bajarilishi kerak. Ushbu hujjatlarda, hatto eslatib oʻtish bilan ham, hech qanday oʻchirib yozish, oʻchirish yoki tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kirim va chiqim kassa orderlarida ularni tuzish uchun asos koʻrsatiladi va ularga ilova qilinadigan hujjatlar sanaladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlarni pul topshiradigan yoki oladigan shaxslar qoʻliga berish man etiladi.
Kassa orderlari boʻyicha pul qabul qilish va topshirish faqat ular tuzilgan kunda amalga oshirilishi mumkin.
19. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlarni olganda kassir:
a) hujjatlarda korxona bosh buxgalteri imzosining, chiqim kassa orderida yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatda korxona rahbari yoxud u vakolat bergan shaxslar ijozat beruvchi imzosining mavjudligi va haqiqiyligini;
b) hujjatlar toʻg’ri rasmiylashtirilganini;
v) hujjatlarda sanalgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart.
Ana shu talablarning aqalli birortasiga rioya etilmagan taqdirda kassir tegishlicha rasmiylashtirish uchun hujjatlarni buxgalteriyaga qaytaradi.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar ular boʻyicha pul olinganidan yoki berilganidan soʻng darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) koʻrsatilgan holda “Toʻlangan” shtampi qoʻyiladi yoki soʻz bilan yozib qoʻyiladi.
20. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular oʻrnini bosuvchi hujjatlar kassaga topshirilganiga qadar buxgalteriya tomonidan kirim va chiqim kassa orderlarini roʻyxatga olish jurnalida qayd etiladi. Ish haqini berish toʻlov (hisob-kitob-toʻlov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin roʻyxatga olinadi.
Kirim va chiqim kassa hujjatlarini hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllagan holda roʻyxatga olish mumkin. Bunda tegishli kun uchun tuziladigan “Kirim va chiqim kassa orderlarini roʻyxatga olish jurnalining suqma varaјi” mashinogrammasida maqsadli vazifa boʻyicha pul mablag’larining harakatini hisobga olish uchun maʼlumotlarni shakllantirish ham taʼminlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |