beshinchidan, mamlakat sanoatini rivojlantirishning fundamental drayvyerlari hisoblangan sohalarda mehnat unumdorligini oshirish, sohaning raqobatbardoshligini kuchaytirish bo‘yicha aniq mexanizm va dastaklarga asoslangan yagona industrial siyosat va strategiya ishlab chiqilmagan, shuningdek, mazkur jarayonda texnik reglamentlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash va samarali foydalanish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
Samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) etib qayta tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritish sohasida:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish, iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholash indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish;
inson kapitalini rivojlantirish va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo‘nalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qo‘llab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlar va islohotlarning mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining o‘sishiga, ish o‘rinlari yaratilishiga ta’sirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
b) kambag‘allikni qisqartirish borasida:
iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish;
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste’mol savatini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida o‘zaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
v) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklarini” inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni o‘z muddatida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini ko‘rish;
hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish, ularni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
g) mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
mamlakatda kichik va o‘rta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik va o‘rta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarni hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental to‘siq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kichik va o‘rta biznes subyektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, kreditlashning mavjud mexanizmlari va qo‘llab-quvvatlash vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalish va loyihalarni amalga oshirish;
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish;
d) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish — yagona industrial siyosatni yuritish borasida:
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan bozor mexanizmlari asosida uzluksiz ta’minlashga qaratilgan strategiya va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korxonalarni isloh qilish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasini monitoring qilib borishda xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan asosiy indikatorlarni aniqlash, “yashil iqtisodiyot” hamda energiyasamaradorlikning asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy etish va monitoring qilish uslubiyatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, hajmlari, ichki bozor talabining qondirilish darajasi bo‘yicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narxlarining o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha tahlillar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish;
e) davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida:
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish maqsadlaridan kelib chiqib hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri nuqtai nazaridan samaradorligi past bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish orqali yaxlit davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, xususan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning erkin va raqobatbardosh bozorini shakllantirish bilan bog‘liq tarkibiy islohotlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korxonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qo‘llanilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
j) davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida:
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish uchun ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratishga qaratilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish, ish joylarini tashkil etish va hududlarni barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi infratuzilmaning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Davlat investitsiya dasturini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Davlat investitsiya dasturining asosiy yo‘nalishi va loyihalari bo‘yicha tegishli ichki va tashqi manbalarni shakllantirish uchun buyurtmalarni berish;
Davlat investitsiya dasturini makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda bu borada shakllantirilgan xulosalardan kelib chiqib, investitsiya yo‘nalishlarini belgilash;
davlat investitsiya siyosatining umumiy investitsiyaviy faollikka, shu jumladan xususiy va xorijiy to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimiga ta’sirini tahlil qilish, prognozlash hamda bu borada tegishli takliflarni shakllantirish.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, davlatning iqtisodiyotga aralashishi anchagina iqtisodiyotga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Biroq davlat iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, o‘zining richaklari orqali aralashishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Rivojlangan mamlakatlardagi davlatning juda muhim vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy-moliyaviy inqirozlarning oldini olish, ulardan chiqish va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish boʻyicha choratadbirlar koʻrishdir. Davlat boshqa mamlakatlar xoʻjaliklari bilan iqtisodiy, savdo va toʻlov balanslarini nazorat qiladi, ularni muvofiqlashtirishga va faollashtirishga harakat qiladi. Bularning hammasi milliy iqtisodiyotning barqarorligi, rivojlanishiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi davlatlarning tobora koʻproq inson va butun xalq manfaatdorlgini koʻzlaydigan hamda aholining mutlaq koʻpchiligi koʻllab-quvvatlaydigan davlatlarga aylana borishi, kelajakda bu mamlakatlardagi jamiyatlarning, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning umum-demokratik ijtimoiy jamiyatga aylanishi kuzatilmoqda.
Hozirgi davrda oʻzini sotsialistik hisoblab kelayotgan mamlakatlar — Xitoy Xalq Respublikasi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Kuba Respublikasida iqtisodiyot asosan umumlashgan mulkchilikka, markazdan boshqarishga va rejalashtirishga asoslangan iqtisodiyot boʻlib qolmoqda. Biroq ularning baʼzilari (Xitoy, Vyetnam)da jiddiy iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda, bozor iqtisodiyotini ham shakllantirish siyosati oʻtkazilmoqda; mamlakat iqtisodiyotida, ayniqsa, erkin iqtisodiy zonalarda, davlat nazoratida xususiy va xorijiy kapital faoliyatiga, kapital, yollanma mehnat munosabatlariga erkinlik berilmoqda. Natijada ularda Davlat kapitalizmi.ning koʻlami va iqtisodiy hayotga taʼsiri oʻsmoqda.
Bozor iqtisodga oʻtayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarga xorijiy tovarlar va kapitallar juda erkin, tez kirib kelmoqda, baʼzi tarmoqlarda vabozorlarda katta hukmron mavqelarga ega boʻlmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Do'stlaringiz bilan baham: |