Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 1,28 Mb.
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,28 Mb.
#268574
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Milliy mehnat bozorini rivojlanishi va uning asosiy ko‘rsatkichlarini prognozlash

3.2 Jadval.Mehnat resurslari balansi

T/r

Ko’rsatkichlar

ming kishi




I. Mehnat resurslarining shakllanish manbalari




1

Mehnat resurslari – jami







shu jumladan:




2

mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi




3

iqtisodiyotda band bo’lgan katta yoshdagi shaxslar va o’smirlar







II.Mehnat resurslarining taqsimlanishi




4

II.1. Iqtisodiy faol aholi




5

II.1.1. Jami ish bilan ta’minlanganlar







shu jumladan:




6

a) rasmiy sektorda




7

b) norasmiy sektorlarda




8

II.1.2. Ishga joylashishga muxtoj ish bilan ta’minlanmagan shaxslar ulardan:







  • rasmiy ro’yxatga olingan ishsizla







  • mehnat organlarida ish qidirayotgan sifatida ro’yxatga olinganlar







  • ishsizlar sifatida ro’yxatga olinmasdan mustaqil ravishda ish qidirayotganlar







II.2. Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi




9

shu jumladan:







  • ishlab chiqarishdan ajragan holda ta’lim olayotgan shaxslar







  • yoshi bo’yicha imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan shaxslar, nogironlar







  • ko’p bolali onalar, bolasi 3 yoshga to’lgunga qadar parvarish qilib ishlamayotgan ayollar







  • ixtiyoriy ravishda ishlamayotgan va ishlashni xoxlamaydigan boshqa shaxslar, shu jumladan uy bekalari





  1. YAGONA MILLIY MEHNAT TIZIMI” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlarining shaffofligi va optimallashuvini ta’minlash, faol tadbirkorlikni rag‘batlantirish, shuningdek, investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan davlat xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot yutuqlarining imkoniyatlari to‘la ro‘yobga chiqarilmayotgan qator sohalar saqlanib qolmoqda. Xususan, ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari yetarli darajada faol qo‘llanilmayapti. Hozirga qadar tashkilotlarda kadrlar bo‘yicha ish yuritish asosan qog‘oz shaklida amalga oshirilmoqda, bu esa xodimning, ayniqsa, pensiya ta’minoti huquqlarini rasmiylashtirishda mehnat staji aniq hisoblanishini murakkablashtiradi, shuningdek, aholi bandligi haqidagi ma’lumotlarning noto‘g‘ri ko‘rsatilishiga sharoit yaratadi va ma’muriy boshqaruv xarajatlarini ko‘paytiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish va ularning mehnat stajini hisoblash mexanizmini takomillashtirish, ijtimoiy-mehnat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 1-yanvardan quyidagilarni ta’minlovchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (keyingi o‘rinlarda — “YaMMT” IDAK) joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:

ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni tugatish tartib-taomillarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish;

ish beruvchilarning tuzilmasi (shtatlar jadvali), shu jumladan mavjud va yaratiladigan ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq to‘lash shartlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

xodimning mehnat stajini hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlariga hisoblangan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘lovlar haqidagi axborotga asoslangan elektron mehnat daftarchasida jismoniy shaxslarning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish;

aholi bandligini ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori ko‘rsatkichlari holati va dinamikasi to‘g‘risidagi axborotlardan iborat ma’lumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etish;

xodimlar hamda ishchilarning son va sifat tarkibi, vakansiyalar, shuningdek, ishga joylashish uchun nomzodlarga ish beruvchilar tomonidan qo‘yiladigan malakaviy va boshqa talablar to‘g‘risida avtomatik tarzda to‘planadigan xolis, shaffof va dolzarb ma’lumotlarni shakllantirish;

manfaatdor tashkilotlarga ular o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishi uchun “YaMMT” IDAKdan zaruriy ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etish;

mehnat resurslarining, xususan, mehnat resurslari toifalari, ishga layoqatli, iqtisodiy faol va nofaol aholi qatlamlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari asosida pensiya yoshidagi ishlayotgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida har kuni yangilanadigan balansini shakllantirish;

mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasi, ishga joylashtirish dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek, ish o‘rinlarining attestatsiyasi, Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga tegishli ma’lumotlarning (axborotlarning) to‘liq kiritilishini ekspertizadan o‘tkazish natijalarini monitoring qilish;

xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketadigan fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish, tashkiliy tartibdagi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi kelishuvga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe tomonidan xorijda ishga joylashtirilgan fuqarolar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, ishga joylashtirilayotgan mamlakatda bo‘lish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va yashash-turmush ta’minoti, chet ellik ish beruvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarining huquqiy jihatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida onlayn tartibda ma’lumotlar taqdim etish imkoniyati;

mehnat bozorining, hududlar, jins va yosh omillari, sohalar va mutaxassisliklar kesimida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning rivojlanish tendensiyalari prognozini shakllantirish;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan axborot resurslari bilan integratsiyalash;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga mehnat va aholi bandligi sohalarida davlat boshqaruvi bo‘yicha yuklatilgan funksiyalarni to‘la hajmda va tezkorlik bilan amalga oshirish.



YaMMT” IDAK uchun real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron aloqa vositasida amalga oshiriladigan almashuv ma’lumotlari*


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish