Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va sifat siyosati.
2.
Sifat kategoriyasining mohiyati va ahamiyati.
3.
Mahsulot sifati kо‘rsatkichlari.
4.
Sifat, baho va baholash.
5.
Mahsulot sifatini boshqarish.
6.
Standartlashtirish va standartlar.
7.
Sertifikatsiyalash va sertifikatlar.
8.
Sifat va xorijiy tajribalar.
9.
Mustaqillik yillarida mahsulot sifatini va uning raqobatbardoshligini
oshirish borasidagi yutuqlar va istiqboldagi vazifalar.
14- MAVZU: Sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash.
REJA:
1. Baho – bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi sifatida.
2. Baho va baholashning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati.
3. Davlatning baho siyosati, uning ahamiyati va zarurati.
4. Bahoning funktsiyalari, turlari va strukturasi.
5. Baholashni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari.
Uslubiy ko’rsatmalar
Baho bozor kategoriyasi bо‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash
iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi.
Baho siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining
muhim
ajralmas
qismidir.
Shu
sababli
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni
jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda
baho belgilash siyosati alohida о‘rin egallaydi. Bahoni xо‘jalik mexanizmi va
о‘zini о‘zi pul bilan ta’minlashning kо‘tarib turuvchi ustuni deyish mumkin.
Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning,
ya’ni bahoning tо‘g‘ri belgilanishiga bog‘liqdir.
Baho bamisoli barometr kabi bozor holatini kо‘rsatib turadi, u pasayib ketsa,
tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bо‘lib, uni boshqa tovar bilan
almashtirish yoki uning sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qо‘yiladi.
Baho pul muomalasi holatiga, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning
moliyaviy sog‘lomligi bilan bog‘liq. Davlatning, korxona (firma) lar va ularda
ishlovchilarning, umuman aholining о‘zaro rejali bog‘lanishi baho yordamida
amalga oshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki
mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshiriladi. Bahoni tovar qiymati
belgilaydi, ammo bozor iqtisodi sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam
bо‘lishi mumkin, bu esa bozordagi о‘sha mahsulotga bо‘lgan talab va taklifga
bog‘liq bо‘ladi. Tovar bahosining darajasi, Shuningdek, tovarning ijtimoiy
foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar о‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning
harid quvvatiga ham boqlig‘ bо‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida
korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima
ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etadi. Baho tovar taklifi, aholining tо‘lov
qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi tо‘g‘risida
korxona egalariga axborot beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi
qiymat о‘lchovidir, bunda qilingan harajatlar va olingan natija ma’lum bir narx
yordamida hisob-kitob qilinadi.
Xо‘jalik yuritish amaliyotida esa baho muhim iqtisodiy vosita, dastak deb
qaraladi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab
chiqarishdagi mehnat sarflanishi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi.
Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi. Ularning
majmuasi qiymatdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni
yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i ehtiyojni qondira olgani
sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar
u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qismi qiymatni yaratishda ishtirok
etmaydi.Muayyan baho sharoitida kо‘proq foyda olish uchun harajatlarni
kamaytirish zarur.
Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga о‘z vazifalari orqali ta’sir
etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan haridor о‘rtasidagi iqtisodiy munosabat
bо‘lganidan narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Haridor
deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar – fuqarolar, ishlab chiqarishni
yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Baholarning
shakllanishida tovarni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molga yetgungacha bо‘lgan
mehnat sarflari ishtirok etadi. Jamiki harajatlar baho tarkibiga kiradi.
Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha:
1. Iqtisodiy harajat darajasi;
2. Tovarlarning naflilik darajasi;
3. Tovarga bо‘lgan talab va uning taklifi;
4. Raqobat shakllari va usullari;
5. Tovarni iste’mol qilish vaqti.
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat,
oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning о‘rni bozor narxlarini belgilovchi muhim
omillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar
taklif qilinishi sababli baho ustidan tо‘liq nazorat amalga oshiriladi.
Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi
hukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklangani bо‘lib, tо‘qnash keladi. О‘rnini
bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning baho belgilashdagi mutlaq
imkoniyatini cheklaydi.
Bozor
iqtisodiyotiga
о‘tish
jarayonida
bahoning
roli
va
ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir.
Bu iqtisodiyot Yer yuzidagi kо‘pgina davlatlarda turli darajada va о‘ziga xos
xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan
mamlakatlar iqtisodiyotida kо‘rish mumkin. Uning ana shunday belgilaridan biri,
narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini
davlat yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, haridor bilan
sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor
munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan о‘lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz
bо‘lishi mumkin emas. Pul esa iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bо‘lib,
iqtisodiyotda о‘ta muhim rol о‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining
ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya,
valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning kо‘zgusi hisoblanadi. Bozor
iqtisodiyotida tovar taqchilligi bо‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi
emas, balki iste’molchi (haridor) о‘z izmini о‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati
va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Kо‘rib chiqqanimizdek,
bozor iqtisodiyotiga о‘tish jarayonida narxning roli va ahamiyati juda katta.
Nazariy jihatdan olib qaralganda, baho - tovar qiymatining puldagi
ifodasidir. Amaliy jihatdan qaralganda esa, baho – muhim iqtisodiy vosita, dastak
hisoblanadi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab
chiqarishning о‘zidagi mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi.
Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning
majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat
tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i ehtiyojni qondira
olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini,
agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok
etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bahoning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari yaqqol kо‘rsatib beradi.
Baho nimaga tegishli bо‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli
narxini, buning farqi yо‘q) besh asosiy funksiyani bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |