"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/57
Sana15.12.2022
Hajmi1,6 Mb.
#886599
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
Industrial iqt uslubiy yangi

 
 
 
 
11-mavzu: O‘zbekiston sanoatining xomashyo manbai va uni joylashtirish 
 
Reja: 
11.1. 
Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi 
11.2. 
Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai 
11.3. 
Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi. 
 
Uslubiy ko’rsatmalar 
Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashuvchi elementlardan biri xom ashyodir, chunki xom ashyosiz hech qanday 
mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. 
Xom ashyo
deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada 
mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o‘zgargan mehnat buyumiga 
aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarim 
fabrikat hosil qiladi. Natijada xom ashyoning to‘la qiymati tovar shaklini olgan 
yalpi mahsulotga o‘tadi.
Xom ashyo asosiy va yordamchi materiallarga bo‘linadi. 
Asosiy xom ashyo - tayyor mahsulotning moddiy asosini tashkil qiluvchi 
mehnat buyumidir. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi yoki asosiy xom ashyoni 
qayta ishlashga zarur sharoit yaratib beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari 
yordamchi materiallar deb ataladi. 
Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda qatnashishiga 
qarab ular ham xom ashyo (asosiy xom ashyo), ham yordamchi material bo‘lishi 
mumkin. Masalan, neft yoqilg‘i sifatida yordamchi material bo‘lsa, benzin yoki 
kerosin ishlab chiqarishda esa xom ashyodir. 


Har bir xom ashyo mehnat buyumidir, lekin har bir mehnat buyumi xom 
ashyo emas. Mehnat buyumi mehnat vositasi bilan ma’lum darajada o‘zgargandan 
keyingina xom ashyoga aylanadi. Er ostidagi foydali qazilmalar, yovvoyi 
hayvonlar, daraxtlar va hokazolar xom ashyo bo‘lmay, balki potentsial tabiiy 
boyliklardir. 
Mehnat vositasi yordamida ovlangan hayvonlar, qazib olingan ma’danlar, 
kesilgan daraxtlar va boshqalar xom ashyo hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta ishlangan 
bo‘lsa-yu, lekin tayyor mahsulot sifatida iste’mol qilina olmasa, u chala mahsulot, 
ya’ni yarimfabrikat deb ataladi. 
Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farq qilmoq kerak. Xom ashyo 
resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar konlari, o‘rmon maydonlari, uy 
hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab 
chiqarish uchun mehnat sarflangandagina xom ashyoga aylanishi mumkin. 
Material ko‘p sarflanadigan tarmoqlarda xom ashyo va materiallardan oqilona 
foydalanish mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy manbaidir. Mashina va 
uskunalarning unumli ishlashi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun vaqtning 
sarflanish darajasi xom ashyo sifati va uning turiga bog‘liq.
Xom ashyolar xilma-xil bo‘lib, ular quyidagi turlarga bo‘linadilar: 
-sanoat xom ashyosi; 
-qishloq xo‘jaligi xom ashyosi. 
Sanoat xom ashyosi turli belgilariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: 
- kelib chiqishiga ko‘ra - tabiiy va sun’iy; 
- agregat holatiga ko‘ra - qattiq, suyuq hamda gazsimon; 
- kimyoviy tarkibiga ko‘ra - organik va anorganik; 
- ishlatilishiga ko‘ra - ozuqabop va texnik. 
Qishloq xo‘jaligi xom ashyosi ikki turga - o‘simliklardan olinadigan xom 
ashyolar va hayvonlardan olinadigan xom ashyolarga bo‘linadi. 
Er ostidan qazib olinadigan mine
ral 
birikmalar mineral xom ashyolar 
deyiladi. Ular uch turga bo‘linadi: a) rudali; b) rudasiz; v) yonuvchi mineral xom 
ashyolar. Bu minerallarning ko‘pi qattiq holda bo‘ladi. Suyuq mineral boyliklarga 
faqat neft hamda tuz eritmalari, gaz holdagisiga esa tabiiy gaz kiradi. 
Rudali mineral xom ashyolar foydali jinslar bo‘lib, metallar olish uchun 
asosiy manbadir. 
Rudasiz mineral xom ashyolar ham tog‘ jinslaridir. Ular metall olish uchun 
ishlatilmaydi. Bunday mineral xom ashyolar kimyoviy qayta
 
ishlanmasdan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri real sektor tarmoqlarida yoki metalsiz ishlab chiqarishda xom 
ashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
-qurilish materiallari - to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki fizik-kimyoviy q
ayta 
ishlangandan so‘ng qurilish ishlarida ishlatiladigan mineral xom ashyo; 
-industriya xom ashyolari - kimyoviy qayta ishlanmasdan sanoatning turli 
tarmoqlarida ishlatiladigan xom ashyo; 
-kimyoviy mineral xom ashyolar - kimyoviy qayta ishlash uchun 
ishlatiladigan minerallar; 


-qimmatbaho va rudasiz minerallar - tabiiy holda yoki mexanik qayta 
ishlangandan so‘ng bezak uchun ishlatiladigan minerallar. 
Yonuvchi mineral xom ashyolar yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan foydali 
qazilma boyliklardir. Bularga toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, torf, yonuvchi 
slanetslar, neft hamda tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. Yonuvchi gazlar, neft va 
ko‘mir eng arzon hamda foydalanish uchun qulay yoqilg‘igina bo‘lmay, balki 
kimyo sanoatida qimmatbaho xom ashyo hamdir. 
O‘simlik va hayvonot xom ashyolariga yog‘och, zig‘ir, kanop, yog‘lar, 
o‘simlik moylari, hayvonot terilari va shunga o‘xshashlar kiradi. Bular xalq 
xo‘jagigida ishlatilishiga ko‘ra, ozuqabop va texnik xom ashyolarga bo‘linadi. 
Ozuqabop xom ashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar - o‘rmonchilik, 
baliqchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kiradi. 
O‘simlik va hayvonlardan olinadigan texnik xom ashyolarga yuqorida 
ko‘rsatilgan real sektor tarmoqlari tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan 
mahsulotlari kiradi. Ularni mexanik va kimyoviy qayta ishlab, ulardan turmushda 
va sanoat ishlab chiqarishida ishlatiladigan xom ashyolar olinadi. 
Bunday xom ashyo turlarini kimyoviy qayta ishlab, turli mahsulotlar olish 
mumkin. Manbalari ko‘pligi, amaliy jihat
dan 
bitmas-tuganmas zahiraga egaligi 
ular asosida ko‘pgina yangi kimyoviy korxonalar tashkil etishga imkon beradi. 
Umuman, ilm-fan, texnika va texnologiyaning nihoyatda tezlik bilan ri-
vojlanishi yangidan-yangi materiallarni, shuningdek, yangi xom ashyo materiallarini 
qidirib topish masalasini dolzarblashtirmoqda.
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari muhim texnika-
xo‘jalik mahsulotlarini noozuqabop xom ashyolardan olishga imkon beradi. 
Bunday xom ashyolar sifatida tosh-ko‘mir, torf, slanets, neft, tabiiy gaz, yog‘och, 
o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda. Masalan, 
sovun yuvuvchi mahsulotlar, izolyatorlar ishlab chiqarishda, to‘qimachilik 
sanoatida, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda, charm sanoatida, korroziyaga 
qarshi kurashishda, betonlarni suv o‘tkazmaydigan qilishda, metallarni silliqlashda, 
qirqishda sovutgichlar sifatida har yili bir necha ming tonnalab qimmatbaho 
ozuqabop moylar ishlatiladi. 
Sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida keng miqyosda ishlatiladigan etil spirti 
ishlab chiqarish uchun ham juda ko‘p miqdorda yuqori sifatli don va kartoshka 
ishlatiladi. Un, kraxmal, sut kabi mahsulotlardan texnik maqsadlar uchun 
foydalaniladi. Masalan, kazein-oqsil modda sutda bo‘ladi, kazein elim ishlab 
chiqarishda, qog‘oz va charm sanoatida bo‘yoqchilikda hamda muqovalar qilishda 
asosiy mahsulot sifatida ishlatiladi. Bu maqsadda kazein ishlab chiqarish uchun har 
yili bir necha yuz ming tonna yog‘sizlangan sut sarflanadi. 
Kraxmal to‘qimachilik sanoatida, rezina va kimyo sanoatida, gugurt 
sanoatida, elektrodlar olishda keng qo‘llaniladi. Hozir sanoatda kraxmal 
poliakrilamid hamda sellyulozaning suvda eruvchan efirlari - karboksilmetil 
sellyuloza (KMK) bilan muvafaqqiyatli almashtirilgan. SHu bilan birga KMK ko‘p 
miqdorda kraxmal o‘rnida to‘qimachilik, qog‘oz va gugurt sanoatlarida esa 
ozuqabop un o‘rnida ishlatilmoqda. 


Hozir etilendan va yog‘ochdan olinayotgan sintetik etil spirt tarkibi va sifati 
jihatidan ozuqabop xom ashyolardan olinadigan etil spirtdan farq qilmaydi va 
ancha arzon hisoblanadi. SHuning uchun real sektor tarmoqlarining ko‘p 
tarmoqlarida bunday etil spirt ko‘p ishlatilmoqda. SHuningdek, gaz va neftni qayta 
ishlash mahsulotlaridan sirka kislota, glitserin va yog‘lar ishlab chiqarilmoqda. 
Mahsulotlarni bu yo‘l bilan ishlab chiqarishda ko‘p miqdorda ozuqabop xom 
ashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi 
birmuncha arzonlashadi. 
Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar qo‘yadi. Ular o‘ziga 
xos qator afzalliklarga ega: uzoq vaqt o‘ta yuqori va o‘ta past haroratga, yuqori 
bosim va juda katta elektr kuchlanishlariga chidamli. Sun’iy materiallar ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlar, shu jumladan sanoatni rivojlantirish va sanoat xom ashyo 
bazasini kengaytirishning asosiy vositalaridan biridir. 
Sanoatni rivojlantirishda plastmassalar, sintetik kauchuk, sun’iy va sintetik 
tolalar, sun’iy charmlar va charm o‘rnini bosuvchi materiallar, sintetik yuvish 
vositalari va ozuqa xom ashyosi o‘rnini bosuvchi sun’iy materiallar muhim rol 
o‘ynamoqda. 
Plastmassalar - keng nomenklaturaga ega bo‘lgan sun’iy polimer 
mahsulotlardir. Ular sifat jihatidan tabiiy materiallar bilan tenglashibgina qolmay, 
balki ko‘p hollarda ulardan ustunlik ham qiladi: o‘ta mustahkamlik, elektr 
o‘tkazmaslik, yengillik, qattiqlik, egiluvchanlik, tiniqlik, korroziyaga, kislotaga, 
issiqlikka chidamlilik, kam ediruvchanlik kabi sifatlarga ega va mexaniq 
ishlashning turli usullariga yengil moslashadi. 
Mamlakatimiz plastmassalar ishlab chiqarish uchun keng xom ashyo 
resurslariga ega, chunki plastmassalar uchun tabiiy va neft gazi, neftni qayta 
ishlash va koksokimyo sanoati chiqindilari, yog‘ochni kimyoviy ishlash 
mahsulotlari, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligining turli xid 
chiqindilari xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. 
Sun’iy va sintetik tolalar sanoatning xom ashyo bazasini kengaytirish bilan 
birga, turli texnik va kiyim-kechak gazlamalari, elektr izolyasiya materiallari, 
kabellar va kanatlar, baliq tutish to‘rlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda 
keng qo‘llaniladi. 
Iqtisodiyotda charm o‘rnini bosuvchi sun’iy materiallar katta ahamiyatga ega. 
Poyabzal sanoatining o‘sish sur’atlarini amalga oshirish uchun tabiiy charm 
resurslari yetarli bo‘lmagan sharoitda bu juda ham muhim. Sun’iy charm va charm 
o‘rnini bosuvchi materiallardan poyabzalning ayrim bo‘laklarini ishlab chiqarish 
mumkin. 
Mineral xom ashyo - konlardan qazib chiqariluvchi turli foydali qazilmalardir. 
O‘zbekistonning er qa’ri foydali qazilma turlariga juda boy. Hozirgacha 
saqlangan ko‘xna konlar va ularning qoldiqlari O‘zbekison hududida konchilik 
qadimdan rivojlanganidan dalolat beradi
3


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish