«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi 2019-2021-yillar uchun16



Download 0,67 Mb.
bet11/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#813930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5248957666486652701 (2)

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi 2019-2021-yillar uchun16
Iqtisodiyotning barqaror o`sishini rag`batlantirish, budjet tizimining mutanosibligini ta’minlash, budjet yo`nalishidagi davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish orqali budjet mablag`larini sarflash samaradorligini oshirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishga, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bilan bir vaqtning o`zida aholining daromadlari, jamg`armalari va xarid quvvatini o`stirishga qaratilgan yo`lni davom ettirish, shuningdek, boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish soliqlar va byudjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o’stirishni rag’batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazayotgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini hisobga olish zarur bo’ladi. 2019-yil bo’yicha pul-kredit siyosati natijalari “Pul-kredit siyosatining 2019-yil va 2020-2021-yillar davriga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari”da ko’rsatib o’tilgan O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy ssenariysiga ko’ra, 2019-yil uchun inflatsiya prognoz ko’rsatkichi 13.5-15.5 % darajasida belgilangan edi. 2019-yilda un va non mahsulotlari narxlarining oshishi yillik inflatsiya o’sishiga ma’lum darajada bosim o’tkazdi.
Tartibga solinadigan narxlar o’rtacha 21.6 % ga, xususan, non – 40% ga, gaz – 18.8 % ga va benzin – 17.6 % ga o’sdi.
Ob-havo sharoitlari meva-sabzavotlar narxlarida o’z aksini topdi. Xususan, mevalar narxi – 21.4 % ga, kartoshka – 11.7 % ga va guruch – 5.8 % ga qimmatlashdi.
Bundan tashqari, joylarda ozuqa-yem zaxiralarining yetishmovchiligi masalasi ham go’sht mahsulotlarining narxiga ta’sir etdi va ularning narxi 23.4 % ga oshdi.
Shu bilan birga xizmat ko’rsatish sohasidagi narxlar o’sishida tezlashish kuzatildi, bunda yo’lovchi transporti xizmati – 13 % ga, ta’lim xizmatlari – 22 % ga qimmatlashdi.
Inflatsiyaning prognoz darajasiga erishish maqsadi, iqtisodiyotga kredit qo’yilmalari o’sish sur’atlarini 20-25 % atrofida, ya’ni nominal YaIM o’sishining prognoz qilinayotgan darajasida ta’minlanishini talab etadi.
Shuningdek, budjet-soliq siyosati sohasida umumiy fiskal balans defitsiti qisqarishi nazarda tutilgan. Xususan, umumiy fiskal balans defitsitining 2019-yildagi YaIMga nisbatan 4 % dan 2020-yilda 2.7 % ga qisqarishi, 2022-yilda 1.5 % gacha bosqichma-bosqich pasayib borishi va kelgusi yillarda ushbu darajada ushlab turilishi ko’zda tutilgan17.
Xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o’sish sur’atlarini belgilangan prognoz parametrlarida ushlab turishga xizmat qiladi.
Markaziy bank montar siyosatning 2019-2021-yillar davriga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlarini tasdiqladi. Yig’ilishda o’rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflatsiya darajasini pasaytirish va inflyatsion targetlash rejimiga o’tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi. Pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari dasturiy hujjat hisoblanib, u joriy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy vaziyat tahlili, shuningdek tashqi va ichki sharoitlarning rivojlanish prognozlari asosida ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat o’z ichiga o’rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kutilayotgan natijalar, makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylari hamda o’rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish choralarini qamrab olgan. Ta’kidlanishicha, avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yilda asosiy yo’nalishlar kelgusi 3 yillik davr uchun ishlab chiqilgan. Asosiy ssenariyga ko’ra kelgusi yillarda iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining davom etishi va tashqi sharoitning sezilarli darajada o’zgarmasligi hamda soliq sohasida va tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich kutilga natijalarga erishilib borilishi nazarda tutilgan. Muqobil (xatarli) ssenariyda esa, tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi va amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlarning sekinlashuvi taxmin qilingan. Iqtisodiyot rivojlanishining asosiy ssenariysiga asosan YaIM o’sish sur’ati 2018-yil yakuniga ko’ra 5.2 %, 2019-yilda esa 5.4% bo’lishi prognoz qilindi. O’tgan va joriy yillarda investitsion faollikning oshishi hamda iqtisodiyotning real sektorida olib borilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini yanada tezlashishi kuzatildi. Shuningdek, asosiy ssenariyda soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi, “budjet qoidasi”ning amaliyotga joriy etilishi, fiskal va monetar siyosatlarning muvofiqligini takomillashtirilishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmining o’sish sur’atlarining maqbullashtirilishi ko’zda tutilgan edi. Muqobil ssenariyda esa tashqi va ichki sharoitlarning yomonlashuvi hamda tarkibiy islohotlarning kutilgan natija bermasligi hisobiga 2019-yilda inflyatsiya darajasining 17-18 % gacha o’sishi kutilgan edi18.
Xulosa
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, budjet-soliq siyosati mamlakat rivoji va kelajagi uchun muhim yo’nalishdir. Budjet daromadlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va nazorat olib borish davlat oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. Budjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi. Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining yagona stavkasi – 12 % miqdorida joriy etilishi, undan 0.1 % ini shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya xisobvaraqalariga yo’naltirilishi aholimiz uchun yangilik bo’ldi.
2020-yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozi 12—13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu haqda Markaziy bank axborotida aytiladi
2019-yil yakunlariga ko‘ra, inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasida shakllanib, 15,2 foizni tashkil etdi.
Ayni paytda 2019-yil davomida inflyatsiya dinamikasi turli yo‘nalishli xususiyat kasb etdi. Xususan, yilning birinchi yarmida yillik inflyatsiya darajasi 13—13,5 foizgacha pasayib, mazkur ko‘rsatkichda ma’lum muddat saqlanib turgandan so‘ng yilning ikkinchi yarmida inflyatsiya dinamikasi o‘suvchi trendga ega bo‘ldi19.
2018-yil 22-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorga imzo chekdi. Mazkur qonunga muvofiq, budjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqadida budjet mablag’larini shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o’rnatishning yangi tartibi belgilangan. Ushbu tizimga ko’ra, 2020-yildan boshlab davlat budjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Albatta, ushbu ishlar ham ijobiy natija beradi, chunki aholi orasidan vakillarning budjet mablag’larini shakllanishi va sarflanishini nazorat qilishlari mablag’lar qanday ishlarga sarflanayotgani va qanday yo’llar bilan shakllanayotgani haqida bilib olishlari mumkinligini ko’rsatib beradi. Bu ishlarni olib borilishidan asosiy maqsad mamlakatimizni kelajakda o’z o’rniga ega bo’lgan, har tomonlama rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shishdir20.
Men ushbu kurs ishini bajarish davomida budjet-soliq siyosati mamlakatning bugungi kuni va kelajagi uchun qanchalik zarur organ ekanligini, soliqlarni iqtisodiyotda tutgan o’rni va budjet daromadlarini shakllantirishdagi ro’lini qanchalik muhimligini bilib oldim. Shu bilan birga, davlat budjeti mablag’lari qanday sohalarga sarflanishi va budjet daromadlari nimalardan shakllanishini ham o’rgandim.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish