2.3. Yaponiyaning jahonda tutgan oʻrni.
Shu yilning 14-fevral kuni Yaponiya hukumati 2010-yilda yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi bo‗yicha jahonda uchinchi o’ringa tushganligini tan oldi. Endilikda o’z iqtisodiyotini tinmay rivojlantirib borayotgan Xitoy jahonning AQShdan keyingi ikkinchi raqamli iqtisodiyotiga aylandi.
Hukumat hisobotiga ko’ra, 2010-yilda Yaponiyaning YIM hajmi 5,47 trln. $ ni tashkil qilgan. Bu ko‗rsatkich Xitoyda 5,88 trln. $ dan iborat, deya xabar beradi The New York Times gazetasi.
Yaponiya iqtisodiyoti o’tgan yili 2009-yilga qaraganda 3,9% ga o’sdi. 2009-yil mamlakat iqtisodiyoti uchun juda og’ir kechganligi hammamizga ma‘lum.
Yaponiya 1968-yildan beri YIM hajmi bo’yicha jahonda AQShdan keyingi ikkinchi o’rinni egallab kelayotgan edi. Biroq, 1990-yillar boshida mamlakat iqtisodiyotining o’sish sur‘ati biroz sekinlashdi. Oradan 10 yil o‗tib, 2000-yillarda vaziyat asta-sekin yaxshilana boshladi. Shunga qaramasdan Yaponiya bir qator jiddiy muammolarni boshidan kechirmoqda. Xususan, Yaponiyaning davlat qarzi mamlakat YIM hajmidan ikki baravar ortiqdir! Bu esa, iqtisodiy jihatdan juda xavfli ko’rsatkich hisoblanadi.
Shunday qilib, Yaponiya YIM hajmi bo’yicha jahonda Xitoydan ortda qolmoqda, biroq Yaponiyada kishi boshiga YIM miqdori Xitoynikidan o‗n barobar ortiqdir! Bugungi kunda Xitoyda kishi boshiga YIM miqdori 3 600$ ni tashkil qiladi, Yaponiyada esa 40 000$ dan ortiqdir.
Associated Press agentligi ekspertlarining baholashicha, Xitoy iqtisodiyoti shu ketishda o’sishda davom etadigan bo’lsa, u 2020-2030-yillar oralig‗ida AQShni quvib o‗tib, jahonning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega. Buning sababi mamlakat iqtisodiyotining ko‘p sohalari deyarli butunlay import xom-ashyolarga qarab qolganligidir. Yaponiya, asosan, sanoat xomashyolarini import qiladi va iste‘molga tayyor mahsulotlarni eksportga chiqaradi.
Yaponiya jahonning juda ko‘p mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni olib boradi. Ular orasida eksportining 1/3 va importining ¼ qismi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham rivojlanib bormoqda. U O‘zbekiston iqtisodiyotiga tobora ko‘p investitsiya kiritmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksini investitsiyalashda Yaponiya faol qatnashdi. Yaponiyadan texnologiya vositalari, tayyor iste‘mol mahsulotlari, aloqa kommunikatsiya vositalari O‘zbekistonga keltirilayotgan boisa, O‘zbekistondan Yaponiyagatobora ko‘p paxta va ipaktolasi, tog‘-kon, metallurgiya sanoati mahsulotlari, turli iste‘mol mahsulotlari eksport qilinmoqda.
Xitoy va Yaponiya o‘zaro hisob-kitoblarda AQSh dollaridan foydalanishni to‘xtatib, uning o‘rniga iyena va yuandan foydalanishga kelishib oldi. Bu haqda Pekinda bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat bosh vazirlari Ven Szyabao (Xitoy) va Yosixiko Noda (Yaponiya) o‘rtasidagi muzokaralar yakunida xabar qilingan, deya yozadi ―Vedomosti‖ nashri.Shunday qilib AQSh dollaridan voz kechish natijasida ikki mamlakat kompaniyalari o‘zaro savdoda valyuta ayirboshlar xarajatlarini tejab qolishlari hamda ikki tomonlama savdoni rivojlantirishlari mumkin.
Bundan tashqari, kelishuvga binoan, Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik banki yuanda baholangan obligatsiyalar ham chiqaradigan bo‘ldi. Xitoy Xalq
Respublikasi ilk marta yaponlarga bunday imkoniyatni yaratmoqda. Yaponiya, shubilan birga, Xitoyning hukumat obligatsiyalarini sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi.
Xulosa.
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, jahondagi ko`plab rivojlanayotgan mamlakatlar Yaponiya iqtisodiyoti tajribasini, uning ―bosib o`tgan yo`llari‖ va bosqichlarini tahlil qilgan holda o`z mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida tatbiq qilgan. Jumladan, Tailand, Malayziya, Singapur, Indonеziya, Janubiy Korеya, Tayvan, Filippin kabi mamlakatlarda olib borilgan iqtisodiy islohotlar va dasturlarda aynan ―yaponiya tajribasi‖ning ba’zi jihatlaridan unumli foydalanilgan. Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo`jaligida eng еtakchi mamlakatlar qatoridan munosib o`rin egalladi.
Yaponiya yuksak darajada rivojlangan mamlakatdir. U dunyo aholisining 2,4% va quruqlik yer maydonining 0,3% iga egaligiga qaramay, iqtisodiy potensiali jihatidan AQSH dan keyin ikkinchi o‗rinni egallaydi. Uning yalpi ichki mahsuloti 5,46 trln. Dollarga yetadi. Bu jahon ishlab chiqarishining 14,3 % ni tashkil qiladi. Mamlakat ichki yalpi mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 34 ming dollardan oshadi. «Iqtisodiy mo`jiza» sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda hukumatning kuchli nazorati ostida vujudga kеldi. Shuning uchun ham, mamlakat iqtisodiyotida davlat sеktori ustuvor hisoblanadi.
Yaponiya kema, avtomobil, traktor, maishiy xizmat ko`rsatish tеxnikalari, stanoklar, kompyuterlar, rangli tеlеvizorlar, vidеomagnitafonlar, elеktr-tеxnika asboblari,sanoat robotlari,optika asboblari, sun’iy ipak tolasini ishlab chiqarish, baliq ovlash bo`yicha bo‗yicha dunyoda birinchi o‗rinda,elektr energiyasi, kimyoviy tola, alyumin va mis eritish, neftni qayta ishlash bo‗yicha esa ikkinchi o‗rinda turadi.
Yaponiya dunyodagi eng yirik kredit beruvchi mamlakat bo‗libqolmoqda. Taraqqiyotga rasmiy ko‗mak doirasida endi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli iqtisodiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha u dunyoda birinchi o‗ringa chiqdi. Uning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‗rsatishga ajratilgan ularning mablag‗I hajmi yiliga taxminan 11 mlrd. Dollardan ortadi.
Ilm – fan va tajriba – konstruktorlik (NIOKR)ga harajatlari bo‗yicha Yaponiya AQSH dan keyin ikkinchi o‗rinni egallaydi. Hozirgi kunda NIOKRga harajatlar mamlakat ichki yalpi mahsulotda 4% dan ko‗proqni tashkil etadi. Jahonda ro‗yxatga olingan jami patentlarning 40% yapon patent boshqarmasi ulushiga to‗g‗ri keladi. Yaponiyada Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) jahonning juda ko‗p mamlakatlariga boshqaruvchi kadrlar menejerlar tayyorlab beradigan Universiteti joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |