O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI
”IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“MIKROIQTISODIYOT” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Firma foydasi va uni maksimallashtirish
Bajardi: 62b-19 guruhi talabasi
Abdusalomova D
Kurs ishi rahbari: To`ychiyeva O.N.
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………….............................3-4
Asosiy qism.
1. Foyda - firmaning yashashi va ravnaq topishi zaruriyati…………….5-8
2.Foyda mazmuni va uning tarkib topishi………………………………9-12
3. Raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish...............................…........……………………….13-14
4.Qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish......................................................................…15-24
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi : Har bir firma yoki korxona oʻz faoliyatini olib borar ekan foyda olishga intiladi. Uning asosiy maqsadlaridan biri ham yuqori foyda olish hisoblanadi. Makroiqtisod sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta eʼtibor berilishi shundan iboratki shu asosda firma faoliyatini oldindan bashorat qilinadi. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan korxona yordamchi xoʻjaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan realizatsiyadan tashqari foyda va uy joy kommunal xoʻjaligi har xil jarimalar penya va hokazolardan tashkil topadi.Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri foyda pulda ifodalanadi. Foydaning koʻpayishiga koʻplab omillar taʼsir etadi. Bular qatoriga xarajatlarni qisqartirish , mehnat unumdorligini oshirish kabi koʻpgina omillar taʼsir etadi. Foyda chet el investitsiyasi hisobiga ham koʻpayishi mumkin. Mamlakatimizdagi firma (korxona)lar chet el investitsiyalarini jalb qilish asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 28- yanvardagi " Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi " PF- 5643- sonli Farmoni ishlab chiqildi. Farmon ijrosi yuzasidan, shuningdek chet el investitsiyalarini keng jalb etilishini taʼminlash hamda respublika tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Tashqi savdo vazirligi va investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. Bu vazirlik investitsiya va savdo faoliyatiga yoki siyosatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan muammolarni oʻrganish va ularni hal etishda yetakchi bo'gʻin hisoblanadi. Mamlakat miqyosida investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlar natijasini berdi. Investitsiya va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tubdan oʻzgartirish mobaynida uning faoliyatini tahlil qilishimiz mumkin. 8 oy davomida investitsiya va tashqi savdo vazirligi jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 8.3 mlrd. dollardan ortib, 2018- yilning mos davrida nisbatan 3 barobar oʻsdi. Bu esa firma foydalari yuqoriga chiqishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |