2.Mulkchilik munosabatlari
Mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, xo‘jasizlikni bartaraf etish va aniq egalikni qaror toptirish O‘zbekistonda islohotni yanada rivojlantirishning bosh yo‘nalishi hisoblanadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanadi. Unda mulkchilikning barcha turlari davlat, kommunal, jamoat (shu jumladan, diniy tashkilotlar) mulki va xorijiy mulklar uyg‘unlashadi.
Xususiylashtirish jarayonlarida iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik qoidalari ustunlik qiladi, islohotni sun’iy ravishda amalga oshirishga yoki susaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni qayta o‘zgartirish iqtisodiy islohotning yangi bosqichidagi xususiylashtirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Mayda obyektlar uchun ko‘proq mulkchilikning xususiy shakli va mas’uliyati cheklangan jamiyat, o‘rtachalari uchun mas’uliyati cheklangan va ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yiriklari uchun ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tavsiya qilinadi. Ular uchun mulkchilikning tavsiya etilayotgan shaklini tanlash ishlab chiqarish ko‘lamlari, tarmoq xususiyatlari, ishlovchilar soni, asosiy fondlar qiymati, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va boshqa obyektlar bilan aloqalar hisobga olingan holda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, respublika darajasidagi tarmoq boshqaruvining mavjud organlari va ularning mintaqaviy (viloyat) bo‘g‘inlari ham o‘zgartiriladi. Respublika tarmoq, davlat va nodavlat konsernlari, ularning mintaqaviy bo‘linmalari ma’muriy buyruqbozlik tuzilma sifatida ixtiyoriy asosda tuziladigan ittifoqlar va uyushmalarga (ittifoq yoki uyushma har bir a’zosining ulardan chiqish huquqi bilan) aylantirilishi kerak. Ittifoq yoki uyushma ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tarzida yoki o‘z muassislarining ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatuvchi ijro etuvchi organ, yoxud Xolding (agar uning tashkil etilishi yangi monopoliyaga olib kelmasa) tarzida tuzilishi mumkin.
Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha avlodlar mehnati yaratgan va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, anikrog‘i ularning sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta mulk bo‘lib harakatga keladi.
Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar, boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilikning xar xil turlari mavjud.
Shuning uchun xam hozirda bozor iqtisodiyotini ko‘p ukladli iqtisodiyot deb atashadi. Bugungi kunda mulkchilik davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matbuot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, mehnatkashlarning uy xo‘jaligi hamda shaxslarning yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy mulkni, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk, xususiy mulk va boshqa shakllarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy xududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkidan) iboratdir. Yer-suv, yer osti boyliklari, havo bo‘shligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari, oltin zaxirasi, valyuta fondiva boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Mulchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat mulchilikning ajralmas unsurlaridir.
Egalik qilish — mulkdorlik huduqini mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir.
Egalik sharoitida mulk bo‘lgan boylik qisman o‘zlashtirilada. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o‘zga qo‘lida bo‘ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvchi o‘zlashtiradi. Masalan, bino ijaraga berilganda egalik qilish mulkdor qo‘lida qoladi va u mulkdan kelgan nafning faqat bir qismini ijara haki shaklida o‘zlashtiradi, Boshqa qismni esa ijarachi o‘zlashtiradi. Xullas, egalik qilish qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi.
Foydalanish, ishlatish — mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab, xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni so‘ndirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‘z mulkini o‘zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‘lda bo‘ladi, olingan natijani mulkdor tanho o‘zi, boshqa bilan baham ko‘rmagan holda o‘zlashtiradi. Eglalik qilish va fovdalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan holda o‘zlashtiriladi.
Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko‘paytirish yoki uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkchilik munosabatga ega albatta, uning ob‘ekti va sub‘ekti bo‘lishi shart. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) o‘zlarining xossalari bilan bog‘liq funksiyalarini mulkiy munosabatlarda to‘liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq subyektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o‘tishida optimal proporsiyali tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkchilik tizimining modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim aha- miyat kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali bo‘lishi uchun davlat mulkiy huquq subyektlari (MHS) uchun samarali bo‘lgan mulkchilik tizimini, ayniqsa, hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini belgilaydi.
1-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli3
Mulkchilik tizimining namunaviy funksional tuzilmasini 1- rasmda
ko‘rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘langan
M - mulk bozorlari (mulk turlari bo‘yicha tasniflanuvchi),
V - mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar (qiymatini baholash, riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy xizmatlar) bozorlari,
S - mulkiy huquq subyektlari, ulaming barchasi faoliyatini tartibga solib turuvchi,
R - regulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlami amalga oshiradi.
Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish chiziqlari ulami mulkiy munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi barcha
M, V, S, R elementlaming FHO bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsionhuquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi.
Zero, falsafiy nuqtayi nazardan, yorug‘ dunyoda maqsadli orzuhavassiz, nafli ne‘mat xohish-istagisiz mulkdor insonning o‘zi bo‘lmagan! Chunki, bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-biriga bog‘liq yaratilgan! Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan yiroq ne‘mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo‘lmagan hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson nafsiga asoslangan nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslangandgina) mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘ladi. Demak, mulkdor o‘zining nafsiga va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne‘matga ega (mulkdor) bo‘ladi degan prinsip (tamoyil) o‘rinli. Bu tamoyil negizida o‘z-o‘zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi ne‘mat(mulkiy huquq)ni o‘zaro ekvivalent kategoriyalar deb qabul qilishimiz mumkin bo‘ladi. Zero, bunda boylikning qimmati, qiymati va narxisiz manfaatni o‘lchab bo‘lmaydi. Ushbu hayotiy-falsaliy aksiomaga ko‘ra, ne‘mat (qimmat, qiymat va narxga ega mulkiy huquqlar sifatidagi boylik), huquqiy va iqtisodiy ta‘minoti vujudga kelishining umumiy manbayi NM bo‘lsada, lekin bulaming barchasini umumiy sababchisi nafs va unga mos manfaatlami hajmini ifodalovchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalaridir. Shu munosabat bilan, zamonaviy mulk fuqarolik huquqlar obyektlari (FHO) sifatida mulkiy munosabatlarni ta‘minlovchi mulkchilik tizimining mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) va mulk bozori (MB) obyektlari bo‘ladi
Bizga ma‘lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasi mavjuddir. Huddi shunday mulkchilik tizimining ham faoliyat muxanizmini belgilovchi va tartibga solib turuvchi me‘yoriy-huquqiy bazasi mavjud bo‘lib, ya‘ni 1990 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonun asosiysi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik
Kodeksi, Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarning ham tegishli moddalari orqali mulkchilik mexanizni barqaror amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko‘rsatilishicha:
―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston qtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.‖4
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko‘rsatilishicha:
―Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.‖5
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖ gi Qonunning 1-moddasida ta‘kidlanganidek:
O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xattiharakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.
Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta‘minlanadi.
Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.6
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonunning 5-moddasida ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bo‘linadi:
-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
-davlat mulki; -aralash mulk; -qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.
Shaxsiy mulk - individual o‘zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan farqliroq daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy extiyojni qondirishga qaratiladi.
Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi.
Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir.
Jamoa mulkining avfzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o‘zini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari tog‘ridan- to‘g‘ri birikadi.
Davlat mulkining paydo bo‘lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:
mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;
davlat mablag‘i hisobidan korxonalar qurilishi;
jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.
Aralash mulk muayyan bir ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor infratuzilmasi, baholash va rieltorlik faoliyatlari rivojiga ham katta ahamiyat berilgan. Masalan ―O‘zbekiston Respublikasi 2009-2015-yillar davrida baholash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari‖ nomli dastur choralari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖gi № 843-sonli Qarori talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi ro‘lni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u ―huquqiy‖ kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo‘ysunuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma‘lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari egalik qilish, tasarruf etish, foydalanish huquqi iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.
Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Mamlakatda mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me‘yorlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat kursatayotganligi natijasida, 1997 yili nodavlat sektorining ulushi sanoatda 51 foizga, qishloq xo‘jaligida 98 foizga yetdi, ishlovchsilarning 70 foizi xususiylashtirilgan iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarish, savdotijorat, vositachilik, hunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy faoliyatda mashg‘ul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustakil O‘zbekistonda shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o‘sayotgan ichki sinfiy qadamlaridir.
Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo‘l ochib berishdir. Bu vazifani bajarishO‘zbekistonni ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal kiluvchi omildir.
Mulkdor boshqalarning emas, balki o‘zining istagi, roziligi, moyilligi, xohishiga ko‘ra o‘z mol-mulkiga egalik kiladi. Mulkiy huquqning asosiy yuridik mazmuni unga egalik qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog‘liq huquqiy vakolatlardan iborat. O‘z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa mulkdor shaxslarning talabi yoki topshirig‘iga binoan emas, balki o‘zining xohishiga ko‘ra o‘z mulkiga egalik qiladi, xohlasa o‘zining mazkur huquqiy vakolatini boshqarishga o‘tkazishi mumkin. Mulkdor o‘z xohishi bilan mulkidan foydalanadi, shuningdek, undan o‘ziga zarur bo‘lgan foydali daromadlarni undirish uchun ishlatadi.
Mulkdor o‘z mulkiga tegishli huquqiy vakolatlarini boshqalarga berishi mumkin. Masalan, mulk egasi sifatida o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha huquqiy vakolatlarni davlat korxonalariga, muassasalariga, jamoat tashkilotlariga yoki ayrim jismoniy shaxslarga o‘tkazishi mumkin. Fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |