4.O’zbekiston tumanidagi sanoat, xizmatlar sohasi , qishloq xo’jaligi va kichik biznesning samarali yo’lga qo’yilishi
qarori
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani aholisining bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini o‘rganishda Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholining hayot darajasini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil qilish va aholini ishga joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 2018-2019-yillarda kafolatli ish o‘rinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Farg‘ona viloyati hokimligi:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin va bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga Farg‘ona viloyati hokimligi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda O‘zbekiston tumani sektorlari va mahallalari bo‘yicha 2018-2019-yillarda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini, band bo‘lmagan aholini kasbga qayta tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni bir oy muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tajriba tarzida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish to‘g‘risida uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki va Farg‘ona viloyati hokimligining “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki tasarrufidagi O‘zbekiston tumani Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan sobiq parrandachilik fabrikasining mulkiy majmuasini uning negizida parrandachilik kompleksi va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish sharti bilan to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar o‘tkazish orqali sotish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Mazkur loyihani 2018-2019-yillarda amalga oshirishda Farg‘ona viloyati hokimligi mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston tumanidagi muhandislik-kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan, foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlarni, shuningdek, yer uchastkalarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar va keyinchalik zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga va salohiyatli investorlarga belgilangan tartibda berish hamda mulkdorlar tomonidan ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) yo‘lga qo‘yish orqali ulardan samarali foydalanishni ta’minlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Начало формы
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 2018-2019-yillarda kafolatli ish o‘rinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining
MANZILLI RO‘YXATI
Do'stlaringiz bilan baham: |