Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi «Iqtisodiyot» fanidan



Download 269,04 Kb.
bet12/15
Sana08.02.2022
Hajmi269,04 Kb.
#438012
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
AXOLI DAROMADLARI TURLARI VA SHAKLLANISHI

5.Aholi daromadlari tasnifi





Belgilari

Daromad turlari

1

Ifodalanish shakliga ko'ra

Pullik, natural

2

Olinish xususiyati

Mehnat daromadlari;mehnatga oid bo'lmagan daromadlar

3

Olinish qonuniyligi

Qonuniy daromadlar,noqonuniy daromadlar

4

Haqiqiylik darajasi

Nominal daromad,real daromad

5

Mulkchilik darajasi

Ish haqi,renta,foiz va foyda

6

Mobillik darajasi

Mobil,imobil

7

Tushumning doimiyligi

Doimiy,tasodifiy

8

O'zlashtirish sub'ektlari

Jismoniy shaxslar,uy xo'jaliklari

9

Taqsimot tamoyili bo'yicha

Mehnatning miqdori, sifati va
natijalariga ko’ra; ijtimoiy adolat
tamoyiliga ko’ra ; shaxsan ijrochi
tomonidan o’zlashtirish

10

Foydalanish variant

Turli boylik va xizmatlar iste’moliga
sarflanadigan daromad; to’plashga
sarflanadigan daromad

11

Soliqqa tortish ta’siriga bog’liq
ravishda

Umumiy daromadlar; egalik
qilinayotgan daromadlar

Natural daromadlar - bu asosan uy xo’jaliklari tomonidan shaxsiy iste`mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo’jalik, fermer xo’jaligidan), shuningdek, davlat byudjeti, korxonalar fondi va turli xayriya yordami mablag’lari


hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir.
Olinish xususiyatiga bog’lik ravishda aholi daromadlari quyidagilarga bo’linaди:
ishlab chiqarish va tadbirkorlikdagi faoliyat asos bo’luvchi mehnat daromadlari. Mehnat daromadlariga shaxsiy yordamchi xo’jalik va uy xo’jaligi, xususiy mehnat faoliyatidan keladigan daromadlar ham xos;
mehnatga oid bo’lmagan, lekin qonuniy yo’l bilan olingan daromadlar (mulkdan, ijtimoiy transfertdan daromadlar).
Shu bilan birga, hozirgi iqtisodiy sharoitda qonun nuqtai nazaridan daromadlarni
qonuniy va noqonuniylarga ajratish tug’ri bo’ladi. Agar, birinchisini mavjud me`yorlarga to’la muvofiqlikda olinsa, ikkinchisi, uy xo’jaliklari tomonidan mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlarni buzish yo’li bilan ko’proq salbiy va jinoiy
iqtisodiyot sohasida olinadi. Ehtimollik mezoniga ko’ra, daromadlar olish uzluksiz va
vaqtinchalikka bo’linadi.
"Daromad" iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o`zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko`rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo`lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o`rin tutadi.
Aholi daromadlari ma`lum vaqt oraliqida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi "Iqtisodiyot nazariyasi" darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan:



1) Pul va natural shakldagi ishhaqi va maosh
2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlari
3) Tadbirkorlarning ajratmalari:
a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga,
b) boshqa maqsadlarga.

Ijtimoiy bandlikdan olinadigan
daromadlar

4) Erkin kasblardagi shaxslar
5) Fermerlar
6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar
va savdogarlar

O`zini-o`zi band qilishdan daromadlar

7) Renta, sof foiz, dividendlar ,

Mulkdan olinadigan daromadlar

8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning xayriyalari
9) Davlat nafaqalari va boshqa to`lovlar.

Transfert daromadlari

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o`z faoliyatlari natijalarini ishhaqi yoki maosh ko`rinishida oladilar. Shuningdek, 4 - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k.


Aholi pul daromadlari ishhaqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.
Natural daromad me’nat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi.
Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shу bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi,
Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi.
Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ishhaqidan
tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik
darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlab o`tganlaridek: "Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan
o`zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga boqliq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".4
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va
real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad - aholi tomonidan ma`lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo`lgan daromad - Shaxsiy iste`mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar
va majburiy to`lov summasiga kam bo`ladi.
Real daromad - narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko`rsatadi, ya`ni daromadning xarid quvvatini bildiradi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ishhaqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy
hajmining shakllanishida o`zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lovlar sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta`minoti amalga oshiriladi
va turli xil nafaqalar to`lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug’urtasi bo`yicha to`lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a`zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo`yilmalar bo`yicha foizlar, aktsiya, obligatsiya bahosining ko`payishidan olinadigan daromad va zayom bo`yicha to`lovlar; lotereya bo`yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo`sh mablag’lar; har xil turdagi kompensatsiya to`lovlar va h.k.
Aholi guruhlari bo`yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste`molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste`molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo`ladi: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta`minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta`minlanganlar byudjeti, nafaqaxo`rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta`minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta`minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatidа chiqadi.

Xulosa.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar etkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chikarishga safarbar etish; soliq tushumlari hajmining o’sishining ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizda o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini hal etadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bulgan muhim sohaga aylanadi. Ishchi kuchiga talabni oshishi bo’yicha iqtisodiy tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik shakllarini rivojlantirish,mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, moddiy va ma’naviy manfaatdorlikni ko’tarish (sohaga investistiyalar kiritish) orqali erishiladi. Respublikamiz mintaqalarida aholining bandligini oshirish, ishchi kuchidan samarali foydalanishda quyidagilarni amalga oshirish maksadga muvofiq, ya’ni: -bank kreditlari hisobidan xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish; - ma’lumki, mamlakatimizda aholining 62,5 dan ko’progi qishloq joylarida yashaydi. Shunga muvofiq mehnatga yaroqli aholining ham shuncha qismi qishloq aholisi hisobiga to’g’ri keladi. Shuning uchun qishloq aholisining faoliyati sohalari va turlarini kengaytirish talab qilinadi; -ayni paytda bugun alohida muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir masala yoshlarni, bo’lg’usi kadrlarni tayyorlash sifati bilan bog’liq. Tabiiyki, bu borada pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi qanday tashkil etilgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu masala umumiy, o’rta va o’rta maxsus ta’limni isloh qilish tizimining eng dolzarb vazifasi bo’lmogi zarur. Listey va kollejlarimizda ta’lim jarayonlariga oliy o’quv yurtlarining tajribali amaliyotchi va o’qituvchilarini yanada keng va faol jalb etish lozim; -ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozori faoliyatini yildan yilga kengaytirib borib, ular tomonidan o’tkazilayotgan mehnat yarmarkalarini muntazam o’tkazishini ta’minlash zarur;
-ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini takomillashtirish lozim. Respublikada yangi ish joylarini tashkil etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik salohiyatidan maqsadli foydalanish natijasida aholi bandlik darajasi va daromadlarini oshirish buyicha chuqur iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarur.
Mamlakatimizning yoshlar mehnat bozorida talab va taklif muvozanatini ta’minlash maqsadida ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishini rag’batlantiruvchi chora tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni: yosh tadbirkorlarga moliya kredit va xom ashyo resurslarini olishlarida yordam berish tizimini shakllantirish; yosh tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish; yosh tadbirkorlarni tayyorlash va qayta tayorlash, malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish lozim. Yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlari: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, oilaviy biznes va xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish; uy mehnati (kasanachilik)ni rivojlantirish; yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushurish, mavjud quvvatlardan unumli foydalanish, korxonalarni kengaitirish; ishlab chikarish, bozor va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish; fermer va aholi xo’jaliklari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, intensiv texnologiyalarni joriy etishdan iborat.


Download 269,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish