-bojxona tizimi;
-auditorlik kompaniyalari;
-ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirish uchun mo'ljallangan ijtimoiy va davlat fondlari;
-erkin tadbirkorlikning maxsus hududlari.
|
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor infratuzilmasining amaliyotda qoMlanilishi usullari o‘zining xususiyatidan kelib chiqib bir qancha sohalarni qamrab oladi.
Bozor infratuzilmalari to‘g ‘ridan to‘g ‘ri usulda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlami ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga sotilishini ta’minlaydi. Bu yerda ular tayyor mahsulot va xizmatlar bilan operatsiyalami amalga oshiradilar. Shuningdek, ular ikkinchi vositachilar (ulgurji savdogar va vositachilar) xizmatlarini ham shakllantirishga erishadilar.
Axborot berish usuli orqali infratuzilma subyektlari ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning iste’molchilarga yetkazib berilishida o'zining axborot berish ko'rinishidagi vazifalarini bajaradi va iste’molchilarga qulaylik yaratadi. Bu yerda ular axborot kommunikatsiya, maslahat beruvchi konsalting xizmatlari ko‘rsatilishi va ishchi kuchini bo'sh ish o'rinlari bilan to'ldirish imkoniyatlariga ega bo‘ ladilar. Ushbu usulda tovar va xizmatlarning tegishli turi va xususiyatlari haqida iste’molchilar ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Navbatdagi usul bu yetkazib berish usuli bo'lib, bu yerda bozor ishtirokchilari amalga oshirilgan savdolarini iste’molchiga yetkazish uchun qulaylik yaratadilar. Bundahozirgi kunda rivojlanib borayotgan yuqori texnologiyalar sharoitida yaratilgan yangi
dasturiy va axborot ko'rinishidagi ma’lumotlami (mahsulotlarni) internet tarmog'i orqali olish va iste’mol qilinishini alohida e ’tirof etish kerak. Misol uchun “ 1-C buxgalteriya” dasturlari, antivirus dasturlari va boshqalar.
Bozor infratuzilmasining ayrim ishtirokchilari hozirgi kunda ishlab chiqarishni modemizatsiya va diversifikatsiyalash strategiyalaridan kelib chiqib ishlab chiqrilgan mahsulotlarni va ko'rsatiladigan xizmatlami iste’molchilarga yetkazib berishda aralash usuldan foydalanishmoqda. Bu yerda ta’kidlash lozimki, ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqargan mahsulotlarini va ko'rsatayotgan xizmatlarini iste’molchiga yetib borishida bevosita yetib borishini kompleks tashkil qilishga erishmoqdalar.
Shu bilan birga, bu usulning o ‘ziga xos xususiyati shundaki,bu infratuzilmalar faoliyati jarayonlarida davlat idoralariningishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni ushbu jarayonlarda o‘z navbatida davlatning ham o ‘z ulushi va rasmiylashtirish vazifalari,qisqa qilib aytganda davlat manfaatlarining ro‘yobga chiqarilishi nazarda tutiladi. Bunda davlat idoralari va qonunchiligi bilan ushbu jarayonlaming ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va davlat manfaatlarining uyg‘unligini ta’minlashga erishadilar.
Xulosa
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi o ‘zida iqtisodiyot turli soha va tarmoqlarining mustaqil taraqqiyoti va har tomonlama mustahkam iqtisodiy o ‘sishini taqozo etadi. Tarmoq va sohalar iqtisodiy o'sishini ta’minlashda bozor infratuzilmasining rivojlanishi ham ahamiyatlidir. Bozor infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart- sharoitlari, qulay muhitini vujudga keltirishda davlat tomonidan tartibga solish katta ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda esa iqtisodiy qonunlar bilan birga hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uyg'unligini ta ’minlash va ulaming bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqilishini y o 'lg a qo'yish muhim sanaladi. Ba’zilar infratuzilmani “insonning hayoti va ijtimoiy ishlab chiqarishda xizmatlar ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi4”, “moddiy ishlab chiqarishga ishlab chiqarish xizmatlari ko‘rsatuvchi, xalq xo‘jaligida iqtisodiy aylanishni ta’minlovchi, aholi uchun xizmatlar va ma’naviy ne’matlar ishlab
chiqaruvchi, atrof-muhitni takror ishlab chiqarish va muhofaza qilish uchun mavjud xalq xo‘jaligining tarmoqlari va tarmoq ichi sohalari yig‘indisi” sifatida ta’riflasalar, ba’zilari infratuzilmaningahamiyatini “ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini yaratish”, “asosiy ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash” orqali
belgilab, u orqali faqat ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish tizimini tushunadilar.
Bozor infratuzilmasi infratuzilmaning nisbatan yangi turi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining rivojlanib borishi bilan alohida bozorlarning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha faoliyatning maxsus turini yaratish zaruriyati vujudga keladi.
Bozorning paydo bo‘lishi uning madaniylashgan ko‘rinishda
amal qilishini ta’minlovchi yangi tashkilotlar, muassasalaming
shakllanishini taqozo etadi.
Xulosa qilib aytganda bozor infratuzilmasi bu rivojlanayotgan iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |