Shunday qilib, korxona daromadlari quyidagicha taqsimlanadi: - Shunday qilib, korxona daromadlari quyidagicha taqsimlanadi:
- Birinchi navbatda moddiy va nomoddiy resurslarga ketgan sarflarni qoplanadi.
- Ikkinchi navbatda mehnat haqi fondi shakllantiriladi, ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar va mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar to`lovlari amalga oshiriladi.
- Uchinchi navbatda korxonani balans foydasi shakllanadi va uning hisobidan foydadan soliqlar to`lanadi.
- To`rtinchi navbatda netto-foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar qoplanadi.
- Shundan so`ng qolgan foyda jamg`arish va iste`mol maqsadlariga ishlatiladi.
- 3. Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli
- Mikroiqtisodiy darajada har qanday korxona, firma yoki kompaniyaning asosiy "bosh og`rig`i", (muammosi) olinayotgan daromadlarning muttasil ko`payib, o`sib borishini ta`minlashdir. Daromadlarning ko`payishiga ta`sir etuvchi omillar juda ko`p. Ularga asosan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, reklamani yo`lga qo`yish, mahsulotning yangi bozorlarini ochish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va hokazolar kiradi. Daromadlarni ko`paytirishning aytib o`tilgan omillari yoki yo`nalishlarining har biri ham muhim. Biroq har qanday sharoitda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan asosiy omil mehnat unumdorligidir.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi korxona (firma) ishini, uning xo`jalik faoliyati samaradorligini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichni o`lchash (yoki aniqlash) juda ham oson. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko`rsatilgan xizmatlar qiymatini, ya`ni daromadlar summasini ishlab chiqarishda yoki xizmat ko`rsatishda band bo`lgan ishchilar va xodimlar soniga taqsimlash kifoya, ya`ni: - Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi korxona (firma) ishini, uning xo`jalik faoliyati samaradorligini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichni o`lchash (yoki aniqlash) juda ham oson. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko`rsatilgan xizmatlar qiymatini, ya`ni daromadlar summasini ishlab chiqarishda yoki xizmat ko`rsatishda band bo`lgan ishchilar va xodimlar soniga taqsimlash kifoya, ya`ni:
- Fikrimizni yanada oydinlashtirish uchun quyidagi shartli misolni keltiramiz. Firmada ishlovchi ishchi va xodimlar soni 50 kishini tashkil etadi va unda bir oyda 50 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi va sotildi, deylik. Oddiy arifmetika yo`li bilan mazkur firmada ishlovchi har bir kishining oylik mehnat unumdorligi 1,0 mln. so`mni tashkil etganini aniqlash qiyin emas. Muayyan tadbirlarni amalga oshirish, masalan, yangi texnologiyani joriy qilish natijasida kelgusi oyda o`sha 50 kishi mehnat qilayotgan firmada 55 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi, deylik. Demak, firmada mehnat unumdorligi 1,1 mln. so`mni tashkil etdi yoki o`tgan oyga qaraganda 10 foizga o`sdi. Xo`sh, mehnat unumdorligi korxona (firma) daromadlarini ko`paytirishning hal qiluvchi omili bo`lsa, uning o`zi nimaga bog`liq?
- Hozirgi davrda mehnat unumdorligiga bevosita ta`sir qiluvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- -mehnat resurslarining sifati;
- -mashina va texnologik uskunalarning sifati;
- -resurslardan foydalanish samaradorligi;
- -mehnatni tashkil etish va boshqarish darajasi.
- Endi ushbu omillarning har biri xususida alohida to`xtalib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |