Korxonaga materiallarning qabul qilinishi12
3-jadval
Sotib olish sanasi
|
Miqdori
|
Bir birlik materialning qiymati, so’m
|
Jami qiymat, ming
so’m
|
10 mart
|
1000
|
600
|
600
|
28 may
|
1700
|
800
|
1360
|
9 noyabr
|
1500
|
900
|
1350
|
Jami
|
4200
|
|
3310
|
Yil davomida 2800 so’mlik material sarflandi va omborda 1400 so’mlik
material qoldi.FIFO usuli bo’yicha materiallarni baholaymiz(4-jadval):
FIFO usulida materiallarni baholanishi13
4-jadval
Materiallar sarfi
|
Miqdori
|
Bir birlik materialning qiymati so’m
|
Jami qiymat, ming
so’m
|
1-partiya
|
1000
|
600
|
600
|
2-partiya
|
1700
|
800
|
1360
|
3-partiya
|
100
|
900
|
900
|
Jami sarflandi
|
2800
|
|
2860
|
Ombordagi qoldiq
|
1400
|
900
|
1260
|
LIFO usuli bo’yicha materiallarni baholaymiz(5-jadval):
LIFO usuli bo’yicha materiallarni baholanishi14
jadval
Materiallar sarfi
|
Miqdori
|
Bir birlik materialning qiymati, so’m
|
Jami qiymat, ming
so’m
|
1-partiya
|
1500
|
900
|
1350
|
2-partiya
|
1300
|
800
|
1040
|
3-partiya
|
-
|
-
|
-
|
Jami sarflandi
|
2800
|
|
2390
|
Ombordagi qoldiq
|
400
1000
|
800
600
|
320
600
|
Jami qoldiq
|
1400
|
|
920
|
12 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan 13 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan 14 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
AVECO usuli bo’yicha materiallarni baholaymiz(6-jadval):
AVECO usuli bo’yicha materiallarni baholanishi15
jadval
Materiallar sarfi
|
Miqdori
|
Bir birlik materialning qiymati, so’m
|
Jami qiymat, ming
so’m
|
1-partiya
|
1000
|
600
|
600
|
2-partiya
|
1700
|
800
|
1360
|
3-partiya
|
100
|
900
|
900
|
Jami sarflandi
|
2800
|
788.8
|
2207
|
Ombordagi qoldiq
|
1400
|
788.8
|
1103
|
Eslatma. Material birligining o’rtacha qiymati AVECO usulida quyidagicha aniqlanadi: (3310/4200)=788.8 so’m. Yuqorida keltirilgan usullardan foydalanib, sarflangan material tannarxi hamda yil oxirida zahiralarga taqsimlanadigan xarajatlarni aniqlash lozim(-jadval):
jadval.
Sarflangan material tannarxi hamda yil oxirida zahiralarga taqsimlanadigan
xarajatlarni aniqlash16
FIFO usuli bo’yicha:
|
|
Sotishdan olingan daromad
|
3250
|
Jami material tannarxi
|
3310
|
Hisobot davri oxirida material qoldig’i
|
1260
|
Sarflangan material tannarxi
|
2050
|
Yalpi foyda
|
1200
|
LIFO usuli bo’yicha:
|
|
Sotishdan olingan daromad
|
3250
|
Jami material tannarxi
|
3310
|
Hisobot davri oxirida material qoldig’i
|
920
|
Sarflangan material tannarxi
|
2390
|
Yalpi foyda
|
860
|
AVECO usuli bo’yicha:
|
|
Sotishdan olingan daromad
|
3250
|
Jami material tannarxi
|
3310
|
Hisobot davri oxirida material qoldig’i
|
1103
|
Sarflangan material tannarxi
|
2207
|
Yalpi foyda
|
1043
|
15 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
16 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
Yuqoridagi 7-jadvallardan ko’rinib turibdiki, materiallarni baholashning turli xil usullarini qo’llash sharoitida korxonaning yalpi foydasi turlicha bo’ladi. LIFO usuli «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun ko’proq talabga javob beradi. Ammo amaldagi bahoning oshishi yoki pasayishi sharoitida ishlab chiqarish zahiralari qiymatini joriy balansda baholash uchun unchalik maqsadga muvofiq emas va uning O’zbekistonda qo’llanilishiga ruxsat berilmagan.
Balans tuzishda FIFO usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir, chunki ishlab chiqarish zahiralari qiymati hisobot davri oxirida joriy bahoga yaqinroq bo’ladi va korxona aktivlarini aniq aks ettiradi. Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalarini o’z vaqtida bajarish va buning natijasida boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sharoit yaratish zarur, chunki aynan ishlab chiqarish zahiralari to’g’risidagi aniq ma’lumotlar ularning me’yoriy hajm darajasida ushlab turishga imkon beradi va bu o’z navbatida saqlash xarajatlari, yaroqsizlikdan zararlarni kamaytiradi. O’z navbatida shuni ham aytib o’tishimiz lozimki ishlab chiqarish zahiralari hisobi vazifalarini bajarish uchun ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning asosiy tamoyillarini bilish lozim.
BOBGA XULOSA
“Ishlab chiqarish zahiralari hisobining amaliy asoslari” deb nomlangan bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida ishlab chiqarish zahiralari harakatini buxgalteriya schyotlari va hujjatlarida aks ettirish tartibi, ishlab chiqarish zahiralarini baholash tartibi hamda ular hisobini takomillashtirish masalalari talaba shaxsiy fikr-mulohazalari asosida bayon qilingan. Jumladan, ushbu bobda Materiallarni to’g’ri hisobga olishda ularning faktura bahosini aniqlash muhimdir. Xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha materiallarni joriy hisobda hisobga olishda ularning haqiqiy qiymatini bilish juda muhim. Xalqaro savdo amaliyotidagi faktura bahosini aniqlashda moddiy qiymatliklar bahosi va qoplanadigan transport tariflari, yuklarning sug’urta to’lovlari, eksport soliqlari va bojxona yig’imlarining malum tartibda qoplanishi va uni tomonlar
qoplanishini belgilash zarur.
Ishlab chiqarish zahiralarining kirim va chiqim operatsiyalari bo’yicha kundalik rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlar belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Materiallarning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya yoki boshqa usullar yordamida hisobga olinadi. Ushbu usullarning mohiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordagi hisobi son shaklida, buxgalteriyada esa pul shaklida yuritiladi. Buxgalteriyada yuritiladigan hisob materiallarning harakati bo’yicha omborda rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlardagi malumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang’ich hujjatlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar to’g’riligi ombor varaqalarining «nazorat» bo’limida imzo bilan tasdiqlanadi. Hisobot oyining oxirida ombordagi hisob buxgalteriyada yuritiladigan sintetik hisob malumotlari bilan taqqoslanadi.
AVECO usuli materiallarning o’rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo’yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o’xshash birliklarning o’rtacha o’lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o’xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O’rtacha qiymat davriy asosda yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektda mavjud bo’lgan vaziyatga ko’ra, har bir qo’shimcha etkazib berish davomida hisoblanishi mumkin.
FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi bo’yicha baholanadi, so’ngra ikkinchi partiya bahosi bo’yicha va hokazo. FIFO usulida xom-ashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo’yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat’iy nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usulidan qo’llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi. LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi partiya tannarxi bo’yicha yoziladi, so’ngra avvalgi partiya va hokazo.
III BOB ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TAHLILINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI
3.1. Ishlab chiqarish zahiralari holati va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili
Korxonalarda moddiy resurslardan to’liq, bir me’yorda hamda samarali foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni ifodalaydigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. Shu jumladan asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik hamda aylanma fondlar vamablag’lar bilan ta’minlanganlik darajasi hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida alohida turlari bo’yicha ham hisoblash mumkin. Masalan stanoklar bilan, xom ashyo bilan, elektr energiya bilan, yoqilg’i bilan va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini aniqlash mumkin. Moddiy resurslardan foydalanishning to’liqliligini asosan korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi isbotlaydi. Korxonalarda mehnatni moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi. Uni jami moddiy resurslar qiymatini korxonada mavjud bo’lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash mumkin. Bu ko’rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy resurslar qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham aniqlash mumkin. Uni alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda aylanma fondlar bilan ta’minganlik ko’rsatkichlari bo’yicha ham aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda materiallardan foydalanish samaradorlik
ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlari ifodalaydi. Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi.
Materiallar xarajati koeffitsienti - haqiqiy sarflangan materiallar xarajatini biznes rejadagisi haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan ko’rsatkichga nisbatini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichishlab chiqarish jarayonida materiallar sarfidan iqtisod (yoki ortiqcha sarf)ga erishganligini ifodalaydi. Bu koeffitsient 1 dan katta bo’lsa moddiy resurslardan samarali foydalanilganligini bilish mumkin.
Material sig’imini alohida ko’rsatkichlari moddiy resurslarning ayrim turlaridan samarali foydalanishni xarakterlaydi. Ular qatoriga yoqilg’i sig’imi, material sig’imi, xom-ashyo sig’imi kabi ko’rsatkichlarni kiritish mumkin.
Odatda material sig’imini o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir etadi. Material sig’imining omilli tahlilining tuzilishini quyidagi 4-chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin bo’ladi.
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlarining natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga bevosita bog’liqdir.
Chunki, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasda bo’lishligini ob’ektiv ravishda taqozo etadi. Shuning bilan birgalikda u resurslar zamon talabiga ham mos kelishi lozim. Korxonalarning material resurslariga bo’lgan talabini aniqlashda me’yoriy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Ya’ni, qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo’yicha alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi(4-chizma).
|
Yuk tashish masofasi
|
|
|
|
Transport turi
|
|
|
|
Transport xizmati ta’rifi
|
|
chizma. Material sig’imining omilli tahlilini tuzilishi17
Korxonada ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga boshqa omillar bilan bir qatorda moddiy resurslar bilan ta’milanish darajasi ham ta’sir qiladi. Moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasini aniqlash uchun korxonada mavjud bo’lgan moddiy resurslarning xaqiqiy hajmini (miqdorini) me’yor bo’yicha talab qilinadigan hajmiga (miqdoriga) bo’lish kerak. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik bo’yicha ham, har bir moddiy resursning turi (TMZ turlari bo’yicha va
17 Chizma muallif tomonidan tayyorlangan
boshqalar) bo’yicha ham aniqlanadi.
Moddiy resurslar bilan ta’minlanishahvolining tahlili solishtirish, ko’rsatkichlar farqi, zanjirli bog’lanish usullari yordamida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda ular bilan ta’minlanish darajasining umumiy o’zgarishi, so’ngra ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri aniqlanib, moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga baho beriladi. Shundan so’ng moddiy resurslardan foydalanish darajasining tahlili amalga oshiriladi.
“Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. Bularga quyidagi nisbiy miqdorlar kiradi:
Moddiy resurslar qaytimi;
Moddiy resurslarsig’imi;
Moddiy resurslar rentabelligi;
Moddiy resurslar xarajati koeffitsienti;
Sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi”18.
Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun etarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.
Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Korxonalarning material resurslari bilan ta’minlanganligini hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so’mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko’rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishini bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so’mlik material resurslari zarurligi aniqlangan. Demak, korxona uchun ularga bo’lgan talab to’liq qondirilayotgani yo’q. Bu masalani hal etish uchun korxona
18 Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroximov A.T. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. Darslik. T.; Iqtisod-Moliya, 2013
qo’shimcha 70 mln so’mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo’yicha tuzilgan shartnomalarda o’z aksini topadi. Korxonani moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so’mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlikdarajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo’ladi. ( 100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to’liq ta’minlanmagan, ya’ni, ularning miqdori 11,8 % ga kam bo’lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to’liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o’rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanganlik tahlili ishlarining muvaffaqiyati ko’p jihatdan uni qanday tashkil etilganligiga va rejalashtirishga bog’liqdir. Odatda tahlil ishlarida nafaqat korxonani boshqaruv tarkibi, balki boshqaruvning funktsional organlari, jamoatchilik a’zolari hamda mehnat jamoasigacha qatnashishi mumkin bo’ladi.
Fikrimizcha, amaliyotda ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlili quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir:
Tahlilning rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil o’tkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko’rsatib o’tiladi. Bundan tashqari bizning fikrimizcha, tahlil dasturida quyidagilar aniq ko’rsatilgan va belgilanib olingan bo’lishi lozim:
tahlilning maqsadi va vazifasini aniqlash;
tahlil ob’ektini aniqlash;
iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
tahlil mazmunini izohlash;
ijrochilarni tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;
tahlil o’tkazish muddatini belgilab olish;
tahlil manbalari va ularni natijalarini rasmiylashtirish tartibini aniqlab olish.
Tahlil uchun kerakli bo’lgan manbalarni aniqlash, yig’ish hamda hhisoblanadigan ko’rsatkichlarni belgilash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
tahlil uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;
tahlil manbalarini to’plash;
qo’shimcha ma’lumotlarni jalb etish;
To’plangan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. To’plangan manbalarni to’g’riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo’ladi va ushbu manbaalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:
tahil usullarini aniqlab olish;
ma’lumotlarni soddalashtirish;
jadval, sxema va maketlarni tuzish;
ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash;
rezervlarni aniqlash.
Bevosita xo’jalik sub’ektlarining barcha sohalarini belgilangan tartibda tahlil qilib chiqish bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo’lib, bevosita tahlil ishlari bajariladi, ko’rsatkichlar hisoblanadi, o’zgarish sabablari va farqlar aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
mezon ko’rsatkichlarini aniqlash;
ko’rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarni baholash;
baholashda ekspertizadan foydalanish;
natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar;
tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o’rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o’zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo’ladi:
korxona faoliyati natijalarining o’zgarish sabablarini aniqlash;
korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
tahhlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotda qo’llash shart- sharoitlarini ko’rsatib berish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahhlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo’llash yo’llari ko’rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotga tadbiq etishni ko’rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlili natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o’tkazganligimizga qarab bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o’tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buyrug’i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko’rsatilgan bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |