Materiallar, inventarlar va xo‘jalik jihozlari hisobi.
Materiallar, inventarlar va xo'jalik jihozlari hisobi Muassasalarida inventar va xo‘jalik jihozlari tahlili juda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki xizmat ko‘rsatish darajasi va sifati muas-sasadagi inventar va jihozlarning qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tizimda inventar va xo‘jalik jihozlarining yetarli bo‘lishi, avvalo, ishlash tizmini oshirish sharoit yaratibxodim va mijozlarning dam olishlariga qulayliklarni vujudga keltirib,ish sifatining yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi. Sog‘likni saqlash tizimida bemorlarni davolash sifatini oshirishda va sanitariya-gigiyena holatini yuqori darajada bo‘lishi bevosita inventar va xo‘jalik jihozlari bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, har bir budjet muassasasi mavjud inventar va jihozlardan samarali foydalanishi va ular hisobini to‘g‘ri yuritishlari lozim. xonalarini ko‘pligi, shifoxonalarda har bir kasallik turi bo‘yicha alohida jihozlangan palata va davolash xonalari mavjudligi, ulardagi inventar va xo‘jalik jihozlarining turli-tumanligi, o‘z navbatida, tahlil oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
tizmda har bir bino uchun inventar va jihozlarga alohida moddiy javobgar shaxsni rahbarni buyrug‘i asosida tayinlanganligini buxgal-teriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari uning javobgarligiga o‘tkazil-ganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning mavjudligini tekshirish. (shifoxonalarda har bir bo‘lim uchun).
Javobgar shaxs zimmasidagi bino xonalaridagi har bir xona (ofis, auditoriya, sinf xonasi va h.k.) uchun inventar va xo‘jalik jihozlariga tartib raqami yozilib, ular uchun mas’ul shaxs ism va familiyasi ko‘rsatilib, ro‘yxat tuzilganligini va bu ro‘yxat xonaning ko‘zga ko‘rinadigan joyiga qo‘yilganligini nazorat qilish.
Javobgar shaxs tomonidan xo‘jalik omboridan olingan inventar va jihozlarni muassasa buxgalteriyasida o‘z vaqtida kirim qilinishi va xizmat muddati tugagan inventar va jihozlarni tegishli dalolatnomalar orqali uning zimmasidan chiqarilganligini nazorat qilish.
Tahlil jarayonida har bir inventar va xo‘jalik jihozini turini, marka-sini va boshqa ko‘rsatkichlarni ularning buxgalteriya hisobidagi kirim hujjatlariga mos kelishini nazorat qilish (ayrim hollarda bir turdagi bahosi arzon inventarlarni, markasi va bahosi qimmatlariga almashtirib qo‘yish holatlari kuzatiladi)
Tahlil jarayonida ortiqcha aniqlangan inventarlar va xo‘jalik jihozlari muassasa buxgalteriyasida moddiy javobgar shaxs zimmasiga kirim qilinadi, kam chiqqanlari esa amaldagi qonunchilik asosida moddiy javobgar shaxsdan undiriladi.
Masalan Korxonaga tegishli bo’lgan barcha material jixozlari va uskunalar 10101 shotdan 10111 shotlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |