O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING
5.53.07.01-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) kasbining
“Texnikaviy mexanika” fanidan O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
|
1. Texnik
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
2.03
|
Ajratilgan soat:
|
40
|
Toshkent-2021
Tuzuvchilar:
|
B.Gapurov
|
Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
|
|
Sh.Norqulov
|
Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi ishlab chiqarish ta’limi ustasi
|
Taqrizchilar:
|
M.Ergashev
|
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Energetika va mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, mashinasozlik kafedrasi katta o‘qituvchisi dotsent,
|
O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining
nomi:
|
Texnik mexanika
|
Ajratilgan soat:
|
40
|
Mavzular soni:
|
17
|
Dasturning maqsadi:
|
Texnika mexanika fani o‘quvchilarni chuqur texnikaviy ilm olishda va maxsus fanlarni o‘zlashtirish, kasbga yo‘naltirish va tanlagan kasbini egallashda alohida ahamiyatga ega.
Kompyuterlashgan texnologiyalarini zamonaviy avtotransportlarni yaratishdagi tadbiqi yuqori sifat ko‘rsatkichi va ishlatish (ekspluatatsiya) ishonchini ortiradi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
|
Kuchlar to‘g‘risida umumiy tushunchalar, kuch ta’sirida material nuqtalar muozanati, kuch sistemalari, mozanat tenglamalari, bog‘lanish va tayanch reaksiya kuchlarini aniqlash.
Klassik mexanika asoschilari Nyuton-Galiley qonunlari asosida jism
massasi va qo‘yilgan kuch ta’sirida mexanik harakat qonuniyatini o‘rganish.
|
Bilim:
|
Kuch ta’sirida bajarilgan ish, quvvat, F.I.K, potensial va kinetik energiya qiymatini aniqlash.
Mashina turlari va vazifalari, detal, uzel, mexanizm va transmissiya tushunchalari, ajraluvchan va ajralmas birikmalar, uzatmalar turlari (friksion tasmali, zanjirli, tishli, chervyakli uzatmalar).
Vallar, podshipniklar va muftalar. Zamonaviy avtotransportlarda qo‘llanilishi va uning xususiyatlari. Standartlarni o‘rganish, tanlash tadbiq qilish. Mexanizm va uzellarni konstruksiyasini o‘rganishda kompyuterli grafikani tadbiqi.
|
Ko‘nikma:
|
Kuch va momentlar, muvozanat tenglamalari, jismlarning harakat qonuniyatlari, bajarilgan ish, quvvat, energiya va FIKlardan foydalanib turli masalalar yechishni o‘rganish.
Cho‘zilish va siqilishdagi, ezilish, buralish va egilishdagi mustahkamlik shartlariga asoslanib jismlarni o‘lchamlarini, mustahkamligi va chidamligini hisoblashni o‘rganish;
Birikmalar turlari, ishlatilishi va mustahkamlikga hisoblash;
Mexanik uzatma turlari, kinematik hisobi va standartlarga asosan o‘lchamlarni aniqlashni o‘rganish.
Kompyuter grafikasiga asosan mashinalarni sodda uzellari va uzatmalarini loyixalash hamda komponovkasini chizish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |