Texnologik jarayonlarning mukammallashuvi bir necha bosqich-dagi ishlarni bir yoki ikki bosqichda bajarish imkonini beradi, bunda yoqilg‘i, ishchi kuchi tejalib, atrof-muhitga zararli gazlar kam tashlanadi. Masalan, benzin olishda bir necha jarayonni bir martada bajarish natijasida xomashyo tejalib, ekologik holat yaxshilanadi. - Texnologik jarayonlarning mukammallashuvi bir necha bosqich-dagi ishlarni bir yoki ikki bosqichda bajarish imkonini beradi, bunda yoqilg‘i, ishchi kuchi tejalib, atrof-muhitga zararli gazlar kam tashlanadi. Masalan, benzin olishda bir necha jarayonni bir martada bajarish natijasida xomashyo tejalib, ekologik holat yaxshilanadi.
- Sanoatda po‘lat quyishda ishlarning uzluksiz jarayonini tashkil qilish natijasida xomashyo va issiqlik 30 % ga tejaladi. Ma’lumki, pechlarni isitib olish uchun katta miqdorda yoqilg‘i sarf bo‘ladi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish natijasida bir qator qayta ishlash jarayoni tezlashdi, bu narsa, birinchidan, xomashyo va yoqilg‘ini tejash imkonini bersa, ikkinchidan, ishlab chiqarishni ekologik toza holga olib keldi. Neftni qo‘lda qayta ishlab bo‘lmaydi, uni faqat texnologik jarayonda qayta ishlash mumkin. Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish natijasida bir qator qayta ishlash jarayoni tezlashdi, bu narsa, birinchidan, xomashyo va yoqilg‘ini tejash imkonini bersa, ikkinchidan, ishlab chiqarishni ekologik toza holga olib keldi. Neftni qo‘lda qayta ishlab bo‘lmaydi, uni faqat texnologik jarayonda qayta ishlash mumkin. Texnologik jarayonlarni jadallashtirish ishlab chiqarishda vaqtni va energiya zahiralarini tejash imkonini beradi, ammo bu jarayon olinadigan mahsulotning sifatini pasaytirmasligi kerak. Bundan tashqari, sanoatda ishlatiladigan barcha apparatlarni takomillashtirish zarur. Agar apparatlar takomillashsa, ish jarayoni tezlashadi, olinadigan mahsulotning tannarxi pastlashadi, atmosferaga chiqariladigan gazlar miqdori kamayadi. Apparatlarning hajmi kichraysa, ular egallab turadigan maydon qisqaradi va ularni qurish xarajatlari kamayadi hamda tannarxi pasayadi. - Bundan tashqari, sanoatda ishlatiladigan barcha apparatlarni takomillashtirish zarur. Agar apparatlar takomillashsa, ish jarayoni tezlashadi, olinadigan mahsulotning tannarxi pastlashadi, atmosferaga chiqariladigan gazlar miqdori kamayadi. Apparatlarning hajmi kichraysa, ular egallab turadigan maydon qisqaradi va ularni qurish xarajatlari kamayadi hamda tannarxi pasayadi.
- Foydalaniladigan apparatlarning mahkamligini (avtoklavlar) oshi-rish zarur. Neftni qayta ishlash sohalarida xomashyoning chiqib ketishi mutlaqo mumkinmas, toshib ketgan neft xomashyosi atmosferani ifloslantiradi, tuproq mutlaqo yaroqsiz holga keladi yoki yonib ketsa, katta yong‘inlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |