4.Mehnat unumdorligining turlari va omillari.
Bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko’payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to’planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon tasiri kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasigi omillarni ichkiva tashqi turlarga bo’lish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, darajasini, ishlatilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlashi darajasini, tatbiq etilayotgan rag’batlantirish tizimlarining ta’sirchanligini, kadrlarga ta’lim berish va ularning malakasini oshirishni kadrlar tarkibining yaxshilanishini va korxona jamoasi, hamda uning rahbarlariga bog’liq bo’lgan barchasi kiradi. Tashqi omillarga davlat buyurtmalari va bozordagi talab, hamda taklifning o’zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining o’zgarishi, jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlari, boshqa korxonalar Bilan kooperatsiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta’minotining pishiq-puxtaligi, tabiiy shart-sharoit va hokazolar taalluqli.
Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligi ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni yaxshilash rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishnita’minlash bilan bog’liq masalalar kiritiladi) asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari (asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar vash u kabilar) quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq foydalanish rezervlarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi).
Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo’yicha zahira rezervlariga va nobud bo’lish (bekorga sarflash) rezervlariga bo’linadi. Masalan, asbob-uskunalardan quvvuti va ish smenasi bo’yicha to’liq joydalanmaslik, o’rganilgan, lekin hali joriy etilmagan mehnat usullari-zahira rezervlaridir. Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg’ini ortiqcha sarflash nobud bo’lish rezervlariga kiradi
Rezervlar tushunchasiga ishlab chiqarishda i shvaqtining bekor sarf qilinishi (bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko’zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasi) mehnatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda sarflanishi (mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik, ham belgilangan texnologiya jarayonilarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqarii ortiqcha sarflanishi) ham kiradi.
Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol rezervlariga bo’linadi. Joriy rezervlar texnologiya jarayoni muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha kapital mablag’lar sarflanmay amalga oshiriladi, istiqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni ancha mukammal asbob-uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni talab qiladi.
Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezervlariga bo’linadi. Xalq xo’jalik rezervlariga, avvalo, boy tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq rezervlariga shunday rezervlar kiradiki, ulardan foydalanish, umuman tarmoqda gi xodimlar mehnatunumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslash-tirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to’planishi va kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard natijada ularning hammasi aniqlanadi va bevosita korxonalarda amalga oshiriladi.
Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko’rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko’rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining umumlashgan ko’rsatkichi bitta xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish xodimlari umumiy sondagi salmog’igi shuningdek, ularning ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishi (muddati) ga ham bog’liq bo’ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga quyidagi yo’llar bilan erishish mumkin:
a)korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to’laroq foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, chunki ishlab chiqarish hajmi oshganda, ish vaqti sarflanishining, faqat o’zgaruvchan qismi ko’payadi, doimiy esa o’zgarmasdan qoladi. Natijada, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt kamayadi;
b)mahsulot ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish, takomillashgan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llash, ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy texnika ta’minotini va tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasiga muvofiq, boshqa omillarni yaxshilash hisobiga i shvaqtining bekor sarf bo’lishini qisqartirish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflarini qisqartirish.
Xullas, unumdorlikni Aniqlash uchun yaratilgan mahsulot () ishlovchilar soniga () bo’linadi:
Unumdorlik soatboy hisoblanganda yaratilgan mahsulot () ishlangan soatlarga bo’linadi () :
Agar bir million soat ish bajarilib 50 million so’mlik mahsulot yaratilgan bo’lsa, bir soat mehnat unumdorligi 50 so’mga teng bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |