Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar


-jadval Kimyo zavodlari joylashgan shaharlardagi ba’zi-bir KTZM larning fuqarolarga bo‘ladigan xavfi



Download 29,52 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2022
Hajmi29,52 Kb.
#576683
1   2   3
Bog'liq
8-Amaliy (1)

8-jadval Kimyo zavodlari joylashgan shaharlardagi ba’zi-bir KTZM larning fuqarolarga bo‘ladigan xavfi

Shahar 


Ob’ekt


KTZM

Zaharlanishi mumkin bo‘lgan mintaqadagi odamlar soni

Navoiy 

Navoiy azot I.Ch.B.

ammiak, xlor


99250

Samarqand 

Mineral o‘g‘it I.Ch. zavodi


ammiak, xlor


55130

Olmaliq 

Kimyo zavodi


ammiak, xlor


1710

Angren 

Tillo koni


ammiak, xlor


450

Chirchiq 

Elektroximprom I.Ch.B.


ammiak, xlor


39400

Farg‘ona 

Farg‘ona azot


ammiak, xlor


607300


Shuning uchun Respublikamiz aholisi, ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xizmatchilari favqulodda yuz beradigan vaziyatlarda to‘g‘ri ish tutishlari, fuqarolar muhofazasi tomonidan beriladigan har bir yo‘riqnoma, vazifalarni to‘g‘ri bajarishlari va saqlanish qoidalariga rioya etishlari zarur. Buning uchun har bir korxonada, ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalaridagi fuqarolar muhofazasi xodimlari avariya va halokatlarni, uning oqibatlarini yo‘qotish chora-tadbirlarini hamda ofat ro‘y bergan joyda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish qoidalarini tushuntirishlari lozim.


Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan ishlaydigan sanoat tarmoqlarida nafaqat avariya oqibatidagina fuqarolarga xavf-xatar keltirilishi mumkin, balki shu tarmoqlardan chiqadigan chiqindi mahsulotlar ham (atmosferaga yoki suv xavzalariga chiqarib yuborilishi) atrof-muhitni va tabiatni ifloslantirishi oqibatida insonlar hayotiga jiddiy xavf soladi.
Bu borada ayniqsa metallurgiya, kimyo, biotexnologiya, rezina-texnika, neftni qayta ishlovchi va boshqa sanoat tarmoqlarining salbiy ta’siri juda kattadir. Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon, Angren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me’yoridan 1,5-2, hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiq.
Markaziy Osiyoda havoni eng ko‘p ifloslantiruvchi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi 1987 yilda havoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. Shamolning yo‘nalishiga ko‘ra, ftor birikmasining 80 foizi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Oltinsoy tumanlariga tushadi. Yana u erlardagi havoning ifloslanishiga Shargundagi briket fabrikasi va g‘isht zavodining ta’siri ham kattadir. Bulardan chiqadigan zaharli moddalar insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda, hatto uy hayvonlari ham bundan katta talofat ko‘rmoqda.
Kimyo sanoati korxonalari ko‘p joylashgan Chirchiqdagi «Elektrokimyo», Farg‘onadagi «Azot», «Farg‘onaneftesintez», Navoiydagi «Elektrokimyomash», «Azot» va boshqa sanoat birlashmalaridan juda ham xavfli zaharli moddalar (KTZM) tashqariga chiqarib yuborilmoqda.
Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi - 250 mln. t., yoqilg‘i kukuni-100 mln. t., uglevodorod - 88 mln. t., azot (II) oksidi-53 mln. t., ammiak - 4 mln. t., oltingugurt vodorodi - 3 mln. t., qo‘rg‘oshin birikmalari - 1mln t., ftor- 0,4 mln. t. chiqariladi.
Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, umrni qisqartirmoqda hamda atrof-muhitni, erlarni, havoni va suv xavzalarini jiddiy zararlantirmoqda. Bularning hammasi esa insonlarni muhofaza qiluvchi omillardan hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, Respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarining ko‘p qismida zaharli moddalar (KTZM) ishlatiladi, saqlanadi va tashiladi. Shunday korxonalarga birorta ta’sir ko‘rsatilsa, masalan, dushman tomonidan bo‘ladigan ta’sirlarda, tabiiy ofat oqibatida, ishlab chiqarish tarmoqlarida bo‘ladigan, temir yo‘l transportlaridagi avariyalar tufayli KTZM to‘kilishi yoki tashqariga chiqib ketib, atrof-muhitni, havoni zaharlaydi.
Albatta, bunday favqulodda vaziyatlarda avariya o‘chog‘idagi va unga yaqin bo‘lgan atrofdagi fuqarolar jabrlanadi va KTZM xususiyatlariga qarab kimyoviy zaharlanish har xil darajada bo‘ladi.
KTZMning qaynash harorati 200Sgacha bo‘lsa, u tezda bug‘lanib, zaharlash vaqti qisqa, lekin ta’sir darajasi katta bo‘ladi.
Agar KTZMning qaynash harorati 200Sdan yuqori bo‘lsa, bug‘lanish sekinroq ketib, uning zaharlanish vaqti uzoq davom etadi, ammo tarqalish hududi kichik bo‘ladi.
KTZMlar nafas organlari va teri orqali ta’sir etadi. Shu nuqtai nazardan KTZMlar umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchi xillariga bo‘linadi. KTZM bilan zaharlanganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘z tinishi, holsizlanish, ko‘ngil aynishi, qusish, o‘qiy olmaslik kabi alomatlar kuzatiladi, kuchli zaharlanishda esa o‘lim bilan yakunlanadi.
Shuning uchun KTZM bilan zaharlangan hududlarda xalqning xattiharakatlari xuddi kimyoviy qurollar bilan zaharlangan joylarda ko‘riladigan choratadbirlarni o‘zginasidir, ya’ni himoya inshoatlarida saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va boshqa omillar qo‘llaniladi.
Lekin bitta asosiy farqi borki, u ham bo‘lsa ba’zi bir KTZMlar (masalan NH3, CO)ni yutiluvchanlik xususiyati past bo‘lganligidan, ulardan saqlanishda, maxsus sanoat va izolyatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanish kerak bo‘ladi.
Agar avariya holatda bir qancha gazlar aralashmasi bo‘lsa, faqat izolyatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanib, avariya joyini tiklash, zararlangan o‘choqdan odamlarni evakuatsiya qilish tadbirlari ko‘riladi. KTZM chiqib ketgan joylarda avariyalarni tiklash ancha mushkul jarayonlardan hisoblanadi. Bunda asosiy ishlardan:
  • Birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish


  • KTZM tarqalgan hududni o‘rash (lokalizatsiya) qilish hisoblanadi. 



Avariyani tiklash ishlarini o‘sha korxonaning shtatli qismlaridagi zaxarli gazlardan saqlovchi xodimlar olib boradilar. Kerak bo‘lsa, fuqoro muhofazasining qutqaruv, meditsina, yong‘inga qarshi, jamoat tartibini saqlash tizimlari ham yordamga chaqiriladi. Bulardan tashqari avariyani tiklash ishlariga korxona ishchi xizmatchilarini va o‘sha atrofdagi fuqarolarni ham jalb qilish mumkin.
Avariyani tiklash ishlarida qatnashayotgan fuqarolar o‘zini va boshqalarni saqlash qoidalarini bilishi zarur. Ulardan har doim zaharlangan fuqarolarni shikastlangan hududdan olib chiqish, gazniqoblarini kiydira bilish, sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish, zaharlangan ko‘z, terilarni neytrallash ishlarini bilishlari talab etiladi.
Download 29,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish