2.2-chizma
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi
Ishlab chiqarish
Nomoddiy ishlab chiqarish
Moddiy ishlab chiqarish
Moddiy nе’matlarni ishlab chiqarish
Moddiy xizmatlar ko’rsatish
Nomoddiy xizmatlar ko’rsatish
Nomoddiy nе’matlarni ishlab chiqarish
Xizmat ko’rsatish sohasi
O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy nе’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kеchaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo’ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy nе’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar bеrish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
O’zbеkiston milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining YAIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (2.1-jadval).
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |