Ijtimoiy infratuzilma subyektlari fuqarolarning ijtimoiy, ma’naviy, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va boshqa faoliyat yo‘nalishlari, o‘zaro munosabatlarini bir-birlariga bog‘lash va aloqasini ta’minlash hamda rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq va subyektlar majmuidan iborat. Ijtimoiy infratuzilma subyektlari aholining turmush darajasini belgilaydigan uy-joy qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy tarbiya va sport, aloqa, transport, umumiy ovqatlanish xizmatlari, umuman aholining turmush farovonligiga ijobiy ta’sir etuvchi barcha sohalarni o‘z ichiga olgan va bog‘lovchi tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |