2005 yilda bu tovarlar umumiy narxi 5700 so'mni,joriy yilda esa 7750 so'mni tashkil etgan.Narx darajasini aniqlash formulasi yordamida uning indeksini aniqlaymiz: 7 750
I = --------- * 100 = 136
5 700 I = 136 indeks 2006 yildagi narx darajasining ko'rsatkichi hisoblanadi.2005 yildagi narx indeksi 100 ga teng deb olinadi.Narx indeksi 100 deb olingan yil "asos qilib oligan yil" (bazaviy yil) deb yuritiladi.Bizning misolda 2005 yil tayanch yili hisoblanadi.Endi narxning o'sish darajasini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz: i2 - i1
I = -------- * 100%
i1 136 - 100
I = ------------ * 100% = 36%
100 Demak,narx darajasi 36% ga o'sgan.
Misol uchun,1990 yildan 2005 yilgacha narx 4 barobar oshgan bo'lsa,1990 yildagi narx indeksi: 1
I = --- * 100 = 25 ga teng bo'ladi.
4
Endi 1990 yildan 2006 yilgacha narx darajasining o'sishi: 136 - 25
I = ------------ * 100% = 444% ga teng bo'ladi.
25 Agar 1990 yildan 2000 yilgacha narx darajasi indeksi 98 ga teng bo'lsa,u holda narx darajasining o'sishi: 98 - 100
I = ------------ * 100% = -2 % ga teng bo'ladi.
100
Demak narx darajasi 2% ga kamaygan.
Narx indeksini o'sishi bu – inflatsiyadir;
Narx indeksining kamayishi – deflatsiyadir.
Endi narx indeksini hisoblashga doir masalalarni ko'rib chiqamiz.
Inflatsiya va uni hisoblash.Inflatsiya har yili bir hil fozida ortayotgani ma’lum bo’lsa, necha yildan so’ng narx ikki barobar o’sishini “70 kattalik qoidasi” orqali aniqlanadi.Bu qoida quyidagi ifoda orqali ifodalanadi:
70
J = ------
Ti
Bu yerda: Ti – yiliga ortayotgan foiz miqdori.
Masalan,yiliga inflatsiya 3% ni tashkil etayotgan bo’lsa,narx 23 yildan so’ng (70/3) ikki barobar ortadi.Agar yillik inflatsiya 8% ni tashkil etsa,narx 9 yil (70/8) dan so’ng ikki barobar bo’ladi.12% li yillik iflatsiyada narx 6 yil (70/12)dan so’ng ikki barobar bo’ladi va xokazo.Bu kattalik real YAIM va shaxsiy jamg’arma qachon ikki marta ortishini hisoblashda kerak bo’ladi.
Agar milliy mahsulotning real hajmi va daromadi o’zgarmas bo’lsa,inflatsiya ta’sirini oson ko’rish mumkin.
Pulli yoki nominal daromad –daromad korinishda olingan mablag’.Real daromad-nominal daomadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori.