Amaliyot obyektining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish
Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish.
Amaliyot obyetkining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish Men, 2021-yil 24 maydan 2-iyulga qadar ishlab chiqarish amaliyotini amaliyotini Namangan viloyati Uchqo’rg’on tuman Moliya bo’limida o’tadim.
Ishlab chiqarish amaliyoti davomida “Moliya” mutaxassislik fanlari bo’yicha o’zlashtirgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarini shakllantirishga harakat qildim.
Ishlab chiqarish davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim:
- nazariy bilimlarimni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim;
- sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;
- amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim;
- amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilib, omilli bog'liqlikda xulosalar yozdim;
- amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab, unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini yoritdim. Shuningdek, malakaviy amaliyot o’tash davrida moliya bo’limining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim.
Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
NAMANGAN VILOYATINING UCHQO‘RG‘ON TUMANIDA SANOAT, XIZMATLAR SOHASI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini o‘rganishda Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2018-2019-yillarda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi doirasida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ijtimoiy soha obyektlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Namangan viloyati hokimligi:
manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin va bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
3. Namangan viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Namangan viloyat hokimligi 2-ilovadagi ijtimoiy soha obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi doirasida amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Uchqo‘rg‘on tumani sektorlari va mahallalari bo‘yicha 2018-2019-yillarda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini, band bo‘lmagan aholini kasbga qayta tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Namangan viloyati hokimligining 2018-2019-yillarda Uchqo‘rg‘on tumani “Bo‘ston” fuqarolar yig‘inining umumiy maydoni 1 ga bo‘lgan yuk avtomobillari uchun texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasini, texnik yordam ko‘rsatish punktini, to‘xtash joyini va kempingni o‘z ichiga oladigan xalqaro logistika markazi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
7. Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda logistika markazi tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
8. “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi ikki oy muddatda Respublikada yetishtiriladigan noyob baliq turlarining (forel, osetr, losos va shu kabilarni) ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida xalqaro brendga ega bo‘lgan yuqori proteinli, boyitilgan ozuqa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda ularni respublikada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Namangan viloyati hokimligi Uchqo‘rg‘on tumanidagi muhandislik-kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan, foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlarni, shuningdek, yer uchastkalarini ikki oy muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar va keyinchalik zamonaviy ishlab chiqarishlar barpo etish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga va salohiyatli investorlarga belgilangan tartibda berish hamda mulkdorlar tomonidan ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) yo‘lga qo‘yish orqali ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Namangan viloyati hokimi X.H. Bozarov zimmasiga yuklansin.