2.Mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish xarajatlari tahlili
Tannarx — bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Bu oʻrinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Maʼlumki, mahsulot qiymati oʻz ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati hamda yangidan yaratilgan qiymatni toʻliq oladi. Oʻz navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi va yalpi foydaga ajraladi.
Tannarx, mahsulot tannarxi — korxonaning maxsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarishda tannarxning muxim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va qo’shimcha ish xaqi; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarf-xarajatlar. Tannarxga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrash, joylash va joʻnatishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; tajriba konstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar o’zgarmagan hollarda mahsulot tannarxini kamaytirishga erishish korxona uchun qo’shimcha foyda manbaiga aylanadi. Qoʻshimcha foyda esa maxsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish. va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash ishlab chiqarishda xarajatlarni aniqlash va mahsulot tannarxini belgilashda muhim hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF=SST-IT,
Bunda,
YaF — yalpi foyda;
SST — sotishdan olingan sof tushum;
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
— asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |