O’lchash natijalarini qayta ishlash
Yuqorida ta’kidlanganidek, o’lchashdan maqsad kuzatuvchini qiziqtiruvchi kattalik qiymatini uni o’lchashdagi xatoliklarining ma’lum xarakteristikalari bilan topishdir. Кattalikning qiymatini olish bu uning haqiqiy qiymatini yoki uning o’rtacha arifmetik qiymatini aniqlashdan iboratdir.
Eslatib o’tilgan o’lchash xarakteristikalari har xil, bir-biridan farq qiluvchi o’lchashlarning qaysi sinfiga taalluqli ekanligiga bog’liq holda matematik ifodalar bo’yicha hisoblanadi.
Demak, bir marotaba va ko’p marotaba o’lchashlarning, bevosita va bilvosita, teng aniqlik bilan o’lchash jarayoni va matematik qayta ishlash tartibi har xil bo’ladi. Shuningdek, bir nechta qator o’lchashlar natijalarini qayta ishlash ham ularni normal taqsimot qonuniga bo’ysunadigan va bo’ysunmaydigan o’lchash natijalarini qayta ishlash ham bir-biridan farq qiladi. Кo’rsatilgan xususiy hollarni alohida ko’rish lozim bo’ladi.
Bir marotaba o’lchash natijalarini qayta ishlash
Bir marotaba o’lchash natijasi sifatida kattalikni alohida o’lchashda olingan qiymati qabul qilinadi. Agar, oldindan o’lchash natijasining xatoligini tashkil etuvchilari ma’lum bo’lsa, o’lchash faqat bir marta o’tkaziladi. Bir marotaba o’lchash quyidagi hollarda o’tkaziladi: ishlab chiqarishdagi iqtisodiy zarurat tug’ilganda, o’lchashni takrorlash imkoni bo’lmaganda, masalan, birinchi o’lchashdayoq o’lchash ob’ektini buzilishi kerak bo’lganda;
tasodifiy xatoliklarni hisobga olmaydigan darajada bo’lganda (ular yoki yo’qotilmagan muntazam xatoliklarga nisbatan hisobga olinmaydigan darajada kichik bo’lganda, yoki ularning ishonchli chegarasi yo’l qo’yiladigan xatolik chegarasidan chiqib ketmaganda).
Bir marotaba o’lchash natijalarining xatoliklarini baholash MI 1552-86 uslubiy ko’rsatmaga muvofiq amalga oshiriladi.
bir marotaba o’lchash natijasining xatoligi - (bir marotaba o’lchash xatoligi) - bu bitta o’lchash xatoligi bo’lib (qator o’lchashlarga kirmaydigan), muayyan sharoitda o’tkazilgan o’lchash usuli va vositasining ma’lum xatoliklari asosida baholanadi.
Misol: detallning biron-bir o’lchami bir marotaba o’lchanganida uning qiymati 12,55 mm ga teng bo’ladi. Bunda o’lchashdan oldin
ma’lumki, mikrometrning xatoligi berilgan diapazonda
0,01
mm ni
tashkil etadi va bu holda o’lchash usuli xatoligi (bevosita baholash usulida) nolga teng deb qabul qilinadi. Demak, muayyan (berilgan)
o’lchashlar sharoitida xosil bo’lgan xatolik 0,01 ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |