Ишлаб чиқаришнинг метрологик асослари



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/139
Sana11.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#352857
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   139
Bog'liq
O’zbeêiston respubliêasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o

O’lchash  o’zgartkichi
  deb  o’lchash  informasiyasi  signalini 
ishlab  berish,  uzatish,  keyinchalik  o’zgartirish,  ishlov  berish  va  uni 
saqlashga  mo’ljallangan,  lekin  kuzatuvchining  ko’rishi  (kuzatishi) 
uchun moslanmagan o’lchash vositasiga aytiladi. 
O’lchash  o’zgartkichlarining  turlari  juda  ko’p.  Odatda,  o’lchash 
zanjirida  birinchi  bo’lgan,  ya’ni  o’lchanayotgan  kattalik  signalini 
qabul 
qiladigan 
o’lchash  o’zgartkichiga  birlamchi  o’lchash 
o’zgartkichi  deyiladi.  Undan  keyingi  joylashgan  o’lchash 
o’zgartkichlariga esa oraliq o’zgartkichlar nomi berilgan.  
O’lchash o’zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli 
va parametrik o’lchash o’zgatkichlari kiradi. 
Birlamchi  o’lchash  o’zgartkichlari,  ko’pincha  datchik  deb 
yuritiladi.  Uning  bevosita  o’lchanayotgan  kattalik  ta’siridagi  qismi 
sezuvchan (chuvstvitelno’y) element deyiladi. Masalan, termoelektrik 
termometrda-termojuftlik,  monometrik  termometrda-termoballon  ana 
shunday elementlardir. Ba’zida datchik bitta yoki bir nechta o’lchash 
o’zgartkichlarining konstruktiv yig’ilmasidan iborat bo’ladi.  
O’lchanadigan  kattalikning  xarakteriga  qarab,  o’lchash 
o’zgartkichlari quyidagi turlarga bo’linadi: 
1.
 
Elektr  kattaliklarni  yana  elektr  kattaliklarga  o’zgartiruvchi 
o’zgartkichlar E q> E; 
2.
 
Noelektrik  (elektrmas)  kattaliklarni  elektr  kattaliklariga 
o’zgartiruvchi o’zgartkichlar NE q>E. 
1-turdagi o’lchash o’zgartkichlariga masshtabli (shunt qarshiligi, 
qo’shimcha  rezistor,  kuchlanish  bo’lgichlari,  o’lchash  tok  va 
kuchlanish  transformatorlari,  kuchaytirgichlar  va  h.k.)  o’zgartkichlar, 
hamda to’g’rilagichli o’zgartkichlar (yarim o’tkazgichli elementlardan 
ishlangan (diodli) o’zgartkichlar) kiradi. 
2-turdagi  o’lchash  o’zgartkichlariga  noelektrik  (elektrmas) 
kattaliklarni (masalan, mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa turdagi) 


 
66 
elektr  kattaliklariga  o’zgartiruvchi  o’zgartkichlar  kiradi.  Bu  turdagi 
o’zgartkichlar datchiklar deb yuritiladi va o’lchanayotgan kattalikning 
turiga qarab tegishli nomlarga ega bo’ladi. Masalan, moment datchigi, 
siljish  datchigi,  satx,  bosim,  issiqlik  datchiklari  va  h.k.  Yuqorida 
ta’kidlab  o’tilgan  parametrik  o’lchash  o’zgartkichlarida  kirishdagi 
signal  turlicha  (mexanik  siljish  yoki  ko’chish,  bosim,  og’irlik  kabi) 
bo’lib,  chiqishdagisi  esa  faqat  elektr  signali  (elektr  qarshiligi,  elektr 
sig’imi, elektr yurituvchi kuch va boshqalar) bo’ladi.  
Bulardan  tashqari  elektromexanik  turidagi  elektr  o’lchash 
asboblarining  asosiy  qismi  bo’lib  hisoblanuvchi  turli  tizimga  oid 
o’lchash  mexanizmlari  ham  o’lchash  o’zgartkichlari  qatoriga  kiradi. 
Chunki  o’lchash  mexanizmlarining  ishlashi  shundayki,  ularda 
o’lchanadigan 
kattalik 
(ya’ni 
elektr 
energiya) 
mexanizm 
qo’zg’aluvchan qismini harakatlanishiga, yani burchakli yoki chiziqli 
surilishiga (mexanik energiyaga) o’zgartiriladi.  
Telemexanika va teleo’lchash tizimlarida (masofadan o’lchashlar 
va 
boshqarishda) 
me’yorlovchi 
(normiruyuhie) 
o’lchash 
o’zgartkichlari
  keng  qo’llaniladi.  Bu  o’zgartkichlarda  har  xil  elektr 
(kuchlanish,  chastota,  quvvat)  va  noelektrik  (bosim,  harorat  va 
boshqalar)  kattaliklar  unifikasiyalangan  (umumlashtirilgan)  elektr 
signaliga  (odatda  o’zgarmas  tok  signaliga)  o’zgartiladi.  Bunga 
“Sapfir” turidagi bosim o’zgartkichi misol bo’ladi.  
Har  qanday  o’lchash  jarayonining  birdan-bir  asosiy  elementi 
operator-kuzatuvchi hisoblanadi.  
O’lchash 
o’zgartkichlarining 
chiqishidagi 
o’lchash 
informasiyasining  signali  kuzatuvchining  ko’rishi  (kuzatishi)  uchun 
moslanmagan bo’lganligi sababli bu o’zgartkichlar alohida (mustaqil) 
o’lchash vositasi sifatida ishlatilmaydi. O’lchash o’zgartkichlari faqat 
o’lchash  asboblari  bilan  birgalikda  yoki  o’lchash  qurilmalari  yoki 
tizimlarining tarkibida ishlatiladi.  

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish