Rostlagich kontaktlarida uchqun chiqishni kamaytirish. Rostlagich kontaktlari uzilganda uyg‘otish toki o‘z qiymatini darhol o‘zgartira olmaydi va kontaktlar uzilgan birinchi daqiqalarda o‘zining oldingi qiymati IU ni saqlab qoladi. Bu tok qo‘shimcha qarshilik orqali tutashib, unda kuchlanish pasayishi sodir bo‘ladi va u kontaktlar orasidagi kuchlanish UK ga teng bo‘ladi:
UK q IU Rq (1.16)
Uyg‘otish tokining va uyg‘otish zanjiridagi qarshilik qiymatining ortishi, kontaktlar orasidagi kuchlanish ortishiga va demak, ularda hosil bo‘layotgan uchqunning kuchayishiga olib keladi. Bu uchqun ta’sirida kontaktlarning oksidlanish va emirilish jarayoni tezlashadi, natijada rostlagichning va umuman generator qurilmasining ishonchlilik darajasi keskin pasayadi.
Kontaktlar orasida hosil bo‘ladigan uchqunning emirish xususiyati, kontaktlar uzilishi oldidan ulardan o‘tgan uyg‘otish toki IU ni kontaktlar uzilgandan keyin ular orasida mavjud bo‘ladigan kuchlanish UK ning ko‘paytmasiga teng bo‘lgan uzilish quvvati PK bilan belgilanadi
PK q UK Iu
(1.16) ni hisobga olsak
PK q UK Iu q (1.17)
Kontaktlar ishonchli ishlashi uchun uzilish quvvati 150-200 VA dan ortmasligi kerak.
Avtomobildagi elektr toki iste’molchilarinining tobora ko‘payib borishi, generator quvvatini oshirishni taqozo qiladi. Rostlagichlardagi qo‘shimcha qarshilik qiymatini kamaytirib bo‘lmaydi, chunki u kuchlanishni rostlash mumkin bo‘lgan maksimal aylanish chastotasining chegarasini belgilaydi. Uyg‘otish tokining qiymatini kamaytirish generator o‘lchamlarini va massasini ortishiga olib keladi.
Bu muammoni hal qilish uchun, generatorning uyg‘otish chulg‘ami ikki parallel tarmoqqa bo‘linadi yoki ikki bosqichli rostlagichlar qo‘llaniladi. Misol tariqasida VAZ-2101, 2103, 2106 avtomobillarida tatbiq qilingan va G221 generatori bilan birga ishlaydigan RR380 belgili ikki bosqichli elektromagnit kuchlanish rostlagichini keltirish mumkin (1.28-rasm).
Rostlagich «U» simon yarmo, o‘zak, termobimetall plastinaga joylashtirilgan yakorcha va prujina 1 dan iborat. Rostlagich ikki juft kumush kontaktlar K1 va K2 ga ega.
Birinchi juft kontaktlar K1 ustuncha 3 ga o‘rnatilgan ustki qo‘zg‘almas kontaktdan va yakorchaning ustki tomonidagi qo‘zg‘aluvchan kontaktdan iborat. Rostlagich ishlamayotganda prujina birinchi bosqich kontaktlari K1 ni tutashib turishini ta’minlaydi. Ikkinchi juft kontaktlar K2 yakorchani pastki tomonidagi qo‘zg‘aluvchi kontaktdan va ustuncha 4 ga o‘rnatilgan pastki qo‘zg‘almas kontaktdan iborat. Rostlagich ishlamaganda, ikkinchi bosqich kontaktlari K2 uzilgan holda bo‘ladi.
Birinchi juft kontaktlar K1 ning ustki qo‘zg‘al-mas kontakti rostlagichning (15) belgili qisqichiga ulangan. Har ikkala qo‘zg‘aluvchi kontaktlar yakorcha va yarmo orqali rostlagichning (67) belgili qisqichiga ulangan. Ikkinchi juft kontaktlar K2 ning pastki qo‘zg‘almas kontakti "massa" ga ulangan. Rostlagichning (15) va (67) belgili qisqichlari orasiga, birinchi juft kontaktlar K1 ga parallel ravishda drossel Dr va qo‘shimcha qarshilik Rq dan iborat elektr zanjir ulangan. Drossel, po‘lat o‘zakga sirlan gan mis simdan o‘ralgan g‘altak bo‘lib, ancha katta induktivlikga ega. Rostlagich, asos 1 ga izolyatsiya qistirmasi 2 orqali o‘rnatilgan.
1.28-rasm. Ikki bosqichli RR380 kuchlanish rostlagichi
Do'stlaringiz bilan baham: |