“Yoki” mantiqiyelementi.
“Yoki” mantiqiyelementiayrimhollarda “hechbo‘lmasabirortasiyokihammasi” deb ham yuritiladi. Oddiyo‘chiribyoqgichlaryordamida “yoki” mantiqiy elementini ishlash printsipini quyidagicha tasvirlash mumkin. Chizmadan tushunarliki
hech bo‘lmasa bitta kalit yoki ikkalasi ham yopiq
bo‘lsagina L1 lampa yonadi. “Yoki” mantiqiy elementi uchun rostlik jadvali
quyidagicha bo‘ladi:
“Yoki” mantiqiy elementi quyidagicha belgilanadi: Rostlik jadvaliga ko‘ramos ravishda Bul ifodasi ( yoki A+B=Y ) ko‘rinishda bo‘1adi
INVERTOR.
Shu vaqtgacha ko‘rilgan mantiqiy elementlar hech bo‘lmasa ikkita kirish va bitta chiqishga ega edi. INVERTOR deb yuritiladigan “yo‘q” sxemasi esa bitta kirish va bitta chiqish mavjud. Invertorning
asosiy vazifasi chiqishda kirish signaliga teskari bo‘lgan signalni ta’minlashdan iborat.
3.1 Xotira turlari va xususiyatlari:
SSD disklar haqida
SSD disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSD RAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.
Qattiq diskning ko'p tarqalgan turi SSD flesh haqida tanishamiz. SSD disklarga oddiy fleshkalar deb qarash mumkin, faqat ularning hajmi va o'lchami kattaroq bo'ladi.
SSD disklarning afzalliklari:
Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo'qligi. Shu sababli ular fizik urilishlarga biroz bo'lsa ham chidamli sanaladi. Tashkil etuvchilari faqat mikrosxemalardir.
Ishlash harorati. Oddiy HDD'ga qaraganda SSD disklarning ishlash harorati yuqori, bu haroratga HDD chiday olmaydi.
O'qish va yozish tezligining yuqoriligi. Ulanish texnologiyasi SATA III hisoblanadi va bu orqali ma'lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi.
Ixchamligi. Hajmi ixcham bo'lib, og'irligi ham HDD'ga qaraganda yengildir.
Shovqinsiz. Qurilma mikrosxemalardan tashkil topganligi uchun, uning shovqini mavjud emas. HDD'ning ishlashida chiqadigan shovqinni, ba'zi paytlarda bu shovqin ish jarayoniga halaqit ham beradi.
Asosiy afzalliklari shulardan iborat, har bir narsani afzalligi bo'lganidek, kamchiligi ham bo'ladi. Demak, SSD disklarining kamchiliklarini ko'ramiz.
Qayta yozish. Eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jihozga fayllarni yozish, ularni o'chirish davomiyligi chegaralangan, aytishlari bo'yicha 10000 marotaba yozib-o'chirish amalga oshganidan so'ng, bu SSD diskni ishlatib bo'lmas ekan. Shuning uchun bu diskdan asosan o'qish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana bir narsa, shunday bo'sa ham, hali hech kimdan
«mani SSD diskimning yozish-o'chirish davomiyligi tugab qolibdi» degan gapni eshitganim yo'q. Eng yaxshi yo'li, SSD+HDD asosida ish yuriting. SSD operatsion tizimni yuklash uchun, HDD esa fayllarni saqlash(o'chirib-yozish) uchun.
Kelishish. Operatsin tizim bilan kelishish. SSD disklar barcha operatsion tizimlar bilan kelishib ketolmaydi (kelishib ishlayolmaydi). Ular uchun eng yaxshi variant Windows 7 bo'lib turibdi. Shuning uchun SSD ulashda operatsion tizimga ham qarash lozim, ishlashga ishlaydi, lekin siz kutgan natijani bermasligi mumkin.
Narxi. HDD disklariga qaraganda SSD disklarining narxi qimmat. SSD disklari 1 Gb hajm bo'yicha narxlanadi (man bilishimcha bizda bunday emas). Shunday bo'lsa ham yildan yilga SSD'larning narxi pasaymoqdi, shu bilan birga HDD'larning narxi ham :). Demak, bularning narxi bir birga tez kunlarda yaqinlashmasa kerak.
Xulosa qiladigan bo'sak, 64Gblik SSD diskni sotib olib, unga operatsion tizim o'rnatib, yana 1 Tblik HDD disk olib, unga barcha fayllarni saqlab ishlatish samarali hisoblanadi. Shunda operatsion tizim juda tez yuklanadi va qolgan fayllar oddiy HDD diskda saqlanib ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Agar SSD disk ishdan chiqsa, fayllarimiz o'chib ketmaydi(chunki ular HDD diskda).
Tezkor xotira – RAM va uni tanlash haqida qimmatli maslahatlar
Katta hajmdagi ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj kompyuterdan bu ma’lumotlarni tezkorlik bilan o‘qishni talab qiladi. Buning uchun esa RAM ( Random Access Memory), ya’ni bosh tezkor xotira qurilmasining imkoniyati ham keng bo‘lishi kerak.
Kompyuterga biror dastur yuklanganida, internet sahifasi ochilganida dastlab tezkor xotiraga yozilib, u yerdan ishga tushadi. Misol uchun, siz biror internet sahifasini 1 marta ochsangiz va uni yopib, kompyuterni o‘chirmasdan ikkinchi marotaba yana ochsangiz, kompyuterda bir xil sahifa ikkinchi martada tezroq ochiladi. Boisi Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki bu xotira ma’lumotga to‘lganida o‘chib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |