Ishda masofadan turib bo'lish



Download 0,69 Mb.
Sana22.11.2022
Hajmi0,69 Mb.
#870709
Bog'liq
Ишда-масофадан-туриб-бўлиш

Ishda masofadan turib bo'lish

Rixsimov Sunnatilla

MMNP-81, TDIU

REJA:

1. MASOFADAN ISHLASH TUSHUNCHASI

2. IJOBIY TOMONLARI

3. MISOLLAR

4. O’ZBEKISTON SHAROITI

5. SALBIY JIHATLARI

6. XULOSA

MАSOFАDАN ISHLАSH

Аmalda ish faoliyati kompyuter bilan bevosita bogʼliq boʼlgan kasblar, yaʼni ishi yozish-chizishdan iborat boʼlgan, qilingan ish natijasini elektron vositalar orqali uzatish imkoniga ega boʼlganlar masofadan ishlash usulidan foydalanib kelishmoqda.

IJOBIY TOMONLARI

Oila bag’rida ko’proq vaqt o’tkazish

Ortiqcha

sarf-xarajatlarni qisqarishi

Ikkala tomonning vaqti tejalishi

MISOLLАR

Quyida bularga bir qancha misollar koʼrishimiz mumkin:

  • Birinchidan, xodim oʼz yashash joyida ortiqcha sarf-xarajatlarsiz ish faoliyatini olib boradi.
  • Ikkinchidan, ikki tomonning ham vaqti tejaladi, uni toʼgʼri taqsimlash imkoniyati paydo boʼladi, qolaversa xodim oʼz ustida ishlashi, kitob mutolaa qilishi mumkin.
  • Uchinchidan, xodim oʼz oilasi bagʼrida koʼproq vaqt oʼtkazadi, bu esa, hech shubhasiz, er-xotin, ota-ona va farzandlarning oʼzaro munosabatlari yaxshilanishiga sabab boʼladi.
  • Shu bilan birga, xodim oʼz uyida ish faoliyatini olib borar ekan, bu u ishlaydigan idoradagi sarf-xarajatlarning iqtisod qilinishiga ham olib keladi. Elektr energiyasi, xodim oʼtiradigan xona uchun ijara toʼlovi va boshqa kommunatsiya xarajatlari oʼz-oʼzidan qisqaradi.

Shuning uchun boʼlsa kerakki, dunyoga mashhur Twitter kompaniyasi 2020-yilda oʼz xodimlarining bir umr uyda ishlashiga ruxsat berdi. Buning sababi oddiy: pandemiya tufayli xodimlar oʼz uylarida ishlay boshlagan, ish esa yanada samaraliroq boʼlgan. Qolaversa, xodimlarning ofislarga kelmagani ham moddiy resurslar iqtisod qilinishiga zamin yaratgani shubhasiz. 


TWITTER MISOLIDA

O’ZBEKISTON SHAROITI


Oʼzbekiston sharoitida masofaviy ish usulining yaxshi tomonlari bilan bir qatorda ayrim noqulay jihatlari yoʼq emas. Bu aloqa sifatining hamma joyda ham talabga javob bermasligi, ba’zi hollarda esa internet tariflarining qimmatligi bilan bogʼliq.

SALBIY JIHATLARI

Qolaversa, faqat uyda ishlash xodimlarda jamoa ichida oʼzini tutish va muloqot etikasi keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Masofaviy ishlash, ayniqsa, yosh kadrlar uchun qiyinchilik tugʼdirishi turgan gap. Tashkilotda ular tajribali xodimlardan bevosita oʼrganishi mumkin boʼlgan jihatlarni oʼrgana olmaydi. Bu esa ularning yetuk xodim boʼlib shakllanishi, tajriba orttirishini maʼlum maʼnoda cheklaydi.

XULOSA

Demak, masofaviy ishlashning yaxshi tomonlari koʼp, yomon jihati ham bor. Lekin kutilmagan pandemiya sharoiti boʼlib qolganda bunday ishlash uslubi zaruratga aylanishini amalda koʼrdik.

RAHMAT!

Rixsimov Sunnatilla

MMNP-81

TDIU


Manbaa uza.uz
Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish