4.2. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar Jinoyat-protsessual kodeksi 77-moddasida belgilangan.
U havolaki norma bo‘lib, unga ko‘ra, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi yoki jamoaning boshqa vakillari Jinoyat-protsessual kodeksining 76-moddasida nazarda tutilgan sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ishda ishtirok etishga haqli emaslar va rad qilinishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |