Ыщчыорова Фарангиз


Oilaviy nizolarni bartaraf



Download 336 Kb.
bet6/14
Sana19.04.2022
Hajmi336 Kb.
#563431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qodirov Zuxriddin

1.2. Oilaviy nizolarni bartaraf
etish yo‘llari
Ikki qalbning birlashuvidan yangi bir oila vujudga keladi. Har bir inson umrida ahil oila qurishni, shirin turmush kechirishni, yaxshi farzandlar tarbiyalashni orzu qiladi. Lekin inson qalbini bilish, uni o‘z qalbingga moslashtirish ancha qiyin. Xalqimizda bir gap bor: “Oshsiz uy bo‘lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo‘lmaydi”. Faqat nizoning nizodan farqi bor.
Oiladagi shaxslararo munosabatlar jarayonida uchraydigan nizolardan biri er-xotin o‘rtasidagi nizolardir. Bunday nizolar oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikkka yo‘l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi kabi masalalardan kelib chiqadi. Nizolarni hal etishda esa er-xotinning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunishi, bir-birlarining salbiy - ijobiy xususiyatlarini o‘rganib borishi, bir-birlariga moslashishi, muammolarni hal qilishda hamkorliklari muhim rol o‘ynaydi.
Ayrim hollarda er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik ular xarakteridagi o‘ziga xoslik natijasida yuzaga keladi. Inson xarakteri batamom bir-biriga o‘xshash bo‘lmaydi. Er-xotin bir-birining xarakterini o‘zgartirishga emas, bir-biriga moslashishiga harakat qilishsa nizolardan yiroqroq bo‘lishadi.
Ba’zi yigitlar uy yumushlari bilan shug‘ullanishmaydi, buni haqorat deb biladilar. SHu bilan birga uy yumushlarini asosli sabablarsiz erning zimmasiga yuklaydigan xotinlar ham bor, aslida “er-xotin qo‘sh xo‘kiz” bo‘lib, ro‘zg‘or tashvishlarini birgalikda hal qilishlari lozim. Ayolga uy ishlarining ortiqcha yuklanishi, turmush o‘rtog‘ining yordam bermasligi o‘zaro hamkorlikning yo‘qligi, talabchanlikning yuqori qo‘yilishi, o‘zaro bir-birlarini tushuna olmaslik ham er-xotin o‘rtasida turli ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. SHu bilan birga ayolning qo‘polligi, oilani boshqarishga, liderlikka da’vogarlik qilishi, o‘zaro ishonchning yo‘qligi, emotsional munosabatlarning buzilishiga olib keladi. Ayol kishi doimo qanoatli bo‘lishi, shukr qilishi, eriga itoatli bo‘lishi, ozoda, saranjom-sarishta bo‘lishi, nafaqat uy-joyni, o‘zini ham doimo toza, xushbo‘y tutishi kerak. Ovqatni vaqtida tayyorlash, ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirmaslik kerak, chunki ochlik insonning tez jahlini chiqaradi. SHu bilan birga uyqu ham o‘z vaqtida bo‘lgani yaxshi, yo‘qsa uyqusizlik insonni hafaqon etadi. Asablari buzuq, xafaqon odamlarning ehtirosi, muhabbati sekin-sekin so‘nib boradi.
Er-xotin bir-birining e’tiborini qozonmoq uchun albatta qarindosh-urug‘lar va yaqinlarini hurmat qilishi lozim. Har bir oilaning o‘z siri bo‘ladi. Oila sirining tashqariga chiqmasligi er-xotinning bir-biriga ishonchini orttiradi, aks holda esa ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Er ham xotin ham fa’m-farosatli bo‘lishi lozim. Bu degani er xursand bo‘lganda xotin ham quvonishi, xotin g‘amgin bo‘lgan vaqtlarda er unga hamdard bo‘lishidir. Quvonchiga, g‘amiga sherik bo‘lmaslik ham ular o‘rtasida turli nizolarni paydo qiladi.
Er-xotin o‘rtasidagi munosabatda vujudga keladigan nizolarning ko‘pligi va xilma-xilligi bilan bir qatorda har bir ziddiyatning oldini olish va baxtli hayot kechirish mumkinligi er va xotinning o‘zlariga, ularning aqliga, psixologik bilimdonligiga bog‘liqdir.
SHunday hollar ham bo‘ladiki ayrim qizlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lmaydilar. Ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar. SHuning uchun onalar, qizlariga ro‘zg‘or yuritishni, uy-joyni saranjom-sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni o‘rgatishlari zarur.
Qaynonalar ham kelinlaridan kamchilik axtarmasdan, uni o‘z farzandiday ko‘rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o‘rgatib borishi lozim. Kelinning yangi oilaga ko‘nikib ketishi ko‘proq qaynonaga bog‘liq. Ba’zi hollarda qaynona kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu-havasini, ishlashi yoki o‘qishini hisobga olmay unga ko‘plab talablarni qo‘yadi. Bunga kelinlarning imkoni bormi, yo‘qmi o‘ylab o‘tirmay o‘g‘li orqali o‘z ehtiyojini qondirishga harakat qiladilar. Kelini haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni o‘g‘illarining qulog‘iga quyadilar. Bunday qaynonalar o‘g‘illari, nabiralari baxtidan ko‘ra o‘z huzur-xalovatlarini ko‘proq o‘ylaydilar. Buning oldini olish uchun o‘g‘ildan g‘oyat tadbirkorlik talab qilinadi. O‘g‘il ham onaning, ham umr yo‘ldoshining ko‘nglini og‘ritmagan holda ish tutishi, onasi va xotinini tarozining ikki pallasiday baravar, teng tutishi kerak.
Ba’zan katta xonadonlarda ikki yoki undan ortiq kelinlar bo‘lib, qaynona ularning hammasiga bir xilda qaray olmasligidan kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, ba’zisi uzoqroq bo‘ladi. Ayollar o‘ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar. Natijada qaynona bilan yoqtirilmagan kelin o‘rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday holning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqqonlik tushirmaslik uchun qaynona o‘z kelinlariga mumkin qadar bir xil munosabatda bo‘lishi, kelinlar ham aql-idrokli, mulohazali, sabr-toqatli bo‘lishi kerak.
Ba’zi qaynonalar o‘g‘lini kelinidan qizg‘onadi va oqibatda kelini bilan kelisha olmasdan qoladi. Bunday nizolar odatda, kamfarzand yoki yolg‘iz o‘g‘il otasiz oilada o‘sgan taqdirda ko‘proq uchraydi. Kelinning farosatliligi, o‘g‘ilning aqlliligi bu kelishmovchilikning oldini oladi. O‘g‘il onadan o‘z diqqat-e’tiborini, farzandlik mehr-muhabbatini darig‘ tutmasligi, yolg‘izlatib qo‘ymasligi lozim. Qaynonalar ham o‘z navbatida yoshliklarini eslashlari, keliniga mehr-muhabbati ular oilasi baxt-saodati garovi ekanligini unutmasligi kerak.
YOshlarning oilaviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishda ularning oilaviy hayotga biologik, ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy, axloqiy jihatdan etukliklari, shaxslararo munosabatlar psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganganliklari, emotsional hissiy munosabatlarning xususiyatlarini bilishlari muhim ahamyatga ega. CHunki, oilaning mustahkamligi ko‘p jihatdan oila qurayotgan yoshlarning oilaviy hayotga qay darajada tayyorligiga bog‘liq. SHuning uchun oilaviy hayot zaminida yuzaga keladigan nohush hodisalarning oldini olish, oilalar buzilishining oldini olish va noto‘liq oilalar miqdorini kamaytirish, ularda har tomonlama sog‘lom psixologik iqlimni yuzaga keltirish borasida amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligi shu oilalarni yuzaga keltirayotgan yoshlarning shaxsiga, individual psixologik xususiyatlariga, ularning oilaviy hayotlarini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etishga qay darajada tayyor ekanliklariga bog‘liqdir. Bugungi kunda bu masala yanada dolzarblikni taqozo etmoqda va davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi. CHunki, mustaqil davlatimizning taraqqiyoti kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga, ularning dunyoqarashiga, oilaviy muhitning sog‘lomligiga, mustahkamligiga uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi zamon egalitar oilalarda esa oilaning boshqaruv funksiyasi asosan aqliy me’yorlar, oila a’zolarining shaxsiy obro‘si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan bo‘lgan munosabatlaridagi obro‘si kabilar yordamida amalga oshiriladi. SHunga ko‘ra ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a’zolarining qiziqishi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda (er-xotinning alohida-alohida) liderlikka intilishi natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning har tomonlama e’tibordan chetda qolishi, natijada jinoyatchilik ko‘chasiga kirib ketishi kuzatiladi. Ba’zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi o‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning kuchayib borishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish munosabatlarining jaddallashuvi, xalq xo‘jaligining turli jabxalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilarga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruhiy zo‘riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarish ishchi xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o‘zining kasb-xunar ma’oratini muntazam oshirib borishini taqozo qiladi. YUqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. SHuni ham nazarda tutish kerakki, oila-jamiyatning bir bo‘lagi, uning asosiy yacheykasidir. SHuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarilishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ta’sir etadi. SHunday ekan, jamiyatni sog‘lomlashtirish uchun eng avvalo oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, lozim.
Aytilgan fikrlardan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni belgilash mumkin:

  1. Oilaviy qadriyatlarni o‘g‘il-qizlar tafakkuriga singdirish uchun yangi davr talablarini nazarda tutgan holda oilaviy tarbiya dasturini yaratish.

  2. YOsh ota-onalarning farzandlar tarbiyasini olib borishga g‘oyaviy va uslubiy tayyorgarliklarini kuchaytirish.

  3. Oiladagi tarbiyaning milliy va umuminsoniy yutuqlarini umumlashtirish.

  4. Oila kutubxonasini tashkil etish, ta’lim muassasalri bilan yaqindan aloqa o‘rnatish.

  5. Ta’lim muassasalari qoshida «Oila instituti» tashkil etilib, talaba yoshlar uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga bog‘liq suhbatlar, treninglar uyushtirish.

  6. Tarbiya borasidagi ko‘rsatmalarni ommabop risolalar, bukletlar, ilmiy ommabop maqolalar orqali targ‘ib qilish.

YUqorida tilga olingan tarbiya shakllarini amalga oshirishning eng qulay yo‘li - avvalo ota-onalarning ma’naviy-psixologik bilim saviyasini oshirish, ularda sog‘lom tafakkur va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu esa ota-onaning farzand oldidagi, el-yurt oldidagi burchini to‘g‘ri anglashini, insonning dunyoga kelishi va kamol topib rivojlanishiga oid psixologik qonuniyatlarni puxta bilishni, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat, an’analarimizning eng nodirlarini turmushga singdirish orqali bolalarda milliy qadriyatlarga mehr-muhabbat uyg‘otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.

Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish