1.4. Personalni rivojlantirish
Personalni rivojlantirish shaxs qadriyatlarini o‘zgartirish bo‘lib, u xodimning bilim va ko‘nikmalarini o‘zgartirishni talab etadi.
Personalni rivojlantirish — ishchi kuchi sifatini oshirishga qaratilgan.
Ishchi kuchi sifati iqtisodiy kategoriya sifatida insonning mehnatga layoqatini shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan shaxs va jamiyat, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ushbu munosabatlarning ishlab chiqarish faoliyatida namoyon etish darajasini ifoda etadi.
1.17-chizma. Ishchi kuchi sifat tarkibining o‘zaro bog‘liqligi
Mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan inson xususiyatlari muayyan tarkibni tashkil etadi. Quyidagilar bu tarkib bo‘laklaridir:
— qiziqish (motivatsiya)1 xususiyatlari;
— kasbiy-malaka xususiyatlari;
— aqliy (intellektual) xususiyatlar;
— nufus (demografik) xususiyatlari, salomatlik. Ushbu xususiyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib (1.16-chizma), bevosita ishchi kuchiga, sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
talab etmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda yuqori malakaga ega ishchilar AQSHda jami ishchilarning 45, Germaniyada esa 55 foizini tashkil etmoqda.
Ishchi kuchi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ular yo‘nalishiga qarab, uch guruhga ajratish mumkin:
Bevosita ta’sir omillari. Ularga bevosita mehnat faoliyati bilan bog‘liq hamda insonning mehnat faoliyati jarayonida qobiliyatlarini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Bu omillar mehnat jarayoni sifati bilan bog‘liqdir.
Mehnat jarayoni sifati esa, insonning mehnat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, yuqori va doimiy ish haqi kafolatlangan ish joylari mavjudligi bilan belgilanadi.
Yuksak mehnat jarayoni sifati quyidagilar hisobiga ta’minlanadi:
— ish qiziqarli bo‘lishi kerak;
— personal mehnatiga munosib adolatli haq olishi kerak;
— mehnat shart-sharoitlari qulay bo‘lishi kerak;
— rahbariyat tomonidan nazorat iloji boricha kamroq bo‘lishi, lekin nazorat qilish zarurati bo‘lganda, albatta, nazorat amalga oshirilishi lozim;
— xodimlar o‘z ishlariga taalluqli bo‘lgan qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishlari darkor;
— maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Mehnat jarayoni sifati mehnatdan qoniqish hosil qilish hissini kuchaytirish, o‘z malakasini oshirishga intilishda o‘z ifodasini topar ekan, ya’ni ishchi kuchi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashar ekan, ushbulardan kelib chiqqan holda, mehnat jarayoni sifat jihatlariga ishchi kuchi sifatini oshiruvchi omillar, deb qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |