Ishchi kuchi migrаtsiyаsi vа uning mehnаt bоzоrigа tа’siri Reja



Download 220,6 Kb.
bet10/11
Sana01.06.2022
Hajmi220,6 Kb.
#624934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5461083876443035308

Xulosa va takliflar
Prezidentning 30.07.2020 dagi PF-6038 farmoni bilan respublikadagi moddiy yordam va muhtoj oilalarning ro’yxati, xalq tili bilan aytganda “Temir daftarga” kiritilgan 1,7 million fuqaroni jamlagan 400 mingdan ko’proq oilalarga davlat byudjetidan bir martalik yordam puli ajratildi. Tadqiqotlar natijasida aniqlangan holat, ya’ni kam ta’minlangan uy-xo’jaliklari orasida oila a’zosining chet elga ketish holati ko’proq uchrashini hisobga olib, mazkur farmon aksariyat mehnat muhojirlariga ijobiy ta’sir etishiga umid qilish mumkin.
Qilingan ishlar natijasida 600 mingdan oshiq fuqaro ish bilan ta’minlanganligi, shundan 170 mingdan oshig’i mavsumiy ishlarga, 100 mingdan oshig’i esa qurilish loyihalariga jalb qilinganligi, bundan tashqari 37 ming nafar fuqaroga qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer maydonlari ajratilganligi, ijro hokimiyati vakillari tomonidan ta’kidlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tashqi migratsiya jarayonlarini koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq vaziyat talablariga moslashtirish, pandemiyaning mehnat migratsiyasi jarayonlariga salbiy ta’sirini yumshatish va pandemiyadan keyingi istiqbolda tashqi migratsiya jarayonini rag’batlantirish maqsadlarida quyidagi 2 yo’nalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif qilinadi:
Birinchi yo’nalish – mamlakatga qaytgan fuqarolarning mahalliy iqtisodiyot tarmoqlariga va mehnat bozoriga reintegratsiya jarayonlarini yengillashtirish orqali ularning jamg’arilgan inson va moliyaviy kapitalini sarmoya qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadga muvofiq:

  • Pandemiya bilan bog’liq inqiroz tufayli majburlikdan vatanga qaytgan fuqarolar, o’zi katta bosim ostida turgan ichki mehnat bozoriga salbiy ta’sir o’tkazadi. Muhojirlarning mehnat bozorida tezroq o’rin egallashlarini ta’minlash maqsadida qaytgan fuqarolarning orttirgan malaka va ko’nikmalari to’g’risidagi axborotni jamlagan ma’lumotlar bazasini yaratish (Bangladesh, Shri-Lanka va Misr tajribasi);

  • qaytgan fuqarolarni ijtimoiy va moddiy qo’llab-quvvatlash maqsadida maqsadli reintegratsiya dasturlarini yaratish, qaytgan fuqarolar tomonidan iqtisodiyotning turli sohalariga sarmoya kiritishni rag’batlantirish, ularga qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarni imtiyozli asosda ajratish, ular tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalariga banklarning sherikchilik shartlari asosida ishtirok etishini rag’batlantirish maqsadga muvofiq;

Ikkinchi yo’nalish – fuqarolarning chet elga mehnat faoliyatini olib borish davrida ularning ijtimoiy himoyasini oshirish va manzilli migratsiya yo’nalishlarini yaratish. Bu quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

  • Ikki va ko’p tomonlarna kelishuvlar asosida muhojirlarning pensiya va sog’liqni saqlash tizimi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bu orqali xavfsiz migratsiya jarayonini ta’minlash;

  • Janubiy Koreya va Rossiyaga yo’nalgan tashkillashtirilgan migratsiya jarayonining samaradorligini o’rgangan holda, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo’nalishlarini kengaytirish va chet ellik ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish;

  • xususiy bandlik agentliklari faoliyatini rag’batlantirish, ularni tashkil etishda ortiqcha to’siqlarni bartaraf etish, ammo bir vaqtning o’zida faoliyati yuzasidan javobgarligini oshirish, yuqori hamkorlik istiqboliga ega davlatlarda Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligining vakolatxonalarini ochish va uning natijadorligini nazorat qilish.

Mazkur takliflar samarali amalga oshirilganda, iqtisodiyot tarmoqlarini malakali va tajribali ishchi kuchi bilan ta’minlash bilan birga aholining keng qatlarnlari va mehnat muhojirlari uchun munosib ish va yashash sharoitlarini yaratish, ular uchun ijtimoiy himoya va mehnat qonunchiligini ta’minlash mexanizmlarini yaratish imkoniyatlari yaratiladi.



Download 220,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish