Arxeografiya
O„zbekiston tarixining dolzarb masalalarini yoritishda, ilmiy tadqiq qilishda
arxiv hujjatlari katta ahamiyatga ega. Ta‟lim jarayonida arxiv hujjatlarini nashr
qilish ishini tashkil etishni o„rgatish zarurdir. Ana shundan kelib chiqib,
“Arxeografiya” fanining ahamiyatini belgilash mumkin.
Arxeografiya (grekcha arheos– qadimgi va grafxo - yozaman,
ta‟riflayman) maxsus, yordamchi tarix sohasi bo„lib, u quyidagilarni
o„rganadi:
- Yozma manbalarning umumiy nashrini;
- Nashr uchun manbalarni tanlashning prinsipi va uslubini, shuningdek,
ularni nashrga tayyorlashni;
- Nashr bilan shug„ullanuvchi tashkilotlar ishini;
- Arxiv va tarixiy manba (hujjat)larning nashr tarixi va tarixiy
manbalarning, matnlarning mazmuni;
- Tarixiy manbalarni nashr etishni.
Arxeografiya yozma manbalarni nashr etishning nazariy va amaliy sohalarini
o„rganuvchi fandir, u tarixiy yodgorliklarni yig„ib nashr etishning uslublarini,
manbalarni ilmiy tanqidiy nashr etishning qoidalarini ishlab chiqadi.
Arxeografiyaning vazifasi qo„lyozma manbalarni qayti ishlash usullari va
nashrga tayyorlashdan iboratdir.
Arxeografiya fan sifatida XII–XVIII asrlarda vujudga kelgan. Dastlabki
hujjatlarning tanqidiy nashri XVI–XVIII asrlarda nashr etilgan.
Dastlabki arxeograflarni tayyorlovchi institut 1821 yilda Fransiyada asos
solingan Parij Xartiya maktabi hisoblanadi.
Hujjatlarni nashr etishda katta o„rinni tashqi siyosat va tarixga oid hujjatlar
tashkil etgan. Hozirda nashriyot texnologiyalari va uslublari nihoyatda xilma–xil,
buning ustiga uni nashr etishdagi uslublar ham nihoyatda ko„p.
9
Ba‟zan maxsus hujjatlar to„liq nashr etilsa, ba‟zan uning ma‟lum sohaga
tegishli qismlari nashr etiladi.
XIX–XX asrlarda nashrga hujjatlarni mavzusiga qarab tanlash va nashrga
tayyorlashning prinsiplari ishlab chiqila boshlagan. Shu davrda arxeografiya
nafaqat Yevropada, balki Shimoliy Amerika va Xitoyda ham rivojlangan.
Jumladan, shu davrda arab va fors manbalarini nashr etish ommaviy (Germaniya
va Fransiyada) tus oldi. Ko„plab hujjatlar Buloq (Qoxira yaqini)da, Arab
qo„lyozmalar instituti (Misr, Qohira)da, Hindistonda, Eron, Yaponiya, Damashq
(Suriya)da ko„plab arab va fors manbalari nashr etildi.
Rossiyada hujjatlarni nashr etishda rus tarix jamiyati katta o„rin tutgan. XX
asrda esa sobiq SSSR fanlar akademiyasi bu ishni davom ettirgan. XX asr oxiri
XXI asr boshida Rossiyada eng ko„zga ko„ringan arxeograflari S.O.SHmidt va
A.D. Stepanskiylardir.
XX asrning 20-30 yillarida O„zbekistonda ko„plab hujjatlar nashr etila
boshlandi. XX asrning 2-yarmidan esa ko„plab tarixiy hujjatlar nashr etila
boshlandi. Bunda M.Vays, B.Bervin, P.Raximov, A.Alimov, S.Dmitrieva,
P.Kim kabi olimlarning xizmatlari katta. Bu davrda O„zbekistonda Amir
Temur davriga oid hujjatlar juda ko„p nashr etilgan. Biroq bunda hujjatlar
to„liq emas, bir tomonlama nashr etilgan.
Arxeografiya ilmiy fan sifatida, tarixiy fanlar talabiga ko„ra rivojlanishi XVIII
asrga to„g„ri keladi. XVIII asrga kelib tarixchilar manbalardan ilmiy tadqiqotlarida
foydalana boshladilar va manbalarni nashr etish zarur degan xulosaga keldilar.
V.N.Tatishev (1686-1750) “Rossiyaning eng qadimgi tarixi” asarida bir qator
solnomalardan foydalandi. V.N.Tatishev tadqiq qilgan hujjatlarni ob‟ektiv ravishda
tanqidiy nashrlarning amalga oshirdi. V.N.Tatishevning bu uslubi bir qator
arxeograflarda namuna bo„ldi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya Fanlar akademiyasi
tomonidan solnomalarni nashr etish boshlandi. Arxeografiyani rivojlanishi uchun
Tashqi ishlar vazirligi Moskva bosh arxivi qoshida “Davlat mukofotlari va
bitimlar haqidagi” komissiya (1811) va Moskva universiteti huzuridagi “Rossiya
tarixiy va qadimshunoslik” Jamiyati (1804), Xalq ta‟limi vazirligiga qarashli
“Arxeografiya komissiyasi” (1834), “Rus tarixchilar jamiyati” (1866 yilda asos
solingan) lari katta rol o„ynadi.
1922 yilda A.S.Lappo-Danilevskiy muharriligida “iqtisod kollegiyasi
yorliqlar” to„plamining birinchi tomi chop etildi Unda hujjatlarni nashr qilish
qoidalari beriladi. Bu qoidalar 1901 yilda ishlab chiqilgan edi. 1930 yilning
boshlarida A.A.Sergeev A.S.Lappo-Danilevskiyning qoidalarni tanqid qiladi.
A.A.Sergeev bu “hujjatlarni sinfiylik jihatidan tadqiq qilish sharti” yo„qligida
ayblaydi. XX asrda arxeograflar 1919 yilga qadar bo„lgan ko„pgina manbalarni
10
ilmiy muomalaga kiritadilar, bular yordamchi tarix fanlari uchun katta ahamiyat
kasb etadi.
Arxeografiya rivojlanishiga XIX asr oxiri–XX asr boshlarida P.M.Stroev,
Ya.I.Berednikov, N.V.Kalachovlar katta hissa qo„shdilar. Ammo bu davrda
Rossiya arxeograflari faqatgina mehnatkashlarning sinfiy kurashlari, Rossiya
iqtisodiy rivojlanishi, inqilobiy harakatlari haqidagi manbalarni nashr qildilar.
Sovet arxeografiyasi sinfiy mafkuraga tayanib asosiy e‟tiborni mehnatkashlar
tarixi haqidagi manbalar, mamlakat iqtisodiy rivoji, sinfiy kurash, partiya tarixi
hujjatlariga, sotsialistik qurilish haqidagi materiallarni nashr etishga qaratilgan edi.
Bu nashr ishlari bilan partiya, Fanlar Akademiyasit institutlari va Bosh arxiv
boshqarmasi shug„ullangan. Bu hujjatlar asosan tarixiy jurnallarda nashr qilingan.
Arxeograf mutaxassislarni tayyorlash Moskvada joylashgan tarix-arxiv instituti
tomonidan amalga oshirilgan. 1955 yilda “Tarixiy hujjatlarni nashr qilish
qoidalari”, 1960 yilda esa “Sovet davri hujjatlarini nashr qilish qoidalari” qabul
qilingan. Bu davrda ko„p tomli “Imperializm davridagi xalqaro munosabatlar”,
“Rossiyada krepostnoy manufaktura”, “Dekabristlar qo„zg„oloni”, “XIX asrda
ishchilar harakati”, “Rossiyada 1905-1907 yillardagi revolyusiya” kabi hujjatlar
to„plamlari nashr qilingan.
Tarixiy “Rus haqiqati” ,“Rus solnomalari” to„liq to„plami (25-30 tomlar)”,
“Imperator Ulug„ Petr xatlari va qog„ozlari” (7-11 tomlar) va boshqalar.
Sovet
arxeografiyasi
rivojida
I.Andreev,
S,N.Valk,
B.D.Grekov,
D.S.Lixachev, Novoselskiy, M.N.Tixomirov, N.V.Maksakovlar katta hissa
qo„shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |