Fizika o’qitishning vositalari.
Vosita deganda qandaydir bir harakatni yuzaga keltirish uchun kerak bo’ladigan jism yoki ularning to’plami tushuniladi.
O’qitishning maqsadiga yetish uchun, o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi harakatini ishga oshirishda qo’llaniluvchi asboblar va tuzilmalar, ayrim ma’lumot beruvchi materiallar o’qitish vositalari deyiladi. Umuman, o’qitish vositalariga o’quv yurtining binosi hamda undagi jihozlar, xonalar, o’quv hujjatlari, o’quv qurollari, turli apparatlar, kompyuterlar, internet va boshq. kiradi.
Fizika o’qitishning vositalariga quyidagilar kiradi:
O’qituvchining so’zi va turli ish harakatlari.
Fizika bo’yicha o’quv adabiyoti va boshqa qo’llanmalar.
Tabiatning mavjud obyektlari (Quyosh, Yer, Oy, yulduzlar, minerallar, mashinaning turl qismlari, havo, suv, qattiq jismlar, narsalar, hodisalar va boshqalar).
Harakat qiluvchi modellar (mashinalar, mexanizmlar, apparatlarning modellari).
Texnik qurilmalarning maketlari.
O’quv eksperimentini bajarishga kerakli fizik qurollar.
Grafik vositalar (rasm, sxema, chizma va boshq).
Texnik vositalar (diapozitiv, diafilm, kinofilm, kompyuter).
O’qitish vositalari quyidagi didaktik funksiyalarni bajaradi:
Fizik hodisalarni o’qib o’rganish imkoniyatlarini oshirish;
Fizik asboblar va qurilmalarning ishlash prinsipi asosida, hodisalarni yuz berish mexanizmini yaqqol ko’rsatish;
Turli fizik hodisalarni, qonuniyatlarni, bog’lanishlarni sabab- oqibat bog’liqlikda ekanligini tajribada isbotlash;
Ko’rgazmali namunalarni yaratish bilan, o’quvchilarning fikrlashini yanada o’stirish;
O’qitishning turli boshqichlarida olingan nazariy bilimlarni, amaliy va bilish maqsadidagi masalalarni hal qilishda qo’llash;
O’qitish vositalari, o’quvchilarning o’quv faoliyatini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Jumladan:
O’quvchilarning bilishga qiziqishlarini maksimal rivojlantirishga va bilim olishga bo’lgan talabini qondirishga yordam beradi;
O’quv jarayonining ko’rgazmaliligini oshirib, natijada o’quv material o’quvchilarga tushunarli darajada yetkaziladi;
O’quvchilarning mehnat unumdorligini o’stirib, natijada o’quv materialini o’zlashtirish darajasini oshiradi;
Dars paytida o’quvchilarning mustaqil ishlash mazmuni chuqurlashib, hajmi ortadi.
O’qitish vositalari, o’qituvchining ish faoliyatini ham samaradorligini oshirishga imkon beradi. O’qitish vositalaridan o’z vaqtida o’z o’rnida foydalanish, o’qituvchining ishini anchagina yengillashtiradi.
O’quv adabiyotlari bilan ishlash
O’qitish jarayonida o’qitish vositasi qatori, o’quv adabiyoti katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun, fizika o’qituvchisining asosiy vazifalaridan biri, o’quvchilarni o’quv adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatishdir.
Ma’lumki, o’quvchilar maktabda o’qissh davrida darsliklar bilan ishlash bo’yicha malakalarga ega bo’lishgan:
Kitobdagi o’quv materiali matnining asoslarini yoki hodisalarning muhim belgilarini, qonunlarning mohiyatini va boshqalarni topa bilish.
Formulalarning matematik keltirib chiqarishni mustaqil bajara olish.
Rasmlar, grafiklar va jadvallar bilan ishlashga o’rgatish.
O’qiganlarining rejasini va qisqacha konspektini yoza bilish.
O’qiganlarning mazmunini o’z so’zi bilan aytib berish.
Darslikdagi materiallarni boshqa adabiyotlardan olingan ma’lumotlar bilan to’ldirish.
O’quv kitobining mazmuni, predmeti va nomli ko’rsatgichlar bilan ishlay olish.
Kutubxonadagi kataloglar bilan ishlash va kerakli masalalar bo’yicha bibliografiya tuzishni bilish.
O’quvchilarni o’quv kitoblari bilan ishlashga o’rgatishda, bilish maqsadidagi umumiy rejadan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |