5– ISH. Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini tajribada aniqlash
Birinchi tur va ikkinchi tur elektr o’tkazgichlari farqlanadi. Birinchi turdagi o’tkazgichlarga metallar va ularning qotishmalari, ayrim qiyin eruvchan oksidlar va boshqa materiallar; ikkinchi turdagi o’tkazgichlarga esa kislota, ishqor va
tuzlarning eritmalari, tuzlarning suyuqlanmalari va ayrim qattiq tuzlarning kristallari (masalan, NaCl va KCl) kiradi.
Birinchi tur o’tkazgichlarda elektr tokini moddalar elektrodlarga o’tkazishi bilan bog’liq emas, ikkinchi tur o’tkazgichlar, ya’ni elektrolitlarda esa, elektr toki elektrodlar o’rtasidagi elektr maydonida ionlarning harakati natijasida paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |