Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti Pedagogika-
psixologiya fakul’teti, Defektologiya ta’lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi Bozorov
Zarafshonning “
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida didaktik
tamoyillarni amalga oshirish usullari
” nomli bitiruv malakaviy ishiga ilmiy
rahbar
X U L O S A S I
Kar o’quvchilarning umumiy va nutqiy rivojlanish xususiyatlarini ta’lim
mazmuniga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy – iqtisodiy vq ilmiy – texnik
rivojlanish, pedagogika fanning yutuqlari, surdopedagogikaning nazariyasi va
amaliyoti keyinchalik ta’lim mazmunini doimo takomillashuvini talab etadi.
Bozorov Zarafshonning tadqiqot ishini dolzarbligi eshitishda nuqsoni
bo’lgan bolalar maktabida didaktik tamoyillarni amalga oshirish va shu orqali
ta’lim tarbiya samaradorligini qo’lga kiritishning ijtimoiy ahamiyatini o’rganishga
qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishining muammoli tomoni qilib, eshitishida nuqsoni bor
bolalar shaxs sifatida shakllanishida didaktik tamoyillarning o’rni, kar bolalarda
idrokni shakllantirishda didaktik tamoyillarning vazifasi, kar bolalar tafakkurini
shakllantirishda
didaktik
tamoyillardan
samarali
foydalanish
korreksion
yo`nalganligi va yangicha texnologiyasini asoslab berishga harakat qilingan.
Tadqiqot ishining birinchi bobi Kar bolalar maktabi didaktikasi deb
nomlanib, surdopedagogikaning asosiy maqsad va vazifalari, kar bolalar
maktabining o’quv rejasi, o’quv dasturlari va darsliklar taxlili, karlar maktabida
ta’lim samaradjrligini oshiruvchi didaktik tamoyillar va ularning amalga oshirilishi
ishlarning korreksion xususiyatlarini olimlar tomonidan o’rganilish jarayonini
yoritishga harakat qilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi Kar bolalar shaxs sifatida shakllanishida
didaktik tamoiyllarning o’rni deb nomlanib, ushbu bobda tadqiqotchi, kar bolalar
bolalar ta’lim - tarbiyasi samaradorligini oshirishda didaktik tamoyillarning o’zaro
mutanosibligi, kar bolalar eshitish idrokini rivojlantirishda didaktik tamoiyllardan
to’g’ri foydalanish, kar bolalar tafakkurini shakllantirishda didaktik tamoiyllardan
samarali foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Muallif o’z ishda
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida kuzatish ishlarini olib borgan va
xulosa qilgan. Ushbu kuzatishlar natijalari muallifga tanlangan mavzuni asoslab
berishga imkon bergan.
Bozorov Zarafshon tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishi xususan
ishlab chiqilgan va o`rganilgan. Ish bitiruv malakaviy ishiga qo`yilgan barcha
talablarga javob beradi.